Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
qarori
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2775-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 17-noyabrdagi 51-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 9-noyabrdagi 2020-39-sonli ““Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775-3, 30.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186-son “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qarori (roʻyxat raqami 2775, 2016-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
53-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
2019-29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 19-apreldagi 53 va 2019-29-son qaroriga
ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-banddagi “oʻn besh” degan soʻzlar “7” raqami bilan almashtirilsin.
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“6. QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (bundan buyon matnda Davlat soliq qoʻmitasi deb yuritiladi) yozma tarzda bir nusxada yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboriladi. Arizaga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta tushganligi toʻgʻrisida maʼlumot ilova qilinadi.
Quyidagi hollarda qoʻshimcha ravishda:
tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 213-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar;
yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha xizmatlar realizatsiya qilinganda — mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri;
xalqaro toʻlov tizimi orqali toʻlangan holda butunjahon Internet tarmogʻi orqali bitta invoys boʻyicha 5 ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)lar eksport qilinganda – invoys bir nusxada arizaga ilova qilinadi.”.
3. 7, 9, 11, 15 va 18-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arizada koʻrsatilgan, bankdagi hisobvaraqqa qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasining asosliligini tasdiqlash uchun soliq toʻlovchi Davlat soliq qoʻmitasiga bir nusxada ushbu Nizomning 4 yoki 5-ilovalariga muvofiq shaklda soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasi boʻyicha hisob-kitobni (hisob-kitobni toʻldirish boʻyicha shartli misol ushbu Nizomning 4a va 4b-ilovalarida keltirilgan) taqdim etadi.”.
5. 10-banddagi “DSB” qisqartmasi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Davlat soliq qoʻmitasi ariza olingan kundan boshlab 6 ish kunidan kechiktirmasdan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi xulosani (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosaning asl nusxasi yoki elektron shakli Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga (bundan buyon matnda Gʻaznachilik deb yuritiladi) Yagona gʻazna hisobvaragʻidan (bundan buyon matnda YAGʻH deb yuritiladi) soliq toʻlovchining bank xisobvaragʻiga toʻlovni amalga oshirish uchun yuboriladi.
Gʻaznachilik xulosani olgan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan YAGʻHdan soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasi toʻlovini amalga oshiradi.
14. Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlarning taqdim etilishi feldyegerlik xizmatlari boʻlinmalari yoki Gʻaznachilik va Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi.”.
birinchi xatboshidagi “Davlat soliq xizmati organlari va Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “DSBga” qisqartmasi “Davlat soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilib taqdim qilinganda” degan soʻzlar “6 va 8-bandlarida koʻrsatilgan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilib taqdim qilinganda yoxud taqdim etilgan hisob-kitoblar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan muvofiq boʻlmaganda, bundan mazkur tizimga maʼlumotlarni kiritmasdan tovar (xizmat)larni eksport qilish hollari mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tegishli davlat soliq xizmati organida va (yoki) Moliya vazirligida” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidan “Tarmoq boshqarmasini, shuningdek gʻaznachilik va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarni qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasini toʻgʻri hisoblanganligi masalasi yuzasidan soliq nazoratini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.”;
uchinchi xatboshidan “Moliya vazirligi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Xulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi, shuningdek hujjatlar toʻplamini oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik Davlat soliq qoʻmitasining tegishli mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.”.
12. 1, 2 va 7-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
13. 3-ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“DSB” qisqartmasi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq xizmati organi” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining hisob-kitobiga ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“DSB” qisqartmasi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq xizmati organi” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“DSB” qisqartmasi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq xizmati organi” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“DSB” qisqartmasi “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq xizmati organi” degan soʻzlar “Davlat soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida
ARIZA
”.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tovarlarni eksport qilinganligi va valyuta kelib tushganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT

____________________ ___________________ __________________________

STIR korxona nomi hujjat taqdim etilayotgan davr

T/r

Chet el hamkori nomi

Vositachi nomi

Shartnoma raqami, sanasi va summasi

Davr boshiga qoldiq

Joʻnatilgan tovarlar

Valyuta tushumi

Chet el hamkorga qaytarilgan mablagʻ

Boshqa holatlar (korxona foydasiga olingan va x.k)

Davr oxiriga qoldiq

Izox

debet

kredit

Bojxona yuk deklaratsiyasi

sana

chet valyutasidagi summa

Valyuta kursi

Milliy valyutadagi summa

bank komissiya summasi

sana

chet el valyutasidagi summa

sana

chet el valyutasidagi summa

debet

kredit

BYD raqami (blank raqami)

sana

BYDning roʻyxat raqami

tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami

valyuta turi

chet el valyutasidagi summa

valyuta kursi

milliy valyutada

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26


”.

Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisob varagʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
3-ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summani soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi ‎Davlat
‎soliq qoʻmitasi raisining ‎oʻrinbosari

‎_____________________________________
‎_____________________________________
20___ y “___” ________________

‎‎
‎_____ -son X U L O S A

‎___________________________________________________________________________________ arizasi boʻyicha
‎(korxona nomi)

________________‎ STIR ________________________________________________________________________


‎nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi ______________ ____________________________________________________________________________________________ uchun
‎(davr)

taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish asosida toʻlovchida 20__ y _______________ holatiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi __________________________________________________________________________

‎‎(raqam bilan)

________________________________________________________________________________________ soʻm hosil
‎(soʻz bilan)

‎‎boʻlganligi aniqlandi.

‎‎H/r __________________________________,

______________________________________

‎‎MFO______________

‎‎(xizmat koʻrsatuvchi bank nomi)

‎‎Masʼul tuzilma boshligʻi

‎‎______________________________________(F.I.O.)

__________________(imzo)

20___ yil “____” __________________”.‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2019-y., 10/19/2775-2/3188-son)