|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BA’ZI QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 21-dekabrdagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 17-may,
179-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining ishchi va xizmatchi donorlarga imtiyozlar berish to‘g‘risidagi 1955-yil 10-dekabrdagi 1527-f-son farmoyishi.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1956-yil 21-oktabrdagi 1425-son farmoyishi.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Korxonalar va muassasalarda ishlovchi onalarga yordam berishning bundan keyingi chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1956-yil 26-dekabrdagi 761-son qarori.
4. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘rta umumiy ta’lim maktablarini tugatayotgan yoshlarni ishlab chiqarishga jalb qilish to‘g‘risida” 1957-yil 24-iyuldagi 456-son qarori.
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kon sanoati va yer osti inshootlaridagi yer osti ishlarida ishlovchi ayollar mehnatini almashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1957-yil 7-sentabrdagi 602-son qarori.
6. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Sovet va xo‘jalik organlarida mehnat va turmush masalalarini muhokama qilishga kasaba uyushmalarining ishtirok etishi to‘g‘risida” 1959-yil 24-fevraldagi 114-son qarori (O‘zSSR QT, 1959-y., 2-son, 7-modda).
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ishlab chiqarish ta’limi beruvchi o‘rta umumta’lim politexnika maktablarida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘quv bo‘limi mudiri shtat lavozimini joriy etish to‘g‘risida” 1961-yil 18-fevraldagi 110-son qarori.
8. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1961-yil 20-iyuldagi 543-son qarori (O‘zSSR QT, 1961-y., 10-son, 49-modda).
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yerlari sovxozlarga va boshqa korxonalar hamda tashkilotlarga berilgan sobiq kolxoz a’zolariga har oylik nafaqa tayinlash va to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida” 1962-yil 9-noyabrdagi 713-son qarori.
10. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash muddatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash to‘g‘risida” 1964-yil 21-maydagi 499-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 24-sentabrdagi 579-son qarori.
11. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qishloq va posyolka Sovetlarining territoriyalarida yashab turuvchi ko‘p bolali va yolg‘iz onalarning davlat nafaqasi olish muddatini uzaytirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1965-yil 19-fevraldagi 122-son qarori (O‘zSSR QT, 1965-y., 2-son, 15-modda).
12. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1965-yil 19-avgustdagi 1698-son farmoyishi.
13. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha davlat Komitetini tashkil etish to‘g‘risida” 1967-yil 11-apreldagi 159-son qarori (O‘zSSR QT, 1967-y., 2-son, 8-modda).
14. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi va grajdanlar urushi aktiv qatnashchilarining pensiya ta’minotini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1967-yil 14-oktabrdagi 516-son qarori.
15. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Ishlayotgan pensionerlarning alohida toifalariga davlat pensiyalarini to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1969-yil 21-martdagi 127-son qarori.
16. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1971 — 1975-yillarda O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirishning davlat besh yillik plani to‘g‘risida” 1971-yil 1-dekabrdagi 570-son qarori 18-bandining “a” kichik bandi o‘n birinchi xatboshi.
17. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Qo‘ychilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish va sifatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1972-yil 2-martdagi 164-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1972-yil 29-apreldagi 177-son qarorining qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida” 1973-yil 13-fevraldagi 64-son qarorining 31-bandi.
18. SSSR Ministrlar Sovetining “Mahkumni majburiy mehnatga jalb qilish yo‘li bilan ozodlikdan shartli ravishda mahrum etish va mahkumni majburiy mehnatga jalb qilish yo‘li bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan joylardan shartli ravishda ozod qilishni ijro etish bilan bog‘liq masalalar haqida” 1977-yil 8-fevraldagi 131-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 23-fevraldagi 143-son qarorining 7-bandi.
19. SSSR Ministrlar Soveti Prezidiumining “Xotin-qizlarning mehnati va turmushi, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha Ittifoq Soveti va SSSR Oliy Soveti Millatlar Soveti Komissiyasining qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xotin-qizlarning mehnatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunga qanday rioya qilinayotganligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi materiallari” 1977-yil 18-avgustdagi qarori (protokol № 36, VII-b.) yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 13-oktabrdagi 645-son qarori.
20. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Bolaligidan invalid bo‘lganlarni moddiy ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida” 1979-yil 23-maydagi 469-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 25-iyundagi 440-son qarori (O‘zSSR QT, 1979-y., 6-son, 21-modda).
21. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Davlat pensiyalari haqidagi Qonun va Kolxoz a’zolariga beriladigan pensiyalar va nafaqalar haqidagi Qonun joriy etilmaydigan grajdanlarga beriladigan nafaqalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1979-yil 11-noyabrdagi 756-son qarori (O‘zSSR QT, 1979-y,, 11-son, 45-modda).
22. SSSR Ministrlar Soveti va Butunittifoq kasaba soyuzlari Markaziy Sovetining “Chaqaloq bir yoshga to‘lguncha unga qarab turish uchun qisman haq to‘lanadigan otpusk va bolali oilalarga davlat yordamini kuchaytirish yuzasidan boshqa tadbirlarni joriy etish tartibi to‘g‘risida” 1981-yil 2-sentabrdagi 865-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1981-yil 10-sentabrdagi 735-son qarori (O‘zSSR QT, 1981-y., 9-son, 27-modda).
23. SSSR Ministrlar Sovetining “Kasblar (mansablar)dagi o‘rindoshlik tartibi va shartlari to‘g‘risida” 1981-yil 4-dekabrdagi 1145-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1981-yil 21-dekabrdagi 966-son qarori (O‘zSSR QT, 1981-y., 12-son, 35-modda).
24. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Voyaga yetmagan vasiylik yoki homiylikdagi bolalarga ularni ta’minlash uchun yetarli mablag‘lar bo‘lmaganda nafaqa to‘lash to‘g‘risida” 1982-yil 28-apreldagi 325-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y., 4-son, 16-modda).
25. SSSR Ministrlar Sovetining “Ishlab turib o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan ishchi va xizmatchilar uchun imtiyozlar berish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1982-yil 24-dekabrdagi 1116-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 13-yanvardagi 14-son qarori (O‘zSSR QT, 1983-y., 1-son, 2-modda).
26. SSSR Ministrlar Soveti va Butunittifoq Kasaba soyuzlari markaziy Sovetining “Davlat sotsial straxovaniyesi uchun vznoslar to‘lash tartibi to‘g‘risida” 1983-yil 12-sentabrdagi 890-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1983-yil 21-sentabrdagi 538-son qarori (O‘zSSR QT, 1983-y., 9-son, 33-modda).
27. SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat sotsial straxovaniyesi bo‘yicha nafaqalar tayinlashda ishchi va xizmatchilarning uzluksiz ish stajini hisobga olish qoidasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1983-yil 27-dekabrdagi 1225-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 9-yanvardagi 10-son qarori (O‘zSSR QT, 1984-y., 1-son, 3-modda).
28. SSSR Ministrlar Sovetining “Kam ta’minlangan oilalarning bolalariga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1983-yil 29-dekabrdagi 1238-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 9-yanvardagi 11-son qarori (O‘zSSR QT, 1984-y., 1 -son, 4-modda).
29. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Umumta’lim maktab-internatlar, bolalar uylari va boshqa internat muassasalar to‘g‘risida” 1984-yil 28-yanvardagi 42-son qarori (O‘zSSR QT, 1984-y., 1-son, 5-modda).
30. SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Mehnat kollektivlari va ularning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni boshqarishdagi rolini oshirish to‘g‘risidagi SSSR Qonunini xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlarida qo‘llanishning xususiyatlari haqida” 1984-yil 10-maydagi 429-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1984-yil 28-maydagi 277-son qarori (O‘zSSR QT, 5-son, 20-modda).
31. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRning Mehnat qonunlari kodeksining 20-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning xizmatchi sifatida birga ishlashini cheklash to‘g‘risidagi qoidadan chiqarishga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining Ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1987-yil 24-martdagi 124-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 3-son, 14-modda).
32. SSSR Ministrlar Sovetining “Ayrim jamoat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan qo‘shimcha otpuskalarni bekor qilish to‘g‘risida” 1987-yil 12-martdagi 333-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 9-apreldagi 146-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 4-son, 17-modda).
33. KPSS Markaziy Komiteti, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida sanoat birlashmalari, korxonalari hamda tashkilotlarining va xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining ko‘p smenali ish rejimiga o‘tishi to‘g‘risida” 1987-yil 12-fevraldagi 194-son qarori yuzasidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1987-yil 30-maydagi 227-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 5-son, 23-modda).
34. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning sifatini va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanishni tubdan yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” 1987-yil 4-iyuldagi 278-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 7-son, 40-modda).
35. KPSS Markaziy Komiteti, SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSning “Aktiv sotsial siyosatni amalga oshirish sohasidagi ishni kuchaytirish hamda SSSR Mehnat va sotsial masalalar davlat komitetining rolini oshirish to‘g‘risida” 1987-yil 17-iyuldagi 825-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1987-yil 26-oktabrdagi 441-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 11-son, 60-modda).
36. KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida moddiy ishlab chiqarish sohasi ministrliklari va idoralarining faoliyatini qayta qurish to‘g‘risida” 1987-yil 17-iyuldagi 823-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 26-oktabrdagi 444-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 11-son, 64-modda).
37. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoyalash tadbirlari to‘g‘risida” 1991-yil 25-martdagi 65-son qarori.
38. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarining xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga o‘tishi to‘g‘risida” 1993-yil 19-iyundagi 297-son qarori.
39. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotning davlat tasarrufida bo‘lmagan sektorida band bo‘lgan fuqarolarning mehnat munosabatlarini hamda ularni ijtimoiy himoya qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 8-fevraldagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 9-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1996-y., 5-son, 15-modda)