O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2634-2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-oktabr,
130-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddima “taqsimlovchilarning” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, ro‘yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.”.
3. 7-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari so‘mda tuziladi.”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. “UzASBO” dasturiy majmuasiga (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) ulangan budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallarini ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun dasturiy majmua orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot tizimiga (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) jo‘natadi. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari rahbarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi va har biriga xos “QR” kodlar qo‘yilib, axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.”.
5. 8-bandning ikkinchi xatboshisi “xarajatlar smetalariga” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetalariga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
6. 9-bandda:
birinchi xatboshi “budjet tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “Budjet tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
7. 12-bandning o‘n uchinchi xatboshisi “ko‘rsatiladigan xizmatga” degan so‘zlardan keyin “o‘tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. 20-bandning birinchi xatboshi “mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan to‘ldirilsin:
“221. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasini, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini mazkur Nizom 46-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi.”.
10. 24-bandning birinchi xatboshisi “shtat jadvalida” degan so‘zlardan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
11. Quyidagi mazmundagi 241-band bilan to‘ldirilsin:
“241. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma shtat jadvalini mazkur Nizom 46-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi.”.
12. 25-band “shtat jadvalini” degan so‘zlardan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
13. 26-bandda:
birinchi xatboshi “vaqtinchalik xarajatlar smetalarini” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “vaqtinchalik xarajatlar smetalari” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
14. 30-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjet tashkilotlariga undiriladigan ota-onalar to‘lovlari hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotganligi uchun, o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi to‘lovlar.”;
oltinchi xatboshidagi “tarbiyalanuvchilarni saqlab turilganligi uchun undiriladigan to‘lovlar” degan so‘zlar “tarbiyalanuvchilar uchun undiriladigan ota-onalar to‘lovlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
15. 49-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari tarkibida ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari mavjud bo‘lgan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining xulosalarini taqdim etadi.”.
16. 6-bobning nomi “taqsimlovchilarning” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
17. 50-bandning birinchi xatboshisi “taqsimlovchilarning” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
18. 51-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, (jamlanma) vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.”.
19. 6-bobning 2-paragrafining nomi “taqsimlovchilarning” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
20. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan to‘ldirilsin:
“541. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng mazkur smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan bo‘ysunuvdagi tashkilotlarga 10 ish kuni ichida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
shtat jadvallari va mazkur tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari;
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (o‘quvchilar, sinflar, bolalar, koykalar, koyka-kun, bola-kunlari va boshqalar soni), bepul yoki imtiyozli oziq-ovqat oluvchi o‘quvchilar soni, birinchi sinf o‘quvchilarining soni, bepul qishki kiyim va poyafzal ajratiladigan, aholini kam ta’minlangan qatlamidan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilari soni va boshqa tarmoq ko‘rsatkichlari;
budjet ajratilgan mablag‘lar doirasida sotib olishga mo‘ljallangan jihozlar va asbob-uskunalar ro‘yxati;
joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati.
Ma’lumotlar tegishli moliya organlari tomonidan tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladi.”.
21. 60-band va 90-bandning uchinchi xatboshisi “taqsimlovchilarning” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
22. 64-bandning birinchi xatboshisi “Budjet tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
23. 65-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilari “Budjet tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
24. 69-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“69. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning axborot tizimiga belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi ko‘rsatkichlarini kiritish:”.
25. 7-bobning nomi “taqsimlovchining” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
26. 71-bandning ikkinchi xatboshisi “budjet mablag‘larini taqsimlovchilar” degan so‘zlardan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
27. 72-bandda:
birinchi xatboshi “budjet tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “budjet tashkiloti” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
28. 73-bandda:
birinchi xatboshi “budjet tashkiloti” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “budjet mablag‘larini taqsimlovchilar” degan so‘zlardan keyin “hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
29. 75-bandda:
birinchi xatboshidan “yilda ko‘pi bilan 4-marta kiritiladi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari kesimida va ularning rahbarlari bilan kelishgan holda o‘zgartirishlarning jamlanma so‘rovini ishlab chiqadi va taqdim etadi.”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
30. 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Dasturiy majmuaga ulanmagan budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar axborot tizimiga tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Dasturiy majmuaga ulangan budjet tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi o‘zgartirishlar ular tomonidan axborot tizimiga dasturiy majmua orqali jo‘natiladi.
Xarajatlar smetasining IV guruh xarajatlari (dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlardan tashqari) bo‘yicha o‘zgartirishlar, xarajatlar iqtisodiy tasnifi kichik modda va elementlari doirasida kiritilishi mumkin. Ushbu o‘zgartirishlar budjet tashkilotlari va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari (ularning bo‘ysunuvidagi budjet tashkilotlari bo‘yicha) tomonidan kiritiladi.”.
31. 77-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
32. 86-band “taqsimlovchining” degan so‘zdan keyin “va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
33. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“89. Budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) smeta ijrosi bevosita mazkur tashkilot rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet mablag‘laridan tasdiqlanmagan xarajatlar smetasi, budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan tadbirlar, shuningdek daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha smetada yoki jamlanma xarajatlar smetasi va alohida xarajatlar smetasida tasdiqlangandan ortiq summalarda xarajat qilish taqiqlanadi.”.
34. 7-ilovaning nomi “Budjet tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son)