Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta koʻrib chiqish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning boʻlinmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yoʻnalishlari etib belgilansin:
iqtisodiy oʻsishning barqaror yuqori surʼatlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini taʼminlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini taʼminlash, mineral-xom ashyo, yer-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarning ragʻbatlantiruvchi rolini kuchaytirish yoʻli bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
budjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va oʻzini oʻzi qoplay olishini taʼminlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qoʻshimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada toʻliq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yoʻnalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan meʼyorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xoʻjaligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda toʻlov intizomini mustahkamlash;
budjet tizimidagi budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qatʼiy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini taʼminlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli toʻlovlarni tayinlash va oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha oʻrnatilgan qoidalarning qoʻllanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy boʻlinmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yoʻl qoʻymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oʻz vaqtida eʼtibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining masʼuliyatini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidan:
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi hamda Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi boʻysunuviga;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari zimmasiga ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va toʻlanishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan holda ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va toʻlanishi ustidan monitoringni amalga oshirish boʻyicha moliya organlari tuman va shahar boʻlinmalaridagi shuʼbalar — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufiga belgilangan tartibda oʻtkazilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Kompleksining rahbari (Z.T. Mirzayev), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻz boshqaruviga topshirilayotgan yuqoridagi jamgʻarmalar va inspeksiyaning samarali faoliyatini tashkil etishni taʼminlasin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tugatilsin va uning funksiyalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi zimmasiga yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida:
Budjetdan tashqari umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi, shuningdek Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi negizida Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Budjetdan tashqari Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil qilinsin.
5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 336 nafardan iborat yangi tashkiliy tuzilmasi 1, 2, 2a-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, viloyat markazlari — shahar hokimliklari moliya boʻlimlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari 3 — 6-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining hamda moliya organlari tarkibiy boʻlinmalarining, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qoʻyilgan cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlari 8-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan birgalikda budjet mablagʻlaridan, eng avvalo ijtimoiy soha muassasalarida samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish, davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar darajasida mustaqilligi, ishonchliligi va xolisligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Moliya vazirligi markaziy apparatining, Gʻaznachilik, hududiy moliya organlari va Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hududiy boshqarmalarining boʻshayotgan xodimlarini ish bilan taʼminlashga belgilangan tartibda koʻmaklashsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-mart,
PQ-2847-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi



Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari

Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti

Budjet tashkilotlari moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi



Budjetdan tashqari

Pensiya jamgʻarmasi

ijro apparati

Tuman va shahar hokimliklari moliya boʻlimlari

Axborot-hisoblash markazi


Gʻaznachilikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi



IICHB “Fonon”

Gʻaznachilikning tuman va shahar boʻlinmalari

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasituman (shahar) boʻlimlari


Ijtimoiy tadqiqotlar instituti


Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorat boshqarmalari

Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
 LexUZ sharhi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati
TUZILMASI

Hayʼat

Vazir

Vazir yordamchisi

1



Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari — Gʻaznachilik boshligʻi

Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi

61


Davlat budjeti bosh boshqarmasi

27

Soliq va bojxona- tarif siyosati boshqarmasi

12

Investitsiyalar boshqarmasi

11

Ijtimoiy soha va ilm-fanni
moliyalashtirish bosh
boshqarmasi

19

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

27

Mudofaa kompleksi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tarmoqlarni moliyalashtirish

10


Hududiy moliya bosh boshqarmalari

14


Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi

19


Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi

7

Boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi

7


Vazir oʻrinbosari



Yuridik boshqarma

7

Hududlarni obodonlashtirish va kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirishni taʼminlash boshqarmasi

10


Taʼlim va tibbiyot muassasala rining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi

10

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi

10


Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi

13

Kadrlar boshqarmasi

7

Narxni belgilash va QQSning ortiqcha summasi qaytarilishini muvofiqlashtirish yigʻma boshqarmasi

7


Birinchi boʻlim

4


Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi

10

Isteʼmol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi

7

Agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasi

7

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi



Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2

Moliya bozori va davlat aktivlaridan daromadlar tushumi ustidan nazorat qilish boshqarmasi

5

Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi

Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi

6


Nazorat boʻlimi

5


Matbuot xizmati

1


Buxgalteriya

3


Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi

3

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 336.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
 LexUZ sharhi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
2a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI

T/r

Nomlanishi

Soni

1.

Rahbariyat

6

1.1.

Vazir

1

1.1.1.

Vazir oʻrinbosari

1

1.2.

Vazirning birinchi oʻrinbosari

1

1.3.

Vazir oʻrinbosari

3

1.4.

Gʻaznachilik boshligʻi — vazir oʻrinbosari

1

2.

Davlat budjeti bosh boshqarmasi

27

2.1.

Bosh boshqarma boshligʻi

1

2.2.

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari

2

2.3.

Konsolidatsiyalashgan budjet va budjet siyosatini shakllantirish boʻlimi

4

2.4.

Davlat budjeti daromadlarini tahlil qilish va prognozlashtirish boʻlimi

5

2.5.

Davlat budjeti ijrosi hisobotini shakllantirish va kredit liniyalari hamda budjet ssudalari holatini monitoring qilish boʻlimi

5

2.6.

Budjetlararo munosabatlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjeti ijrosini monitoring qilish boʻlimi

3

2.7.

Budjet qonunchiligini takomillashtirish boʻlimi

3

2.8.

Davlat budjetini muvozanatli ijro etish boʻlimi

4

3.

Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi

19

3.1.

Bosh boshqarma boshligʻi

1

3.2.

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

1

3.3.

Valyuta sohasini tartibga solish, eksport tushumlarini prognoz va monitoring qilish boʻlimi

4

3.4.

Xorijiy valyutani moliyalashtirish va davlatlararo moliyaviy aloqalar, shuningdek, aktivlar va majburiyatlar bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari boʻyicha hisob-kitob boʻlimi

4

3.5.

Xalqaro moliyaviy hamkorlik, davlat qarzlari va xorijiy valyutalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va monitoring qilish boʻlimi

4

3.6.

Tashqi qarzga xizmat koʻrsatish va muammoli kreditlar bilan ishlash boʻlimi

3

3.7.

Insonparvarlik yordami va texnik koʻmak mablagʻlarni muvofiqlashtirish va undan maqsadli foydalanishning hisobini yuritish shuʼbasi

2

4.

Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi

13

4.1.

Bosh boshqarma boshligʻi

1

4.2.

Yoqilgʻi-energetika majmui moliyasi muvozanati va energiyasamarador investitsiya dasturlari samaradorligini monitoring qilishni tartibga solish boʻlimi

3

4.3.

Kon-metallurgiya sanoati moliyasi, geologiya va mineral resurslarni rivojlantirish boʻlimi

3

4.4.

Mashinasozlik, avtomobil va va elektr texnikasi sanoati, kimyo hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi moliyasi boʻlimi

3

4.5.

Sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilgʻi-energetika majmui mahsulotlarining strategik turlarini tarif va narx jihatidan tartibga solish boʻlimi

3

5.

Moliya bozori va davlat aktivlaridan daromadlar tushumi ustidan nazorat qilish boshqarmasi

5

6.

Soliq va bojxona-tarif siyosati boshqarmasi

12

6.1.

Boshqarma boshligʻi

1

6.2.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

1

6.3.

Daromadlarga soliq solish va soliq solish sohasida xalqaro munosabatlarni tartibga solish boʻlimi

3

6.4.

Bilvosita soliqlar va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish boʻlimi

3

6.5.

Soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni taʼminlash shuʼbasi

2

6.6.

Resurs soliqlari va mulk shuʼbasi

2

7.

Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi

7

7.1.

Boshqarma boshligʻi

1

7.2.

Xoʻjalik subyektlari buxgalteriya hisobi uslubiyoti boʻlimi

3

7.3.

Audit uslubiyoti va auditorlik faoliyatini nazorat qilish boʻlimi

3

8.

Narxni belgilash va QQSning ortiqcha summasi qaytarilishini muvofiqlashtirish yigʻma boshqarmasi

7

9.

Agrosanoat majmui moliyasi boshqarmasi

7

9.1.

Boshqarma boshligʻi

1

9.2.

Qayta ishlovchi va boshqa tarmoqlar moliyasi hamda agrosanoat majmui narxini tartibga solish boʻlimi

3

9.3.

Agrosanoat majmui tarmoqlari hamda qishloq va suv xoʻjaligi moliyasini iqtisodiy tahlil qilish boʻlimi

3

10.

Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi

6

10.1.

Inspeksiya boshligʻi

1

10.2.

Sugʻurta faoliyatini tekshirish va litsenziyalash boʻlimi

2

10.3.

Sugʻurta faoliyati uslubiyoti boʻlimi

3

11.

Investitsiyalar boshqarmasi

11

11.1.

Boshqarma boshligʻi

1

11.2

Kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish boʻlimi

4

11.3.

Pudrat ishlari bozorini moliyaviy tartibga solish boʻlimi

3

11.4

Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi

3

12.

Hududiy moliyalar bosh boshqarmasi

14

12.1.

Bosh boshqarma boshligʻi

1

12.2.

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

1

12.3.

Mahalliy budjetlarni tuzish va ijrosini monitoring qilishni tashkil etish boʻlimi

3

12.4.

Davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish va hududlar tekshirilishini monitoring qilish boʻlimi

5

12.5.

Mahalliy budjetlar daromad bazasini tahlil qilish va kengaytirish boʻlimi

4

13.

Hududlarni obodonlashtirish va kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish chora-tadbirlarini moliyaviy taʼminlash boshqarmasi

10

13.1.

Boshqarma boshligʻi

1

13.2.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish va hududlarni obodonlashtirish sohasidagi rivojlanish dasturlarini moliyaviy tartibga solish va amalga oshirish boʻlimi

3

13.3.

Tabiiy monopoliya subyektlari va kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi monopolist korxonalarning narxini tartibga solish boʻlimi

3

13.4.

Toza ichimlik suvi jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish boʻlimi

3

14.

Isteʼmol bozori, transport, aloqa va turizm sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi

7

14.1.

Boshqarma boshligʻi

1

14.2.

Isteʼmol bozori, savdo va xizmatlar sohasini moliyaviy tartibga solish boʻlimi

3

14.3.

Transport, kommunikatsiya va turizm sohasini kompleks tahlil qilish moliyaviy va narx jihatidan tartibga solish boʻlimi

3

15.

Ijtimoiy soha va ilm-fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi

19

15.1.

Bosh boshqarma boshligʻi

1

15.2.

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

1

15.3.

Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimini moliyalashtirish boʻlimi

3

15.4.

Maktabgacha va umumtaʼlim muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi

3

15.5.

Ilm-fan va oliy taʼlim muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi

4

15.6.

Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi

4

15.7.

Madaniyat va sportni moliyalashtirish boʻlimi

3

16.

Boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi

7

16.1.

Boshqarma boshligʻi

1

16.2.

Davlat hokimiyati, adliya, sudlar va prokuratura organlarini moliyalashtirish boʻlimi

3

16.3.

Boshqaruv va oʻzini oʻzi boshqarish organlarini moliyalashtirish boʻlimi

3

17.

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi

10

17.1.

Ijro etuvchi direksiya oʻrinbosari

1

17.2.

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlashning manzilli roʻyxatlari parametrlari bajarilishini tahlil va monitoring qilish boʻlimi

4

17.3.

Taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlash manzilli roʻyxatlari parametrlari bajarilishini tahlil va monitoring qilish shuʼbasi

3

17.4.

Daromadlarni prognozlashtirish hamdaJamgʻarma kirim va chiqimlarining hisobi shuʼbasi

2

18.

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

27

19.

Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi

61*

20.

Mudofaa kompleksi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tarmoqlarni moliyalashtirish boshqarmasi

10

20.1.

Boshqarma boshligʻi

1

20.2.

Mudofaa kompleksi va davlat zaxiralarini moliyalashtirish boʻlimi

4

20.3.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tarmoqlarni moliyalashtirish boʻlimi

3

20.4.

Mobilizatsiyalashgan tayyorgarlik va fuqaro muhofazasi shuʼbasi

2

21.

Yuridik boshqarma

7

21.1.

Boshqarma boshligʻi

1

21.2.

Huquqiy taʼminot boʻlimi

3

21.3.

Sud daʼvolari bilan ishlash shuʼbasi

3

22.

Kadrlar boshqarmasi

7

22.1.

Boshqarma boshligʻi

1

22.2.

Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻlimi

2

22.3.

Kadrlar boʻlimi

4

23.

Yigʻma axborot-tahlil boshqarmasi

10

23.1.

Boshqarma boshligʻi

1

23.2.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

2

23.3.

Nazorat boʻlimi

5

23.4.

Budjetga toʻlovlar qilish intizomini mustahkamlash komissiyasi bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis

1

23.5.

Matbuot xizmati

1

24.

Birinchi boʻlim

4

25.

Buxgalteriya

3

26.

Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi

3

Jami

336

* Izoh:
a) moliya inspektorlari (50 foizga qisqartirishni hisobga olgan holda 2 nafar) faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha yangidan tashkil etiladigan boʻlimlar bilan birga;
b) bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorat bosh boshqarmasi hududiy boshqarmalari soni aksizosti mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalari ( vino-aroq korxonalari, neft bazalari, yogʻ-moy kombinatlari va boshqalar)ga shaxsan biriktirilgan 124 nafar moliyaviy inspektorlar bilan birga 633 nafardan iborat.
 LexUZ sharhi
2a-ilova norasmiy tarjima.
 LexUZ sharhi
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi
TUZILMASI

Vazir



Vazirning birinchi oʻrinbosari

Vazir oʻrinbosari

Budjet ijrosi hisobi va hisoboti hamda budjet tashkilotlari hisobini monitoring qilish boʻlimi

4


Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini shakllantirish va daromadlar prognozi boʻlimi

7

Kommunal va yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan taʼminlash boʻlimi

4


Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi

3


Taʼlim muassasalarini moliyaviy taʼminlash boʻlimi

5

Kanselyariya mudiri

1


Bosh yuriskonsult

1

Hududiy investitsiya dasturlarini moliyalashtirish boʻlimi

3

Sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya muassasalari va ijtimoiy sohadagi boshqa tashkilotlarni moliyaviy jihatdan taʼminlash boʻlimi

4


Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish inspektori

1

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 36.
Ishlab chiqaruvchi xodimlar soni — 2.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
4-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bosh moliyaviy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Bosh boshqarma boshligʻi



Bosh boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

Budjet ijrosi hisobi va hisoboti hamda budjet tashkilotlarida hisobni monitoring qilish boʻlimi

3 — 5


Mahalliy budjetlarni shakllantirish va daromadlar prognozi boʻlimi

6-7

Kommunal va yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan taʼminlash boʻlimi

4


Kadrlar va maxsus ishlar boʻlimi

2-3


Kanselyariya mudiri

1

Taʼlim muassasalarini moliyaviy jihatdan taʼminlash boʻlimi

5

Hududiy investitsiya dasturlarini moliyalashtirish boʻlimi

3-4


Bosh yuriskonsult

1


Sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya muassasalari va ijtimoiy sohadagi boshqa tashkilotlarni moliyaviy jihatdan taʼminlash boʻlimi

3-4

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha inspektor

1

Boshqaruv xodimlarining soni — 32 — 38.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 455.
Ishlab chiqaruvchi xodimlar soni — 2-3.
Ishlab chiqaruvchi xodimlarning umumiy soni — 30.
 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
5-ILOVA
Shaharlar — viloyatlar markazlari hokimliklari moliya boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Mudir



Mudirning birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi

Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari boʻyicha mudir oʻrinbosari — shuʼba mudiri

Budjet ijrosi hisobi va hisoboti shuʼbasi

2


Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy taʼminlash boʻlimi

3 — 6


Kommunal va yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash

chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan taʼminlash shuʼbasi

2


Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish inspektori

1


Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish

boʻyicha bosh iqtisodchi

1


Yuriskonsult

1

Boshqaruv xodimlarining soni — 13 — 16.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 168.
Ishlab chiqaruvchi xodimlar soni — 2.
Ishlab chiqaruvchi xodimlarning umumiy soni — 26.
 LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
6-ILOVA
Tuman va shaharlar hokimliklari moliya boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Mudir



Mudirning birinchi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi

Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari boʻyicha mudir oʻrinbosari — shuʼba mudiri

Budjetni ijro etish hisobi va hisoboti shuʼbasi

2


Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy taʼminlash boʻlimi

1 — 4


Kommunal va yoʻl xoʻjaligini rivojlantirish, obodonlashtirish va narxlarni belgilash chora-tadbirlarini moliyaviy jihatdan taʼminlash shuʼbasi

1

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha inspektor

1


Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va subvensiyaviylikni kamaytirish boʻyicha bosh iqtisodchi

1


Yuriskonsult

1

Boshqaruv xodimlarining soni — 10 — 13.
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 2108.
Ishlab chiqaruvchi xodimlar soni — 2 — 5.
Ishlab chiqaruvchi xodimlarning umumiy soni — 695.
 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi).
2. Moliya vazirligi budjet, soliq va bojxona-tarif sohalarida, shuningdek, moliya bozori, sugʻurta, fuqarolarning pensiya taʼminoti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasida, budjet tashkilotlari va budjet oluvchilarni moliyalashtirish, monopolist korxonalarning tovar va xizmatlari uchun narx belgilash, Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining strategik makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va parametrlariga erishishni taʼminlash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Moliya vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri (keyingi oʻrinlarda — moliya vaziri) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
3. Moliya vazirligi tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy moliya organlari), Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri gʻaznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar gʻaznachilik boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari), Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar, Moliya vazirligi tasarrufidagi boshqa tashkilotlar kiradi.
 LexUZ sharhi
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Hududiy moliya organlari Moliya vazirligiga va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklariga hisobot beradi.
4. Moliya vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
5. Moliya vazirligi oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi davlat moliya nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari moddiy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti), Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
7. Moliya vazirligi, hududiy moliya organlari, gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
 LexUZ sharhi
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
II. Moliya vazirligining vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Moliya vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
iqtisodiy oʻsishning barqaror yuqori surʼatlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini taʼminlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat soliq-budjet siyosatini amalga oshirish;
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini taʼminlash, mineral-xomashyo, yer-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlarning ragʻbatlantiruvchi rolini kuchaytirish yoʻli bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
budjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subvensiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va oʻzini oʻzi qoplay olishini taʼminlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat budjetiga qoʻshimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada toʻliq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yoʻnalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan meʼyorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xoʻjaligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda toʻlov intizomini mustahkamlash;
budjet tizimidagi budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qatʼiy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolarning pensiya taʼminoti sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini taʼminlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli toʻlovlarni tayinlash va oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha oʻrnatilgan qoidalarning qoʻllanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;
sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy boʻlinmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oʻz vaqtida eʼtibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining masʼuliyatini oshirish.
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
9. Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) soliq va bojxona-tarif siyosati sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun soliq va bojxona va tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlarini (oʻrta muddatli istiqbolda) shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi soliq va bojxona qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq solish metodologiyasi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalari, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash va toʻlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash stavkalari va mexanizmi samaradorligini monitoring qiladi, soliq stavkalari va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻilishini takomillashtirishga qaratilgan ularning stavkalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash tartibini belgilovchi, shuningdek, soliq maslahati boʻyicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
soliq va bojxona qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga, shuningdek, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi sohasidagi qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek, soliq maslahati faoliyatining tahlili va monitoringini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan tasdiqlangan soliq maslahatchilarini oʻqitish va malakasini oshirish dasturlarini hamda soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini kelishadi. Shuningdek, soliq maslahatchilari reyestrini oʻzining rasmiy saytida eʼlon qiladi va uni muntazam yangilab boradi;
(9-band 1-kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun nomzodlarni oʻqitishni tashkil etishda va malaka imtihonlarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga texnik va uslubiy yordam koʻrsatadi;
(9-band 1-kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish, soliq sohasidagi hamkorlik va axborot almashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok yetadi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
manfaatdor shaxslarning soʻrovlari boʻyicha soliq qonunchiligi bilan bogʻliq masalalarni qonun hujjatlariga muvofiq tushuntiradi;
2) budjet siyosati va budjetlararo munosabatlar sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun (oʻrta muddatli istiqbolda) budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat moliyasining barqarorligini taʼminlash, resurslarni mamlakat taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga jamlashni, shuningdek, iqtisodiyot faoliyati samaradorligini oshirish va investitsiya faolligini ragʻbatlantirishni hisobga olgan holda davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihalarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga budjetnoma loyihasini kiritadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning ustuvor tarmoqlari va sohalarini selektiv qoʻllab-quvvatlash zaruratini hisobga olgan holda davlat xarajatlari tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
budjet tizimidagi tegishli budjetlar darajalari oʻrtasida umumdavlat soliqlarini taqsimlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda budjet tashkilotlarining davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamgʻarmalari budjetlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan jamgʻarmalarga ajratmalar miqdori va tartibini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vaqtincha boʻsh davlat aktivlarini moliyaviy vositalarga joylashtiradi;
aholini ommaviy axborot vositalari va Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali tasdiqlangan davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
budjetni rejalashtirish, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlarini normalash usullarini, ularni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqadi va takomillashtiradi, shuningdek, ushbu sohada metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
budjet tizimi tamoyillariga rioya qilinishi boʻyicha davlat moliyasini boshqarish organlari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
budjet tizimidagi budjetlar oʻrtasida munosabatlarni optimallashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini shakllantirishda standart yondashuvlarni taʼminlashga qaratilgan budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
budjetlararo transfertlarni taqdim etish (ajratish) tartibini takomillashtirishni taʼminlaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini mustahkamlash, mahalliy boshqaruv organlarining tegishli budjetlar holati yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini kengaytirish, hududlarni subvensiyadan chiqarish, shu jumladan barcha zarur soliqlarning toʻliq yigʻilishi hisobiga mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlashdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini kuchaytirish orqali ularning subvensiyaviyligini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
davlat budjetining daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi va aniqlashtiradi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari va xarajatlar yoyilmasini tuzadi;
vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning soʻrovlari boʻyicha davlat budjeti loyihasini tuzish va uning bajarilishi bilan bogʻliq masalalarga aniqlik kiritadi;
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hajmini yetkazadi;
har chorakda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasi va dinamikasini tizimli tahlil qilish, davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralarini safarbar etish, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar barqaror tushishiga boʻlgan qiziqishini oshirishdan kelib chiqib, davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari prognozini yetkazadi;
budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga taʼsir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasini oʻtkazadi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda davlat moliyasini boshqarish va soliq-budjet siyosatini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi;
davlat moliyasini boshqarish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida yagona siyosatni olib boradi;
3) davlat budjeti ijrosini tashkil etish boʻyicha:
yagona gʻazna hisobvaragʻida va boshqa bank hisobvaraqlarida joylashgan budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini bajarilishini tashkil etadi va boshqaradi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni ularning manbalari kesimida toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat budjetiga daromadlar tushumini koʻpaytirish, soliq toʻlovchilar tomonidan daromadlarni yashirish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sabablarining oldini olish va bartaraf etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Markaziy bank va boshqa banklar bilan birgalikda budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini tashkil etadi va olib boradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga qarzdorligini kechiktirish va toʻlash hamda moliyaviy sanksiyalarni hisobdan chiqarish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi, ularning hisobini yuritadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat maqsadli jamgʻarmalariga daromad tushishini tahlil qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining prognozlardan ortiqcha tushumlaridan foydalanish boʻyicha takliflar kiritadi;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
budjet tizimi budjetlarida mablagʻlar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra toʻlovlarni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan parametrlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari parametrlariga oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etadi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi hamda davlat budjetining ijrosi boʻyicha hisob-kitob va hisobot shakllarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarini belgilaydi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
budjet tasnifini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek unga 6 oy yakuni boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi. Shu bilan birga, budjet tasnifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishdan oldin Moliya vazirligining axborot tizimiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin;
(9-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib boradi va ularning har chorakda yangilanishini taʼminlaydi;
(9-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli Farmoniga asosan oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son)
4) davlat valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, respublika ichki valyuta bozorida valyuta mablagʻlarining tushishi va ulardan foydalanish monitoringi, ishlab chiqarishni tartibga solish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanish sohasida:
davlat valyuta siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov balansining mutanosibligini taʼminlash, davlat tashqi qarziga barqaror va oʻz vaqtida xizmat koʻrsatish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari bilan bogʻliq holda rejalashtirilgan yil va oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan eksport salohiyatining oʻsishini ragʻbatlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Markaziy bank, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy valyutadagi mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanish ustidan monitoringni amalga oshiradi;
chet el valyutasidagi mablagʻlar tushumlarining qoʻshimcha manbalari, shuningdek, xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy davlatlarga beriladigan kreditlar monitoringini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi majburiyatlarni toʻlash hisobiga amalga oshiriladigan toʻlovlar oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi,
Markaziy bank bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining holatini tahlil qiladi, shuningdek, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki isteʼmol va eksporti prognozlarini va balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oltin-valyuta zaxiralariga xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun narx va hisob-kitoblarni belgilash tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga begʻaraz yordam koʻrsatish, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalarini saqlash bilan bogʻliq operatsiyalarini moliyalashtirish va hisobga olishni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzosi boʻlgan mintaqaviy va submintaqaviy tashkilotlar doirasida moliyaviy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining ikki va koʻp tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlarda ishtirok etishidan kelib chiqadigan moliyaviy majburiyatlarining bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
5) davlat qarzini boshqarish sohasida:
Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzini monitoring qilish, hisobga olish va unga xizmat koʻrsatishni amalga oshiradi, shuningdek uni oʻz vakolatlari doirasida boshqaradi;
Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi majmuini (portfelini) takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Markaziy bank ishtirokida davlat qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini olib boradi;
davlat qimmatli qogʻozlarining emitenti sifatida qatnashadi, davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish va joylashtirish shartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida qarz bitimlari va qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni koʻrib chiqishda qatnashadi;
davlat tashqi qarzining manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha mutanosibligini taʼminlash, davlat tashqi qarzlarining cheklangan parametrlari, davlat tashqi qarz majmuini (portfelini) va unga xizmat koʻrsatish xarajatlarini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan tashqi qarz olish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borishda, davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishiga doir hujjatlarni tayyorlash va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzlari boʻyicha shartnomalari va davlat kafolatlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlari (zayomlari)ni toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari mavjud boʻlgan xorijiy manbalardan jalb qilingan kreditlar (zayomlar)ni oʻzlashtirish va ularga xizmat koʻrsatishni hisobga oladi va nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha vakolatli banklarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek muammoli kreditlar holatini baholaydi, ularni tarkibiy oʻzgartirish va qaytarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga qonunda belgilangan tartibda davlat qarzining holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablagʻlar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib boradi va ularning har chorakda yangilanishini taʼminlaydi;
(9-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli Farmoniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son)
6) insonparvarlik yordamlarini boshqarish sohasida:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ustuvor loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish uchun insonparvarlik yordamining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
arizalarni shakllantirish va insonparvarlik yordamini yagona maʼlumotlar bazasiga kiritishni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda insonparvarlik yordami koʻrsatuvchi donor tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi va muntazam yangilaydi;
respublikaga insonparvarlik yordami olish uchun arizalarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va yuborish, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanishni hisobga olish, monitoring va nazorat qilishni muvofiqlashtiradi;
insonparvarlik yordami boʻyicha hisobot shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
respublikaga kelayotgan insonparvarlik yordami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tegishli axborot-tahlil va maʼlumotnoma materiallarni tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga tizimli ravishda kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan insonparvarlik yordami va uning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallar va loyihalar hisobotlarini tayyorlaydi;
manfaatdor vazirlik va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etilayotgan insonparvarlik yordamini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatadi;
7) moliya bozorlari va institutlarni tartibga solish, sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida:
moliya institutlari va moliya bozorlarining barqaror ishlashini taʼminlash va davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklarning ustav kapitalidagi davlat ulushini belgilangan tartibda boshqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ishtirokidagi banklar aktivlarini tarkibiy oʻzgartirish, banklar va boshqa moliya institutlarini xususiylashtirish ishlarida ishtirok etadi;
(9-band 7-kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalaydi;
ijro etilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurtalovchilar majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp hajmi va jami majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan koʻp hajmini hisoblab chiqarish uslubini, sugʻurtalovchilarning toʻlovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari mablagʻlarini shakllantirish va joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek ularning hisobini yuritish hamda ular boʻyicha hisobotlarni tuzish tartibini belgilaydi;
sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ularning alohida boʻlinmalari rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
sugʻurtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va eʼlon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda eʼlon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sugʻurtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, aktuar xizmatlari koʻrsatish, shuningdek sugʻurta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sugʻurtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun oʻquv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni oʻtkazadi, qonun hujjatlariga muvofiq aktuariya malaka sertifikatini beradi, amal qilishini toʻxtatadi va bekor qiladi;
sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qogʻozlariga joylashtirishni, sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, sugʻurtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan profilaktika tadbirlari roʻyxatini kelishib oladi, sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi;
sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini hamda sugʻurtalovchini qayta tashkil etish uchun berilgan ruxsatnomalarning, sugʻurta zaxiralarini joylashtirish uchun berilgan kelishuvlar, sugʻurtalovchining moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish boʻyicha kelishilgan chora-tadbirlar komplekslarining, malaka sertifikatiga ega boʻlgan sugʻurtalovchining, aktuarlarning ehtiyotdan koʻriladigan chora-tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan koʻriladigan chora-tadbirlar roʻyxatini yuritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, toʻlovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sugʻurtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sugʻurtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini toʻliq yoki ayrim sugʻurta turlariga (klasslariga) nisbatan toʻxtatib qoʻyadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanksiyalarni qoʻllaydi;
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sugʻurta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat toʻgʻrisida yillik hisobotlarni, shuningdek sugʻurta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisida statistika maʼlumotlarini eʼlon qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi va lizing faoliyatini muvofiqlashtiradi;
8) iqtisodiyot tarmoqlarining narxlanishi va moliyaviy mutanosibligi sohasida:
tovarlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlari (ishlari, xizmatlari) hamda tegishli reyestrlarga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlariga ularning moliyaviy mutanosibligi va barqaror rivojlanishi asosida narxlar (tariflar)ni oʻz vakolatlari doirasida davlat tomonidan tartibga soladi;
davlat va safarbarlik zaxiralaridan gʻamlanadigan va chiqariladigan moddiy boyliklar narxini, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar (un, non, paxta yogʻi) uchun narxlarni belgilangan tartibda kelishadi;
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan mahsulotlar narxini tartibga solish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
jahon bozori konyunkturasini oʻrganish va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tannarxini tahlil qilish asosida xarid narxlarini belgilaydi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mahalliy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, bankrotlik va toʻlovga layoqatsiz tashkilotlarni sanatsiyalash tartib-taomillarini oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, ularni oʻquv mebellari, oʻquv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
issiqlik taʼminoti, drenaj tizimlari, koʻp xonadonli uylarda ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini taʼmirlash, Orolboʻyi mintaqasi aholi punktlarining tashqi yoritish tarmoqlarini obodonlashtirish va takomillashtirish, Orolboʻyi mintaqasidagi olis va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun tuzdan tozalash uskunalarini taqdim etish, Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturlariga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarga kiritilgan loyiha tashabbuskorlariga foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratish xarajatlarini moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida ichimlik suvi taʼminoti tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv taʼminoti tashkilotlarini maxsus texnika, mashinalar va mexanizmlar, laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
umumtaʼlim muassasalarining kutubxona fondlari uchun darslik va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
pensiya, nafaqa va kompensatsiyalarni toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining maxsus hisobvaraqlarida majburiy ajratmalar, badallar va boshqa toʻlovlarni jamlaydi;
9) buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va auditorlik faoliyatini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish sohasida:
buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi, moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlaydi;
auditorlik faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi, auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritadi;
 LexUZ sharhi
9-band 9-kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
 LexUZ sharhi
9-band 9-kichik bandining uchinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda auditorlarni oʻqitish va malakasini oshirish dasturi hamda auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
auditorning malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun malaka talablarini belgilaydi, shuningdek malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrini yuritadi;
auditorning malaka sertifikatini olish va auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish huquqi uchun belgilangan tartibda malaka imtihonlarini oʻtkazadi;
 LexUZ sharhi
9-band 9-kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, qonun hujjatlariga muvofiq uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
10) davlat moliyaviy nazorati sohasida:
Quyidagilar ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi:
budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya qilish;
budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni amalga oshirish navbati, muddatlari va toʻliqligiga rioya qilish;
davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
chet eldagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik muassasalari tomonidan xorijiy valyutadagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi;
pensiya va nafaqalarni tayinlash, hisobga olish va oʻz vaqtida toʻlashning toʻgʻriligi;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati;
budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar (zayomlar)dan maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik yordam vositalaridan maqsadli foydalanilishi;
davlat xaridlari boʻyicha tender (tanlov) savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi;
quyi moliya organlari va gʻazna boʻlinmalari tomonidan budjet qonunchiligining bajarilishini taʼminlaydi;
vakolatli organning davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va taqsimlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyatini nazorat qiladi, davlat mulkidan (shu jumladan, ijaraga berilgan davlat mulkidan olingan daromadlardan) daromad olish tartibini ishlab chiqishda va nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
budjet tashkilotlarining davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ayrim korxonalarda mahsulotning ayrim turlari boʻyicha aksiz soligʻini hisoblashning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida toʻlanishini, aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlarini aksiz markalari bilan tamgʻalashning toʻliqligi va sotib olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
davlat moliyaviy nazorati natijalari boʻyicha aniqlangan qoidabuzarliklarni va budjet intizomini bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli takliflar kiritadi;
boshqaruv organlari xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga, uning oʻzgarishi dinamikasiga va boshqaruv apparatini ularning manbalaridan qatʼi nazar saqlash xarajatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
11) investitsiya sohasida:
davlat budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish boʻyicha pudrat ishlarini bajarish uchun tanlov savdolari oʻtkazishda ishtirok etadi;
vakolatli hukumat komissiyasining qarorlari boʻyicha tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish zarur boʻlgan korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy koʻrsatkichlarini oʻrganishda ishtirok etadi;
davlat investitsiya dasturlarini shakllantirish, budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatlarni kelishishda ishtirok etadi;
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilishda ishtirok etadi;
12) Moliya vazirligi tizimini institutsional rivojlantirish sohasida:
Moliya vazirligi tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Moliya vazirligining yagona axborot tarmogʻini ishlab chiqadi, yaratadi va doimiy ravishda takomillashtiradi;
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi moliya organlari, tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini koʻradi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq Moliya vazirligining ijtimoiy infratuzilmasini yaratadi va takomillashtiradi, xodimlarning mehnatini ragʻbatlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantiradi;
13) xalqaro hamkorlik sohasida:
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari bilan davlat moliyasini boshqarish, moliya va soliq-budjet siyosati, buxgalteriya hisobi va audit masalalari, shuningdek boshqa masalalar boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda, shuningdek ularni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlar bilan hamkorlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
14) davlat moliyasini boshqarish va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik sohasida:
davlat moliyasini boshqarish va makroiqtisodiy siyosatning asosiy masalalari, jumladan, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, inflyatsiya jarayonlarini cheklash, mamlakat iqtisodiyotining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, aholi bandligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar bilan bogʻliq holda soliq-budjet siyosatining uzoq muddatli, oʻrta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini taʼminlaydigan soliq-budjet siyosati chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ichki bozorni toʻldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, eksport salohiyatini oshirish, import oʻrnini bosish va mahalliylashtirish, energiyani tejash va mahsulot tannarxini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qishloq joylarda va qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini mutanosib rivojlantirishga qaratilgan hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini moliya-budjet rejalashtirish va moliyalashtirish metodikasi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot metodologiyasi, nazorat-taftish ishlari, narx belgilash masalalarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalar xodimlari, boshqa tashkilotlar vakillaridan tegishli masalalar boʻyicha uslubiy (metodologik) va boshqa kengashlar tuzadi;
(9-band 14-kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
(9-band oʻn toʻrtinchi kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
10. Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy moliya organlari, gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlari va moliya vazirligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal qiladi.
 LexUZ sharhi
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
III. Moliya vazirligining huquq va majburiyatlari
11. Moliya vazirligi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda qonun hujjatlarida unga berilgan vakolat doirasida quyidagi huquqlarga ega:
davlat statistika, moliyaviy va boshqa hisobotlar, shuningdek, barcha hisob-moliya va boshqa masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar, ularga boʻysunuvchi organlar va xizmatlar uchun nazarda tutilgan hajm va muddatlarda boshqa zarur maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda begʻaraz asosda olish,
budjet tizimi budjetlari mablagʻlarini noqonuniy sarflash holatlari mavjud boʻlgan, shuningdek, moliyaviy va boshqa hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari rahbarlarini xabardor qilgan holda budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar (moliyalashtirish) toʻlanishini cheklash, zarur hollarda esa toʻxtatib qoʻyish;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlardan davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar loyihasini tuzish uchun zarur boʻlgan hisob-kitoblar, hisobot maʼlumotlari va boshqa materiallarni hamda ularning ijrosi boʻyicha hisobotni olish;
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilaridan belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlarni, shuningdek budjet hisobi va moliyaviy hisobot bilan bogʻliq zarur maʼlumotlarni olish, vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va viloyatlar mahalliy budjetlariga ularning hududida shakllantiriladigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, oʻzaro hisob-kitoblar orqali daromad va xarajatlar oʻrtasida yuzaga keladigan kassa uzilishlarini tartibga solish orqali beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmiga aniqliklar kiritish;
davlat budjetining ijrosini taʼminlash, shuningdek alohida xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni toʻplash, davlat tashqi qarzini toʻlash va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar oʻtkazish zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shu jumladan chet el valyutasida, va boshqa hisobvaraqlar ochish;
budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida rezervlar tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tegishli hisobvaraqlardan naqd pul mablagʻlarini akseptsiz tartibda olish yechib olish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun moliya yili doirasida qaytarish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet ssudalarini berish;
belgilangan tartibda yuridik shaxslarga budjet ssudalari berish va davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari qoldiqlari hisobidan boʻsh mablagʻlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilmagan boshqa mablagʻlarni bank muassasalarida depozitga qoʻyish
hisoblanadigan soliqlar va majburiy toʻlovlar hajmlariga taʼsir etuvchi omillar oʻzgarishi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjet daromadlari, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzatishlar kiritish;
respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish;
monopoliya mahsulotlari (ishlar, xizmatlar), tabiiy monopoliyalarning mahsulotlari (ishlari, xizmatlari), shuningdek, roʻyxati hukumat qarorlari bilan belgilanadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun narxlar (tariflar)ni belgilash boʻyicha qaror qabul qilishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrash;
tabiiy monopoliya subyektlari (hukumat qarorlari bilan belgilanganlardan tashqari) tomonidan ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarini tasdiqlash;
tabiiy monopoliyalar subyektlariga va tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan subyektlarga, shuningdek, narxlari (tariflar) hukumat qarorlari bilan tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi subyektlarga narx (tariflar) loyihalarini, preyskurantlarni, uslubiy koʻrsatmalar va xarajatlar normativlarini ishlab chiqish;
tashkilotga tekshirish roʻyxatiga kiritilgani toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda xabarnoma yuborish hamda taqdim etiladigan narxlar (tariflar)ni shakllanishining asosliligini aniqlash maqsadida tabiiy monopoliyalar subyektlari va tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan subyektlarning, shuningdek, narxlari (tariflar) hukumat qarorlari bilan tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini joyiga chiqib oʻrganishni oʻtkazish;
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilaridan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi va sugʻurta faoliyati bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda olish;
auditorlik tashkilotlaridan auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi, shuningdek auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda olish;
sugʻurta va auditorlik tashkilotlarida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazish;
 LexUZ sharhi
11-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosining borishi, hududiy moliya organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat hamda monitoringni tashkil etish va amalga oshirish;
tekshirish va taftish vaqtida zarur hollarda kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhrlash, qalbaki, soxtalashtirilgan hujjatlar va boshqa suiisteʼmolliklar aniqlangan taqdirda esa nazorat obyekti hujjatlarini olib qoʻyish,
nazorat obyektining rahbarlaridan tovar-moddiy va boshqa boyliklar, pul mablagʻlari hamda hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan oʻtkazishni talab qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari bilan shart qilib qoʻyilgan va amalga oshirilgan toʻlovlar hamda ular bilan bogʻliq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan soʻzsiz undirib olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va xalqaro-huquqiy meʼyorlarga muvofiq xalqaro shartnomalarni tuzish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari vakillari bilan begʻaraz yordam jalb qilish va uni oʻzlashtirish masalalari boʻyicha muzokaralarda ishtirok etish;
jalb qilingan qarz mablagʻlari va kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida xalqaro moliya institutlaridan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati bilan kreditlar va qarzlar olgan vazirliklari, idoralar va tashkilotlar mansabdor shaxslariga kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish hamda chora-tadbirlar amalga oshirish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
ilmiy tadqiqotlarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida soliq-budjet va narx siyosati hamda moliya sohasidagi eng muhim ilmiy ishlar roʻyxatini belgilash, vakolati doirasidagi masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar, alohida olimlar va mutaxassislarni jalb etish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlanganlar boʻyicha budjet daromadiga undirilgan hamda tekshirilayotgan obyektlar hisobiga tiklangan summaning 8 foizi, “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan davlat va korporativ xaridlar boʻyicha birja savdolari ishtirokchilaridan undiriladigan komissiya yigʻimining 10 foizi, yuqori likvidli tovar turlarini sotish boʻyicha birja bitimlaridan olinadigan “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ komissiya yigʻimlari summasining 0,025 foizi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish;
(11-bandning oʻttiz birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son)
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
(11-bandning oʻttiz uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
12. Moliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash huquqiga ega.
Moliya vazirligi zarur hollarda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda idoralararo qoʻshma qarorlar chiqarishga haqli.
13. Moliya vazirligi davlat soliq, budjet va narx siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
IV. Moliya vazirligi faoliyatini tashkil etish
14. Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi.
Moliya vaziri 5 nafar oʻrinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Moliya vaziri:
vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi va Moliya vazirligiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazir oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasidagi masʼuliyatni taqsimlaydi, Moliya vazirligi tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Moliya vazirligi faoliyatining ayrim qismlarini boshqarish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning masʼuliyat darajasini va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat tashqi qarzlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kredit bitimlari va davlat kafolatlarini imzolaydi;
Moliya vazirligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, xarajatlar smetasini va Moliya vazirligi Markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida hududiy moliya organlari, gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlar sonini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Moliya vazirligi Markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Moliya vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning nizomlari va ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarning lavozimlari roʻyxatiga kiruvchi xodimlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlarida va yuridik shaxslarida, shuningdek boshqa davlatlarning moliya institutlari bilan munosabatlarda Moliya vazirligini taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligi tizimi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, shuningdek alohida oʻrnak koʻrsatgan Moliya vazirligi tizimidagi organlari xodimlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlar va davlat mukofotlariga taqdim etadi.
Moliya vaziri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
15. Vazirlikda moliya vaziri (rais), vazir oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat soni va shaxsiy tarkibi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi hayʼati Moliya vazirligi faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari va Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish masalalarini, vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek tekshiruvlar natijalarini muhokama qiladi.
 LexUZ sharhi
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
Hayʼat Majlisiga Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Hayʼat qarorlari moliya vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, moliya vaziri mustaqil ravishda qaror qabul qiladi va yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar beradi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishi mumkin.
Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
16. Hududiy moliya organlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirlarining muovini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar hokimliklari moliya boʻlimlari mudirlari viloyat, tuman, shahar hokimining taqdimnomasiga binoan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari moliya vaziri tomonidan moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan tayinlanadi.
Tuman va shahar hokimliklari moliya boʻlimlari mudirlarining oʻrinbosarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan tumanlar, shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari taqdimnomasiga binoan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
17. Moliya vazirligi tizimi xodimlarining ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot puli, qoʻshimcha haqlar va ustamalardan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi hududiy organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandida belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Moliya vazirligi Markaziy apparati xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda): 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 dan 20 yilgacha — 0,4; 20 dan 25 yilgacha — 0,5; 25 yildan ortiq — 0,6 oylik ustamalar toʻlanadi.
Muayyan davr ishlaganlik uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
7-ilova norasmiy tarjim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2699-son qarori 37-ilovasining 12-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi toʻgʻrisida”gi 59-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi toʻgʻrisida” gi 59-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” gi qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi toʻgʻrisida” gi 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi 356-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 553-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 286-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 4-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi “Auditorlik faoliyatni takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida”gi 365-son qarori 4-ilovasining 1-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 413-son qarori 3-ilovasi X-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-noyabrdagi “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 520-son qarori 2-ilovasining 2 va 3-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-son Qonuni)” 235-son qarori 1-ilovasining 2-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qarori)” 20-son qarori ilovasining 1-bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 55-son qarori 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-son qarori)” 151-son qarori ilovasining 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 52-son qarori 1-ilovasining 3-bandi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 62-son qarori)” 165-son qarori 1-ilovasining 1-bandi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 143-son qarori ilovasining 1 va 2-bandlari.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 313-son qarori 1-ilovasining 2-bandi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 30-son qarori ilovasining 1-bandi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 180-son qarori ilovasining 1-bandi.
 LexUZ sharhi
8-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 29.03.2023-y., 06/23/42/0177-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)