Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.02.1994
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh QOʻMITASI (DAVLAT MULK QOʻMITASI) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-fevraldagi 72-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi (davlat mulk qoʻmitasi) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasini tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq va bozor munosabatlarini shakllantirish shakli sifatida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq unga quyidagi huquqlar berilsin:
davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat korxonalari va tashkilotlarining mulkiy egalik qilish vakolatlarini amalga oshirish, davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga respublika hududida va uning tashqarisida Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga egalik qilish, foydalanish va uni boshqarish vakolati huquqini berish;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlgan mulkdan foydalanishning samaradorligi va uning saqlanishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishlarini olib borish uchun komissiyalar tuzish;
davlat mulki obyektlari xususiylashtirilayotganda sotuvchi vazifasini bajarish;
mehnat jamoalari, nodavlat yuridik shaxslar va fuqarolarning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida qatnashish haqidagi buyurtmalarini roʻyxatga olish;
davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan kimoshdi savdosi va tanlovlar tashkil etish, unda xaridorlarning qatnashishi shartlarini, hisob-kitob tartiblarini belgilash, mulkiy huquqlarni rasmiylashtirish ishlarini olib borishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
aksionerlik jamiyatlarini, davlat korxonalari bazasida tashkil etiladigan boshqa xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlarini tuzish;
(1-band sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-noyabrdagi 1992-yil 518-sonli qarori tahririda)
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ va metodik hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida tasdiqlash;
agar mulk amaldagi qonunchilikka xilof ravishda davlat organlari tomonidan egallangan boʻlsa davlat mulkiga egalik qilish huquqlarini oʻzgartirish aktlarini bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taqdimnomalar kiritish;
investitsiya fondlarini, xoʻjalik hisobidagi maslahat-tadqiqot va ekspert xizmatlarini tuzish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi markaziy apparatining va uning hududiy organlarining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish hududiy organlari bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasiga boʻysunadi va oʻz amaliy faoliyatida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning hokimliklari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlik qiladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga mazkur qarorga muvofiq davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Respublika qoʻmitasini tuzish tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasining chegaraviy soni uning hududiy boʻlinmalarini qoʻshganda 210 nafar miqdorida, shu jumladan, markaziy apparat xodimlarining miqdori — 70 nafar etib belgilansin (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar miqdorini hisobga olmaganda). Bu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi shtatidagi xodimlarni shu qoʻmitalarga ajratilgan mablagʻlar doirasida qisqartirish hisobiga amalga oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasining Raisiga quyidagi huquqlar beriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish hududiy boshqarmalarining boshliqlarini tasdiqlash;
belgilangan xodimlar miqdori va ish haqi fondi doirasida Qoʻmitaning tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Qoʻmitaga Qoʻmita Raisining ikki oʻrinbosariga, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosarga hamda shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan 7 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishga ruxsat berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun quyidagilarni kiritsin:
Qoʻmita haqidagi Nizom loyihasi;
Oʻzbekiston Respublikasi mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (Kommunal mulkka) boʻlish tartibi haqidagi takliflar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar, mahalliy boshqaruv organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasiga ular uchun belgilangan muddatlarda davlat mulki obyektlarining qanchaligi va ahvoli haqida zarur axborotni taqdim etsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Namoyishlar xiyoboni, 6, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasining boʻlinmalari egallab turgan joyda.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi moddiy-texnika resurslarini, inventar, asbob-uskunalar va transport vositalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasiga topshirsin.
9. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasining hududiy organlariga zarur binolar va aloqa vositalari ajratilishini taʼminlasinlar.
Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi bilan birgalikda uning hududiy organlarini inventarlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, transport xizmati koʻrsatish uchun limitlar ajratish masalalarini koʻrib chiqsinlar va bir oy muddat ichida hal etsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin. Qarorning bajarilishi qanday borayotganligi 1992-yil iyul oyida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-fevral,
57-son
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 10-fevraldagi 57-son qaroriga
ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh QOʻMITASINING
TUZILMASI
Markaziy apparat
Rahbariyat.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish va uning metodologiyasi yigʻma boʻlimi.
Sanoatda davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish boʻlimi.
Qurilish kompleksida, transport va aloqada davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish boʻlimi.
Dehqonchilik sanoati kompleksi tarmoqlarida davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish boʻlimi.
Xizmat koʻrsatish sohasi va ijtimoiy sohada davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish boʻlimi.
Xususiylashtirish va qimmatbaho qogʻozlar maxsus fondlari boʻlimi.
Davlat mulkini xususiylashtirish, kimoshdi savdosi va tanlovlarini tashkil etish boʻlimi.
Moliya-huquqiy inspeksiya
Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish boʻyicha hududiy organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi.
Ishlar boshqarmasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish qoʻmitasi huzuridagi tashkilotlar
Davlat mulkini inventarizatsiyalash va qiymatini baholash boʻyicha xoʻjalik hisobidagi markaz.
Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarning katalogini, normativ-maʼlumotnoma materiallarni nashr etish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi byuro.
Fond birjasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi
Andijon viloyati boshqarmasi
Buxoro viloyati boshqarmasi
Jizzax viloyati boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Navoiy viloyati boshqarmasi
Namangan viloyati boshqarmasi
Samarqand viloyati boshqarmasi
Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Sirdaryo viloyati boshqarmasi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Fargʻona viloyati boshqarmasi
Xorazm viloyati boshqarmasi
Toshkent shahar boshqarmasi