|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.11.2018
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 2-iyundagi PF-2612-son Farmoni bajarilishini ta’minlashga doir harakatlar dasturiga muvofiq, shuningdek “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ro‘yobga chiqarish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy bazani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 31-dekabr,
491-son
O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida
nizom
1. Davlat ekologik ekspertizasi bu ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ekologik ekspertiza turidir. Quyidagilarni:
prognoz qilinayotgan, mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini;
atrof muhitning holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yoki zararli ta’sir ko‘rsatayotgan mo‘ljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik hamda boshqa xil faoliyatning ekologik xavflilik darajasini;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash ekologik ekspertizaning maqsadi hisoblanadi.
2. Quyidagilar Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari hisoblanadi:
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi deb yuritiladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi;
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining davlat ekologik ekspertizasi.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini tashkil etadi, ularga “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi metodik rahbarlik qiladi.
3. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi quyidagi obyektlar bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradi:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar (I va II toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha);
keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
aholi soni 50 ming kishidan ortiq bo‘lishi rejalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) loyihalari.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizasi quyidagi obyektlar bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasini amalga oshiradilar:
loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar (III va IV toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha);
aholi soni 50 ming kishi va undan kam bo‘lgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, ko‘rib chiqilayotgan obyektning o‘ziga xosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik ekspertizasi uchun shartnoma asosida bitta yoki bir guruh malakali mutaxassislar va olimlarni, zaruriyat bo‘lganda xorijiy ekspertlarni jalb etishi mumkin, ularning xulosalari tavsiya tusiga ega bo‘ladi.
Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalari ajratish materiallarining ekologik ekspertizasi loyiha oldi va loyiha hujjatlari obyektlari tarkibida o‘tkaziladi.
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
a) ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
b) obyektlarni atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha taqdim etilgan materiallar, ekologik normativlar, loyihalar va boshqa hujjatlar asosida o‘rganadi, tahlil etadi, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi;
v) buyurtmachini (uning so‘rovi bo‘yicha) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari to‘g‘risida ko‘rib chiqish muddati tamom bo‘lgandan keyin 3 kun mobaynida xabardor qiladi;
g) davlat ekologik ekspertizasi xulosasini beradi.
5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari quyidagi huquqlarga egadir:
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va buyurtmachilardan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, axborot materiallari va boshqa materiallarni olish;
davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normativ hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish;
ekologik ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini joyning o‘ziga borib aniqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari, shuningdek ekspertlar, qonun hujjatlariga muvofiq, ekspertiza o‘z vaqtida, kompleks, xolis va sifatli o‘tkazilishini va belgilangan tartibda xulosa berilishini ta’minlash uchun javob beradilar.
7. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, mazkur Nizomga muvofiq belgilanadi.
8. Buyurtmachi atrof muhitga ta’sirni baholash o‘tkazilishi tashkil etilishi, davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarining to‘liqligi, ishonchliligi va sifati uchun javob beradi.
9. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
10. Davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
a) loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha (loyihaoldi va loyiha hujjatlari; shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari; maxsus rejimli obyektlar) atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari, u quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
mo‘ljallanayotgan yoki prognozlashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat haqidagi niyat paydo bo‘lishi bosqichida bajariladigan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi, obyektni mablag‘ bilan ta’minlash boshlangungacha;
atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha qidiruvlarni, naturadagi tekshirishlarni, maxsus tahlillarni, modelli eksperimentlarni bajarish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurligi aniqlangan taqdirda bajariladigan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangungacha taqdim etiladi. Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizani ishlab chiqish zaruriyati atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan belgilanadi;
obyekt foydalanishga qabul qilib olingungacha bajariladigan va loyihalanayotgan obyektlarning atrof muhitga ta’sirini baholash tartibining yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi ariza;
b) ishlab turgan obyektlar bo‘yicha (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar) ekologik normativlar loyihalari, obyekt atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan taqdirda ishlab chiqilgan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza. Buyurtmachi qo‘shimcha ravishda ekologik audit materiallarini taqdim etishi mumkin;
v) qolgan obyektlar bo‘yicha:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) loyihalari;
(10-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari — ishlab chiqilgan hujjatlar taqdim etiladi.
(10-bandning “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
IV toifaga tegishli faoliyat turlari uchun faqat atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi bajariladi.
11. Atrof muhitga ta’sirni baholash bosqichlari quyidagi asosiy masalalardan iborat bo‘lishi kerak (ishlarning turi va xususiyatiga qarab):
a) atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi:
mo‘ljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish boshlangungacha atrof muhitning holati, hududda aholining joylashganligi, yerlarni o‘zlashtirish, atrof muhit xususiyatlari tahlili;
mavjud rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya, melioratsiya obyektlari, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, elektr uzatish liniyalari, transport, suv quvuri, gaz quvuri kommunikatsiyalari va joy to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda vaziyatli reja;
nazarda tutilayotgan (mo‘ljallanayotgan) asosiy va yordamchi obyektlar, foydalaniladigan texnika, texnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, xomashyo, yonilg‘i, ularning atrof muhitga ta’siri tahlili, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ekologik xavfliligi;
kutilayotgan chiqariladigan, oqiziladigan ifloslantiruvchi moddalar, chiqindilar, ularning atrof muhitga salbiy ta’siri va ularni zararsizlantirish usullari;
chiqindilarni omborga joylash, saqlash va foydali tarzda ishlatish;
fan, texnika yutuqlarini va ilg‘or tajribani hisobga olgan holda tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat va texnologik yechimlar muqobillarining tahlili;
salbiy ekologik oqibatlarni istisno etuvchi va ekspertiza obyektining atrof muhitga ta’sirini pasaytiruvchi tashkiliy, texnik, texnologik yechimlar va chora-tadbirlar;
avariyali vaziyatlar tahlili (ehtimollilikni baholagan holda va ularning salbiy oqibatlari oldini olish ssenariysi bo‘yicha);
ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish natijasida atrof muhit va ekologik oqibatlar o‘zgarishi prognozi;
b) atrof muhitga ta’sir to‘g‘risida ariza:
muhandislik-geologiya qidiruvlari, modelli tadqiqotlar va boshqa zarur tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ajratilgan maydonning ekologik muammolarini baholash;
maydonning aniqlangan muammolariga tatbiqan texnologiyaning ekologik tahlili;
jamoatchilik fikrini eshitish natijalari (zaruriyat bo‘lganda);
ekspertiza obyekti ro‘yobga chiqarilishining salbiy oqibatlari oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining dalillar bilan asoslangan tadqiqotlari;
v) ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi ariza:
atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasining, atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizaning, shuningdek jamoatchilik fikrini eshitishda kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlarining loyiha qarorlariga va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlarga tuzatish kiritish;
ekspertiza obyekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;
obyektdan foydalanish ekologiya tadbirlari bilan birgalikda olib borilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etishga va chora-tadbirlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risidagi asosiy xulosalar.
IV toifaga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi taqdim etiladi, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
hududdan foydalanish turlari ko‘rsatilgan holda obyektni joylashtirish rejasi;
ishlab chiqarish texnologiyasi tavsifi;
kanalizatsiya mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va oqova suvlarni oqizishga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash miqdori va tarkibi;
chiqindilarni omborga joylashtirish miqdori va shartlari;
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari.
12. Davlat ekologik ekspertizasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tarkibi yoki mazmunining mazkur Nizom talablariga yoki boshqa normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, buyurtmachiga bundan buyon ko‘rib chiqish rad etilishi sabablari ma’lum qilingan holda xulosa beriladi.
13. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida ekologik audit va jamoatchilik ekologik ekspertizasi materiallaridan foydalanilishi mumkin.
14. Atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarini ko‘rib chiqish materiallari bo‘yicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organi tomonidan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tuziladi, unda ekspertiza obyekti, texnologik jarayonlar, ishlarni tashkil etish va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlar, obyektning faoliyati (ro‘yobga chiqarilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan ehtimol tutilgan salbiy ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi zarur axborot va ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarishga yo‘l qo‘yilishi (ijobiy xulosa) yoki yo‘l qo‘yilmasligi (salbiy xulosa) to‘g‘risidagi xulosalar bo‘ladi.
Xulosa rasmiy blankada rasmiylashtiriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari yoki davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish tegishli qo‘mitasi raisi tomonidan imzolanadi.
15. Faoliyat turlari uchun davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati:
I va II toifalar, shuningdek:
keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
shaharsozlik hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) loyihalari 30 kungacha;
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
III toifa 20 kun;
IV toifa ekspertiza uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun.
Obyektning murakkabligiga qarab ekspertiza o‘tkazish muddati Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq I va II toifaga tegishli faoliyat turlari uchun 2 oydan ortiqqa va qolgan toifalarga tegishli faoliyat turlari uchun 1 oydan ortiqqa uzaytirilmaydi.
16. “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasining xulosasi buyurtmachiga va ekspertiza obyekti u tomonidan nazorat qilinadigan hududda joylashgan tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli qo‘mitaga bir nusxadan yuboriladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining davlat ekologik ekspertizalari tomonidan tayyorlangan davlat ekologik ekspertizasi xulosasi esa buyurtmachiga va nazorat uchun qo‘mitalarning tegishli inspeksiyalariga bir nusxadan yuboriladi.
17. Davlat ekologik ekspertizasining salbiy xulosasini olgan buyurtmachi xulosadagi mavjud taklifga muvofiq loyihaning maromiga yetkazilishini ta’minlaydi va materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga takroran taqdim etadi, yoxud mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechadi.
18. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasi organlarining ijobiy xulosasi bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan mablag‘ bilan ta’minlash boshlanishi hamda davlat ekologik ekspertizasi obyekti ro‘yobga chiqarilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
19. Agar davlat ekologik ekspertizasi xulosasi berilgan obyekt bunday xulosa berilgan paytdan boshlab uch yil mobaynida amalga oshirilmasa, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasi organlarining ijobiy xulosasi yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Ushbu holda davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ilgari bunday xulosani bergan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
20. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ekologik ekspertiza organlari davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan materiallarning saqlanishini hamda davlat, harbiy xizmat va tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilmasligini ta’minlaydilar. Ular bo‘yicha ekologik ekspertiza o‘tkazilgan barcha hujjatlarning bir nusxasi davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazgan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organida saqlanadi.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar davlat ekologik ekspertizalari bilan buyurtmachi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar kelishmovchiliklar bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va xulosani bergan davlat ekologik ekspertizasi vakili va ekspertiza buyurtmachisi ishtirokida “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Buyurtmachi bilan “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tomonlarning vakillari hozir bo‘lgan holda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish muddati kelishmovchiliklar bayonnomasi va boshqa zarur materiallar tushgan kundan boshlab 45 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari bilan ekspertiza buyurtmachilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqilishi mumkin.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
22. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari faoliyati davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga haq to‘lashdan tushgan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma bo‘yicha bajarilgan boshqa ishlar uchun to‘langan haq hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi.
23. Loyihaoldi va loyiha hujjatlari, atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar, maxsus huquqiy rejimli obyektlar davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun haq to‘lash miqdori Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan faoliyat turlari bo‘yicha ularning toifalariga muvofiq:
I toifaga — eng kam oylik ish haqining 25 baravari;
II toifaga — eng kam oylik ish haqining 15 baravari;
III toifaga — eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari;
IV toifaga — eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish bajarilganligi uchun tegishli toifa obyekti davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun to‘langan haqning 30 foizi miqdorida belgilanadi.
Agar davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjat kompleks hisoblansa va har xil toifadagi bir nechta obyektlardan iborat bo‘lsa, davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazganlik uchun to‘lov ulardan biridan, tegishli yuqori toifaga tegishlisidan undirib olinadi.
Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan obyektlarning barcha turlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish materiallari atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi tarkibida ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqqanlik uchun alohida haq undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sxemalari loyihalari, 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlari, keyinchalik ularga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks o‘rganish materiallari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida belgilanadi.
(23-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyuldagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar loyihalarining davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun haq eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyuldagi 152-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun shaharsozlik hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazganlik uchun haq eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida belgilanadi.
Ijtimoiy sohani shuningdek davlat tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sxemalari loyihalari davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun haq to‘lanmaydi.
(23-bandning oxirgi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-con, 103-modda)
24. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish mazkur Nizomga ilova qilingan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) o‘tkazilishini tashkil etish
sxemasi
|
T/r |
Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari |
Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallar |
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazuvchi organ |
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun haq to‘lash tartibi |
| 1 | Ijtimoiy sohani, shuningdek davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini rivojlantirish davlat dasturlari, konsepsiyalari va sxemalari loyihalari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Mazkur toifadagi loyihalar bo‘yicha DEE bepul o‘tkaziladi |
| 2 | Ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, sxemalari loyihalari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida |
| 3 | Barcha turdagi qurilish uchun yer uchastkalari ajratish materiallari | Atrof muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi tarkibida ko‘rib chiqiladigan ishlab chiqilgan hujjatlar (ATTA) | Ularning toifalariga muvofiq “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi yoki DEE mintaqaviy organlari | Yer uchastkasi ajratish materiallari ko‘rib chiqilganligi uchun alohida haq undirilmaydi |
| 4 | Faoliyat turlari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlari: | | | |
| | I toifa | Atrof muhitga ta’sirni baholash (ATB) | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| | II toifa | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida |
| | III toifa | ATB | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida |
| | IV toifa | ATTA loyihasi | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida |
| 5 | Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-metodik hujjatlarning loyihalari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Tegishli toifa obyekti davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi haqining 30 foizi miqdorida |
| 6 | Texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida |
| 7 | �trof tabiiy muhitga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar: | | | |
| | I toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| | II toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida |
| | III toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida |
| | IV toifa | Ekologik normativlar loyihalari; ATTA (Obyektning atrof muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazishi fakti aniqlangan hollarda) | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida |
| 8 | Hududlarni keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida kompleks tekshirish materiallari | Ishlab chiqilgan hujjatlar | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida |
| 9 | Shaharsozlik hujjatlari: | | | |
| | 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdorida |
| | 50 ming kishi va undan kam aholi istiqomat qilishi loyihalashtirilayotgan obyektlar uchun | ATB | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| 10 | Faoliyat turlari bo‘yicha maxsus huquqiy rejimli obyektlar: | | | |
| | I toifa | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida |
| | II toifa | ATB | “Boshdavekoekspertiza” boshqarmasi | Eng kam oylik ish haqining 15 baravari miqdorida |
| | III toifa | ATB | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 7,5 baravari miqdorida |
| | IV toifa | ATTA loyihasi | DEE mintaqaviy organlari | Eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Izoh:
Agar bir buyurtmachi tomonidan davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan hujjat kompleks tartibda tayyorlangan va turli toifadagi bir nechta obyektdan iborat bo‘lsa, davlat ekologik ekspertizasi uchun haq, faqat ularning oliy toifaga muvofiq keluvchi bittasi uchun undiriladi.
Obyektning murakkabligiga qarab ekspertizani o‘tkazish muddati Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi tomonidan, I va II toifalarga tegishli faoliyat turlari uchun uzog‘i bilan 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga hamda qolgan toifalar uchun 1 oy muddatga uzaytirilishi mumkin.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining DEE organlari buyurtmachini (uning so‘roviga ko‘ra) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari to‘g‘risida hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati tugaganidan keyin 3 kun mobaynida xabardor qiladi.
Davlat ekologik ekspertizasi amalga oshiriladigan faoliyat turlari
ro‘yxati
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga kiradigan (o‘ta xavfli) faoliyat turlari
1. Avtomagistrallar, metro, temir yo‘llar, tez yuriladigan katta yo‘llar, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuk terminallari.
2. Aeroportlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. I toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
4. 200 mln kub metrdan ortiq hajmli suv omborlari.
5. Yillik ish unumi 1 mln tonna rudadan ortiq bo‘lgan kon-boyitish fabrikalari.
6. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (aholisi 200 ming kishidan ortiq bo‘lgan shaharlar uchun).
7. 30 MVt dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan gidroelektorstansiyalar.
8. Yiliga 2 mln kub metr va undan ko‘p ruda va kimyoviy xomashyo qazib chiqarish, qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.
9. Yoqilg‘i resurslari (neft, gaz, ko‘mir va shu kabilar)ni qazib chiqarish.
10. Qora va rangli metallurgiya zavodlari.
11. Teri oshlash korxonalari.
12. Sutkalik ish unumi 280 ming kub metrdan ortiq bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
13. Respublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
15. Mashinasozlik (aviasozlik, avtomobil, traktor, motor ishlab chiqarish va shu kabilar) sanoati.
16. Zaharli chiqindilarni, shuningdek shlam (ko‘mir kukuni)ni to‘plash yoki ko‘mib tashlash joylari.
17. Axlat yoqish zavodlari.
18. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan neft va gaz quvurlari.
19. Neft va gazni qayta ishlash zavodlari.
Oldingi tahrirga qarang.
20. To‘g‘onlar;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
21. Yer osti gaz omborlari.
22. Yer ostida ishqor bilan yuvish poligonlari.
23. Quj holida ishqor bilan yuvish texnologiyasidan foydalanadigan korxonalar.
24. Xavfliligi I va II klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
26. Akkumulyatorlar, galvanik batareyalar va elementlar ishlab chiqarish.
27. Asbest va asbestli buyumlar ishlab chiqarish.
28. Portlovchi moddalar ishlab chiqarish.
29. Xalqaro bitimlar bilan tartibga solib boriladigan tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan asbob-uskunalar yoki qurilmalar ishlab chiqarish.
30. Radioaktiv moddalar (izotoplar) ishlab chiqarish, ishlatish va saqlash.
31. Rezina va rezinotexnik buyumlar ishlab chiqarish.
32. Zaharli aralashmali oyna ishlab chiqarish.
33. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
34. Sement ishlab chiqarish.
35. Zaharli chiqindixonalarni rekultivatsiya qilish.
36. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar omborxonalari.
37. 300 MVt yoki undan ortiq issiqlik quvvatiga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari, shuningdek yadro reaktorlariga ega bo‘lgan inshootlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Farmatsevtika zavodlari va fabrikalari (tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari bundan mustasno).
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
40. Kimyo komplekslari va zavodlari.
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning II toifasiga kiradigan (o‘rtacha darajada xavfli) faoliyat turlari
1. Viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari.
2. Aerodromlar.
3. II toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
4. Neft va gaz quduqlari qazish.
5. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan yer osti suvlarini olish inshootlari.
6. Respublika va viloyatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichlar.
7. Hajmi 200 mln kub metrgacha bo‘lgan suv omborlari.
8. Quvvati 30 MVt va undan kam bo‘lgan gidroelektrstansiyalar.
9. Shahar maishiy chiqindi poligonlari (100 mingdan 200 ming kishigacha istiqomat qiladigan aholi punktlari uchun).
10. Yillik ish unumi 1 mln tonnagacha bo‘lgan kon-boyitish fabrikalari.
11. Temir yo‘l depolari.
12. Yiliga 2 mln kub metrgacha rudani va kondan olinadigan kimyoviy xomashyoni qazib chiqarish hamda qazib chiqarishda vujudga kelgan karyerlarni rekultivatsiya qilish.
13. Yiliga 30 ming kub metrdan ortiq umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
14. Idoraviy ahamiyatga ega bo‘lgan temir yo‘llar.
15. Sutkalik ish unumi 50 mingdan 280 ming kub metrgacha bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
16. Oziq-ovqat mahsulotlari va biologik qo‘shimchalar ishlab chiqarish komplekslari.
17. Biotexnologiyalardan foydalanuvchi, shu jumladan pillani qayta ishlovchi korxonalar.
18. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan elektr uzatish liniyalari.
19. Lub sanoati.
20. Suv o‘tkazish quvvati sekundiga 50 kub metrdan ortiq bo‘lgan magistral kanallar, daryolar va loyiha bo‘yicha hisoblangan quvvati sekundiga 20 kub metrdan ortiq bo‘lgan kollektorlar.
21. Mebel kombinatlari va fabrikalari.
22. Un tortish kombinatlari.
23. Chiqindilarni qayta ishlash zavodlari.
24. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan neft va gaz quvurlari.
25. 100 gektardan ortiq yangi yerlarni o‘zlashtirish.
26. Dambalar.
27. Alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar.
28. Charmni bo‘yash va loklash korxonalari.
29. Yiliga 300 tonnadan ortiq gazmol va qog‘ozni lok bilan kimyoviy to‘yintirish korxonalari.
30. Xavfliligi III klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
31. Qurilish industriyasi korxonalari, asbest va sement ishlab chiqarishlar bunga kirmaydi.
32. Qog‘oz va karton ishlab chiqarish.
33. Yog‘och-qipiq va yog‘och-tola plitalar ishlab chiqarish.
34. Shisha tola ishlab chiqarish.
35. Inert gazlar ishlab chiqarish.
36. Pardoz-andoz preparatlari ishlab chiqarish.
37. Bo‘yoqlar, shu jumladan lok-bo‘yoq ishlab chiqarish korxonalari.
38. Polimer buyumlar va sintetik materiallar, shu jumladan yuvish va tozalash moddalari ishlab chiqarish.
39. Elektrotexnika asbob-uskunalari ishlab chiqarish.
40. Bo‘yash va oqartirish sexlari bo‘lgan yigiruv va to‘quv fabrikalari.
41. Parrandachilik fabrikalari.
42. Foydali qazilmalarni qidirib topish va razvedka qilish.
43. Radiotexnika va elektron sanoati.
44. Eskidan sug‘orib kelingan 1000 gektardan ko‘proq yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ holatini yaxshilash.
45. Viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan o‘g‘itlar omborxonalari.
46. Issiqlik quvvati 100 MVtdan 300 MVtgacha bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
47. Paxtani qayta ishlash sanoati.
(1—48-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 1—47-bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi III toifaga mansub (past darajada xavfli) faoliyat turlari
1. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari.
2. Avtoparklar.
3. Avtomobilga yonilg‘i va gaz quyish stansiyalari.
4. III toifadagi neft va neft mahsulotlari bazalari.
5. Viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan yer osti suvlari chiqarish inshootlari.
6. Viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichlar.
7. Shaharcha ahamiyatiga ega bo‘lgan gaz quvurlari.
8. Yiliga 30 ming kub metrdan kam umumiy tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish va qayta ishlash.
9. Chorvachilik komplekslari.
10. Hayvonotchilik xo‘jaliklari.
11. Sutkalik ish unumi 50 ming kub metrdan kam bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari.
12. Gilam fabrikalari.
13. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish va qadoqlash.
14. Xom g‘isht ishlab chiqarish va ularni yer usti xumdonlarida pishirish.
15. Teriga ishlov berish.
16. Har sekundda 50 kub metrdan kam suv o‘tkazadigan magistral kanallar va har sekundda loyiha bo‘yicha hisoblangan quvvati 20 kub metrdan kam bo‘lgan kollektorlar.
17. Go‘sht sanoati (so‘yish va qayta ishlash).
18. Korxona va tashkilotlarning neft omborxonalari.
19. 100 gektargacha yangi yerlarni o‘zlashtirish.
20. Aholisi 100 ming kishidan kam bo‘lgan aholi punktlari uchun maishiy chiqindilar poligonlari.
21. Junni qayta ishlash korxonalari.
22. Xavflilik darajasi IV klassga mansub chiqindilarni qayta ishlash korxonalari.
23. Paxta tolasini qayta ishlash korxonalari.
24. Sutni qayta ishlash korxonalari.
25. Yillik ish unumi 300 tonnadan kam bo‘lgan gazmol va qog‘ozni lok bilan kimyoviy to‘yintirish korxonalari.
26. Qurilishda foydalaniladigan pardozlash materiallari ishlab chiqarish.
27. Poyabzal ishlab chiqarish.
28. Omixta yem ishlab chiqarish.
29. Sovun ishlab chiqarish.
30. Shishadan tarkibida zaharli moddalar bo‘lmagan buyumlar ishlab chiqarish.
31. Chinni buyumlar ishlab chiqarish.
32. Bo‘yash va oqartirish sexlari bo‘lmagan yigiruv va to‘quv fabrikalari.
33. Parrandachilik fermalari.
34. Tayyor dorivor vositalarni qadoqlash korxonalari.
35. 100 gektardan 1000 gektargacha maydonda sug‘oriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
36. Dvigatel va mashinalarni ta’mirlash, shuningdek ularni bo‘yash.
37. Maydoni 30 gektardan ortiq bo‘lgan baliq urchitish havzalari va baliqni qayta ishlash.
38. 50 tadan ortiq savdo o‘rniga ega bo‘lgan bozorlar.
39. Elektr asbob-uskunalarini yig‘ish va ta’mirlash, metallga ishlov berish.
40. Cho‘chqachilik fermalari.
41. Sel suvini to‘plash omborlari.
42. Tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan zaharli kimyoviy moddalar, shu jumladan o‘g‘itlar omborlari.
43. Huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus obyektlari.
44. Bosmaxonalar.
45. 100 megavattdan kam quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yondirish qurilmalari.
46. Tramvay-trolleybus deposi.
47. Paxta tayyorlash punktlari.
48. Xloratorlar.
49. Non kombinatlari.
50. Kimyoviy tozalash korxonalari.
51. 50 tonnadan ortiq sig‘imli sovutgich qurilmalari.
52. Kalsiy karbidi ishlab chiqarish sexlari.
53. Choy qadoqlash fabrikalari.
(1—62-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 1—53-bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga mansub (mahalliy ta’sir ko‘rsatish) faoliyat turlari
1. Avtoservis punktlari.
2. Umumiy ravishda foydalaniladigan hammom va saunalar.
3. Ichki xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan suvo‘tkazgichlar va suv xo‘jaligi tarmoqlari.
4. Veterinariya shifoxonalari.
5. Rezino-texnika buyumlarini tiklash, vulkanizatsiya va avtomobillarni juz’iy ta’mirlash.
6. Maydoni 30 gektargacha bo‘lgan baliq urchitish havzalari, baliqni qayta ishlash bunga kirmaydi.
7. Korxonalar va tashkilotlarga qarashli hamda umumiy ravishda foydalaniladigan garajlar va avtomobil to‘xtash joylari.
8. Qabristonlar.
9. Don omborlari.
10. Gilam to‘qish sexlari.
11. Tikish ishlab chiqarishi.
12. Mebel ishlab chiqarish va ta’mirlash.
13. Paxta titish korxonalari.
14. Kichik tegirmonlar.
15. Avtomobillarni yuvish.
16. Toshga ishlov berish.
17. Bug‘ qozoni va tozalash inshootlariga ega bo‘lmagan rekreatsiya va uy-joy-xo‘jalik obyektlari, shuningdek ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlar.
18. Xo‘jalik ichidagi yerlarni o‘zlashtirish.
19. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash maydonchalari.
20. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish.
21. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va konservalash.
22. Umumiy ovqatlanish korxonalari.
23. Pillani qabul qilib olish va saqlash punktlari.
24. 50 tadan kam savdo o‘rniga ega bo‘lgan bozorlar.
25. Eskidan sug‘orib kelingan 100 gektardan kam yerni rekonstruksiya qilish va meliorativ jihatdan yaxshilash.
26. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari.
27. Xo‘jaliklar ichida suv xo‘jaligi tizimlarini qurish.
28. Teplitsa va parniklar, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan tashqari.
29. Novvoyxonalar, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish.
30. Ohak ishlab chiqarish sexlari.
31. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.
32. Qoramol, yilqi va qo‘y fermalari.
(1—30-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan 1—32-bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
Izoh:
Ushbu ro‘yxatga kiritilmagan faoliyat turlari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilmaydi.
Komplekslar tarkibiga kiruvchi asosiy inshootlar toifasi yanada yuqori toifaga kiritilgan inshoot bo‘yicha belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 22-24-son, 160-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; 2009-y., 24-son, 269-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)