Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 2004-yil 3-dekabrdagi 711–II-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-aprel,
95-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 1-apreldagi 95-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1995-yil 27-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 26-modda):
1 va 5-ilovalar jadvallari uchinchi ustunining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi oʻrmonlar va daraxtlar-buta oʻsimliklar”;
2, 3 va 4-ilovalarning izohlaridagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 10-martdagi 104-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 9-modda):
a) qarorning nomidagi va 1-bandidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin;
Nizom nomidagi, shuningdek matnidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin;
3, 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Quyidagilar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat tabiat yodgorliklari, zakazniklari va tabiat pitomniklari, tabiiy kurort hududlari, dam olish hududlari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqboʻyi polosalari, yer usti va yer osti suvlari hosil boʻladigan hududlar (daryo vodiylari, surilma konuslari, togʻ etaklari) baliqchilik xoʻjaligi hududlari, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan muhofaza etiladigan toifaga kiritilgan boshqa tabiiy hududlar.
4. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar oʻzining faoliyat koʻrsatish maqsadi va rejimiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
davlat qoʻriqxonalari;
kompleks (landshaft) zakazniklar;
tabiiy bogʻlar;
davlat tabiat yodgorliklari;
alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, koʻpaytirish va tiklash uchun hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar;
alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar.
5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻysunishi, muhimligi, shuningdek tabiiy obyektlarning noyobligiga koʻra mahalliy va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlishi mumkin”;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri quyidagi asosiy shakllarni oʻz ichiga oladi:
1-shakl (yigʻma) — “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxati”;
2-shakl — “Davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat biosfera rezervatlarining yer-suv resurslari”;
3-shakl — “Davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat biosfera rezervatlarining oʻsimlik dunyosi”;
4-shakl — “Davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat biosfera rezervatlarining hayvonot dunyosi”;
5-shakl — “Davlat tabiat yodgorliklarining, alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, koʻpaytirish va tiklash uchun hududlarning umumiy tavsifi”;
6-shakl — “Muhofaza etiladigan landshaftlarning, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlarning umumiy tavsifi”;
7-shakl — “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy natijalari”.
Shakllarning tuzilishi va mazmuni Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
13-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer osti chuchuk suvlarining shakllanish hududlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan tuziladi”;
birinchi xatboshidagi “(alohida muhofaza etiladigan III toifa tabiiy hududlar boʻyicha maʼlumotlardan tashqari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “(alohida muhofaza etiladigan III toifa tabiiy hududlar boʻyicha)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aloqa kommunikatsiyalari qurilishiga yoʻl qoʻyiladi, davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlar va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxona hududlari bundan mustasno”.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalarida:
30-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Suv taʼminoti manbalarining sanitariya muhofazasi, kurortlarning sanitariya muhofazasi” soʻzlari “Suv obyektlari, tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlarining sanitariya muhofazasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “oʻrmon qoʻriqxona uchastkalarida” soʻzlari “kompleks (landshaft) zakazniklarda, tabiiy bogʻlar va davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxona hududlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Davlat milliy” soʻzlari chiqarib tashlansin, “bogʻlari” soʻzidan keyin “va davlat biosfera rezervatlarida (ularning qoʻriqxona hududlaridan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarorining 1-bandidagi “kurort va dam olish maqsadlari uchun maxsus muhofaza qilinadigan” soʻzlari “muhofaza etiladigan tabiiy hudud — tabiiy kurort hududi va dam olish hududi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/914/2164-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “qoʻriqxona ishlarini yuritish va milliy tabiiy hamda xalq bogʻlarini boshqarish” soʻzlari “davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “va qoʻriqxona, xalq bogʻlari ishlarini” soʻzlaridan keyin “davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq bogʻlari, zakazniklar” soʻzlari “tabiiy bogʻlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshidagi “qoʻriqxonalar, milliy tabiiy, xalq bogʻlari” soʻzlari “davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “va qoʻriqxona ishlari, milliy tabiiy, xalq bogʻlari, zakazniklar” soʻzlari “davlat qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va faoliyat koʻrsatishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Chuchuk yer osti suvlari hosil boʻladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-yanvardagi 23-son qarori nomidagi, 1-bandning birinchi xatboshidagi hamda 4-bandidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 153-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti chuchuk suvlari hosil boʻladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega boʻlgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish toʻgʻrisida” 2002-yil 26-avgustdagi 302-son qarori nomidagi, shuningdek qarorning 1 va 5-bandlaridagi, qarorga 1, 2, 3, 4-ilovalar nomidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoqboʻyi polosasini belgilash toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 471-son qarori 2-bandidagi, qarorga 2-ilova nomidagi va 4-ilovaning 7-bandidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti chuchuk suvlari chiqadigan zonalarni belgilash toʻgʻrisida” 2004-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 5-bandidagi, qarorga 1, 2 va 3-ilovalar nomidagi hamda beshinchi ustun nomidagi “alohida” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 5-fevraldagi 26-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2007-y., 4-6-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-con, 103-modda; 2007-y., 4-6-son, 47-modda; 2010-y., 20-son, 153-modda; 2017-y., 24-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/914/2164-son, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)