1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK DEPOZITORLARINING MILLIY AXBOROTLAR BAZASI VA UNDA MIJOZLARGA XOS RAQAM BERISh HAMDA BANK HISOBVARAQLARI RO‘YXATINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 30-mayda 1145-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1863, 27.09.2008-y.) qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan Boshqaruv qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab mijozlarni va ularning hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlari Milliy axborot bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (1999-yil 5-yanvarda 586-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan) va Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 26-aprel (7/6-bayonnoma) 266-1-sonli 1-qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlari Milliy axborot bazasi to‘g‘risidagi Nizom (1999-yil 6-yanvarda 587-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan) hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 21-fevraldagi 5/3-sonli va 23-martdagi 7/2-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Markaziy bank Raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-aprel,
10/5-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22 apreldagi 10/5-son qarori bilan TASDIQLANGAN (№ 509)
O‘zbekiston Respublikasi Bank Depozitorlarining Milliy Axborotlar Bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi, unda bank mijozlariga xos raqam berish va ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish tartibini belgilaydi.
1 §. Umumiy qoidalar
1. Bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi (keyingi matnda BDMAB) O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan yuridik shaxslarga, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga birinchi marotaba bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam berish, ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish hamda mijozlar hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumotlar olishni ta’minlovchi axborotlar bazasi bo‘lib hisoblanadi.
BDMABga Axborotlashtirish Bosh Markazi (keyingi matnda ABM) tomonidan xizmat ko‘rsatiladi hamda uning faoliyati ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan olib boriladi.
2. BDMAB bank mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, qoldiq summalarini qayd qilmagan holda saqlaydi.
3. Agar yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs sifatida amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu filiallar (vakolatxonalar)ga ham alohida xos raqam beriladi.
4. BDMABda mijozlarga berilgan xos raqamlar ularning xo‘jalik faoliyati tugatilgan vaqtdan boshlab, 3 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida mazkur xos raqam boshqa mijozlarga berilmaydi.
5. Mijozlarning hisobvaraqlari BDMABda, har bir balans hisobvaraqlari uchun valyutalar kodlari bo‘yicha ketma-ket raqamlash tamoyili asosida dasturiy ravishda shakllantiriladi, budjet tashkiloti bundan mustasnodir. Budjet tashkilotlarining hisobvaraqlarini shakllantirishda hisobvaraq tartib raqami o‘rniga daromad (xarajat) moddasi (bo‘limi) ko‘rsatiladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvarag‘i bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ularni bankda o‘zgartirish mumkin emas.
6. Mijozga asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq (keyingi matnda — asosiy depozit hisobvaraq) ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga xos raqam berilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan keyin, bu to‘g‘risida o‘z mijoziga xabar beradi va shundan keyingina mijoz ushbu hisobvaraq bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
7. Mijozga dastlabki ochilgan yoki boshqa bankdan o‘tkazilgan bank hisobvaraqlari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar keyingi ish kunidan boshlab amalga oshiriladi.
8. BDMABda hisobvaraqlarni ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, vaqtincha yopish va vaqtincha yopilgan hisobvaraqlarni ochish sanalari shakllantiriladi va banklarga uzatiladi. Ular bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi banklari bilan BDMAB o‘rtasidagi axborot almashinish so‘rov fayli tamoyiliga asoslanadi va ABMning elektron pochta tizimi orqali amalga oshiriladi.
10. BDMABga so‘rovlar jo‘natilgandan keyin, ABM faylning BDMABga uzatilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani bankka jo‘natadi.
11. Banklardan BDMABga kelib tushadigan barcha so‘rov turlari dasturiy ravishda shu kunning o‘zidayoq qayta ishlanadi.
12. Banklarning BDMABga yuboradigan so‘rov turlari ushbu Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashkil topadi.
13. BDMABdan kelib tushgan javob fayllarining barcha ma’lumotlari bankda mijoz taqdim etgan hujjatlar asli bilan takroran solishtiriladi. Agar xatolar aniqlansa, BDMABga xato ma’lumotlar bartaraf qilingan holda qayta so‘rov jo‘natiladi.
14. Bank yoki bank filialining faoliyati tugatilayotganda, mijozlarning barcha hisobvaraqlari oldindan yopilishi yoki bank faoliyati tugatilgunga qadar BDMAB orqali boshqa bankka o‘tkazilishi shart.
15. So‘rovlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat haqi ABM va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tiladi.
16. BDMABdagi ma’lumotlarni, shu jumladan bank siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikka zid ravishda oshkor qilishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
2 §. BDMABning funksiyalari
17. BDMAB quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) bank depozitorlarining axborotlar bazasini shakllantirish, saqlash, to‘ldirib borish va uni faol holatda saqlab turishni ta’minlash;
b) qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollarda, bank siriga rioya etgan holda tegishli davlat organlari bilan bank depozitorlari hisobvaraqlari va depozitorlar turi bo‘yicha elektron ma’lumotlar almashish;
v) banklararo elektron to‘lovlarning aniq bajarilishini ta’minlash;
g) banklarning so‘rovlariga javob berish;
d) banklarning ma’lumotlariga muvofiq axborotlar bazasini tezkor o‘zgartirib borish;
e) so‘ralgan axborotlarni tezkor izlash;
j) axborotlar bazasi arxivini tashkil etish va uni belgilangan muddatda saqlash;
z) tizimning faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha elektron bayonnomasini yuritish;
i) qabul qilingan, jo‘natilayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan axborotlar muhofazasini ta’minlash;
k) favqulodda holatlar yuz berganda banklarni o‘z mijozlari va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlash;
l) qonunda ko‘zda tutilgan hollarda tegishli davlat organlarining yozma so‘rovlariga asosan BDMABda ro‘yxatga olingan depozitorlar va ularning bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
3 §. BDMABning tarkibiy tuzilishi
18. BDMAB bank mijozlarining haqqoniy ma’lumotlarini saqlaydi va quyidagi tarkibdagi ma’lumotlar bilan shakllanadi:
a) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
b) mijozning nomi;
v) mijoz maqomi;
g) mijoz turi;
d) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami;
e) ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi;
j) ro‘yxatga olgan tashkilot nomi;
z) tashkiliy-huquqiy shakli kodi;
i) mulkchilik shakli kodi;
k) manzil kodi;
l) yuridik shaxs kodi;
m) tarmoq kodi;
n) rezidentlik belgisi (rezident yoki norezident);
o) mijozning mamlakat kodi;
p) mijozning xos raqami;
r) bosh korxonaning STIRi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
s) bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
t) bosh korxonaning nomi (alohida yuridik shaxs sifatidagi filiallar va vakolatxonalar uchun);
u) mijozga bank hisobvarag‘i ochgan bank kodi;
f) mijozning hisobvarag‘i.
4 §. BDMAB ga(dan) jo‘natiladigan so‘rov (javob) turlari
19. BDMAB banklarga quyidagi so‘rov turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi:
i) mijozlarning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish (8-so‘rov turi);
k) mijozning xos raqami faolligini tugatish (9-so‘rov turi).
0-so‘rov turi. “Mijozni identifikatsiyalash”
20. 0-so‘rov turi BDMABda mijozni STIRi orqali aniqlash uchun belgilangan. Bu so‘rov mijozga xos raqam berishdan oldin va unga hisobvaraq ochilayotganda shakllantiriladi hamda mijozni oldin boshqa biror bir bank filialida bank hisobvarag‘i ochgan yoki ochmaganligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
21. Mijoz oldin xos raqam olgan bo‘lsa, unda BDMABdan mijoz haqidagi haqqoniy ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda javob qaytariladi. Bank xodimi BDMABdan olingan ma’lumotni mijoz haqidagi ma’lumot bilan taqqoslaydi, ular mos kelgan holda, 2-so‘rov turi yordamida mijozga hisobvaraqlar ochadi.
0-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 1-ilovada keltirilgan.
1-so‘rov turi. “Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish”
22. 1-so‘rov turi bank mijozlariga milliy valyutada dastlabki asosiy depozit hisobvarag‘i ochishda ularga BDMABda xos raqam berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu so‘rov faqat mijoz oldin BDMABdan xos raqam olmagan bo‘lsagina shakllantiriladi.
23. Agarda filiallar (vakolatxonalar) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lsa, BDMABga 1-so‘rov turini shakllantirishda bosh korxonaning nomi, xos raqami va STIRi ko‘rsatilishi shart. Qolgan hollarda filiallar (vakolatxonalar) uchun BDMABga 2-so‘rov turi shakllantiriladi va bosh korxonaning xos raqami va STIRi bilan hisobvaraq ochiladi.
1-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 2-ilovada keltirilgan.
2-so‘rov turi. “Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish”
24. 2-so‘rov turi bankda mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochishda qo‘llaniladi.
25. BDMABda mijozlarning mavjudligi tekshiriladi va so‘rovda ko‘rsatilgan balans hisobvarag‘i va valyuta kodi bo‘yicha ochilgan mijozning barcha hisobvaraqlari tahlil qilinadi hamda hisobvaraq shakllantirilib, javob faylida bankka qaytariladi.
26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilgan yoki vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq (ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ochilmaydi va bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi.
2-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 3-ilovada keltirilgan.
3-so‘rov turi. “Hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish”
27. 3-so‘rov turi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hujjatlarga asoslangan holda, mijozning hisobvarag‘i bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.
28. Mijozning barcha hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha so‘rov faqat asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank tomonidan shakllantiriladi.
29. Aniq bir hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish so‘rov turini shu hisobvaraqni ochgan bankning o‘zi shakllantirishi mumkin.
30. Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishga 3-so‘rov turida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
3-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 4-ilovada keltirilgan.
31. Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi o‘rniga — “VVV” uzatiladi.
32. Mijozning hamma valyutalar bo‘yicha barcha hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi o‘rniga — “VVV” va hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” beriladi.
33. BDMABning ma’lumotlar bazasida 3-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin, hisobvaraqlar vaziyatining “harakatda”gi maqomi “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomiga o‘zgaradi. BDMAB 3-so‘rov turini shakllantirgan bankka hisobvaraqlar va banklar ro‘yxatini tegishli javob bilan qaytaradi va hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari to‘xtatiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobvaraqlardan vaqtincha hisobdan chiqarish amallari to‘xtatilgan banklarga, quyidagilarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklar ma’lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi:
a) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi;
b) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatish uchun asos;
v) asos berilgan sana;
g) mijozning hisobvarag‘i;
d) hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana.
34. BDMABdan mijozning bank hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobvaraqdan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sanasi bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risida ma’lumot olingunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
4-so‘rov turi. “Hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatib turilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish”
35. 4-so‘rov turi bank tomonidan mijozning hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatilgan holatdan hisobdan chiqarishga ruxsat etilishida ya’ni harakatga keltirishda shakllantiriladi. Ushbu so‘rov turi faqat BDMABga 3-so‘rov turini jo‘natgan banklar tomonidan shakllantiriladi.
4-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 5-ilovada keltirilgan.
36. Mijozning aniq bir hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqni harakatga keltirishda, hamma ko‘rsatilgan rekvizitlar 4-so‘rov turiga kiritiladi.
37. Aniq bir balans hisobvarag‘i bo‘yicha mijozning barcha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirishda hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” kiritiladi. Agar mijozning barcha valyuta bo‘yicha ko‘rsatilgan hisobvaraqlarini harakatga keltirish zarur bo‘lsa, u holda valyuta kodi o‘rniga — “VVV” uzatiladi.
38. Mijozning barcha valyutalar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hamma hisobvaraqlarini harakatga keltirishda balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000”, valyuta kodi o‘rniga — “VVV”, hisobvaraqning tartib raqami o‘rniga uchta nol — “000” beriladi.
39. BDMABning ma’lumotlar bazasida 4-so‘rov turi qayta ishlangandan keyin hisobvaraqlar “vaqtincha to‘xtatilgan” maqomidan “harakatda”gi maqomiga almashtiriladi va bankka hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklar ro‘yxati bilan javob qaytariladi hamda hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlar harakatga keltiriladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqa bir bankning so‘rovi bo‘yicha hisobdan chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirilganligi to‘g‘risida banklarga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan javob fayllari (banklar ma’lumotlar bazasini yangilash uchun) jo‘natiladi:
a) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun so‘rovni jo‘natgan bank kodi;
b) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish uchun asos;
v) asos berilgan sana;
g) mijozning hisobvarag‘i;
d) hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan sana;
e) hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarning harakatga keltirilgan sanasi.
40. BDMABdan mijozning hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish to‘g‘risidagi xabar olinganda, hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan hisobvaraqlarni harakatga keltirish sanasi bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha hisobdan chiqarish amallarini bajarishga ruxsat etiladi.
41. 5-so‘rov turi faqat mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan bank tomonidan mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan birontasi o‘zgarganda shakllantiriladi.
42. BDMABda 5-so‘rov turi orqali mijozning barcha oldingi tarixiy tavsifnomalari saqlangan holda ma’lumotlari yangilanadi.
5-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 6-ilovada keltirilgan.
6-so‘rov turi. “Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka ko‘chirish”
43. 6-so‘rov turi mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka ko‘chirishda bank tomonidan shakllantiriladi.
44. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini xizmat ko‘rsatuvchi boshqa bankka ko‘chirilishida:
a) mijoz boshqa bankka o‘tayotganda bank mijozning arizasi va topshirig‘iga asosan, uning acosiy depozit hisobvarag‘idagi qoldiqni boshqa bankka mijozning arizasida ko‘rsatilgan bankda ochilgan 29801 — “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki hisobvarag‘iga o‘tkazadi va o‘zida asosiy depozit hisobvaraqni 6-so‘rov turi bilan shu kunning o‘zidayoq yopadi;
b) mijozni qabul qilayotgan bank o‘zida mijozning yopiladigan hisobvarag‘idagi qoldiqni qabul qilish uchun bankda 29801 — “Mijozlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisob-kitobi” ichki hisobvarag‘ini ochishi kerak. Qoldiqlar ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgandan keyin, keyingi ish kuni BDMABga mijozning xos raqami bo‘yicha unga asosiy depozit hisobvaraq ochish uchun 2-so‘rov turi jo‘natiladi. Bunda BDMABda so‘raladigan rekvizit bo‘yicha hisobvaraqning mavjudligi “ko‘chirilgan” belgi, ya’ni “1” belgi bilan tekshiriladi va ushbu rekvizit bo‘yicha nazorat kalitidan tashqari yangi hisobvaraq ochiladi;
v) BDMABga 6-so‘rov turi kelib tushganda hisobvaraq maqomi “aktiv”dan “boshqa bankka ko‘chirildi”ga o‘zgartiriladi. Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i bankdan bankka ko‘chirilganda ikkilamchi depozit hisobvaraqlar yopilmaydi va asosiy depozit hisobvaraqning tartib raqami saqlanib qolinadi.
6-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 7-ilovada keltirilgan.
45. BDMABdan javob fayli olinganda ushbu hisobvaraq bo‘yicha so‘rov jo‘natgan bankda hisobvaraqning ko‘chirilgan sanasi dasturiy ravishda bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va barcha amallar to‘xtatiladi.
7-so‘rov turi. “Mijozning hisobvarag‘ini yopish”
46. 7-so‘rov turi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun bank tomonidan shakllantiriladi.
47. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilayotgan bo‘lsa, qaysi valyutada bo‘lishidan qat’i nazar, mijozning barcha ikkilamchi hisobvaraqlari yopilishi kerak, aks holda, mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilmaydi.
48. 7-so‘rov turi olinganda BDMABda ko‘rsatilgan hisobvaraq maqomi “harakatdagi”dan “yopilgan”ga o‘zgaradi.
7-so‘rov va javob turi ko‘rsatkichlari ro‘yxati 8-ilovada keltirilgan.
8-so‘rov turi. “Mijozning boshqa banklarda ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish”
49. 8-so‘rov turi mijozning boshqa banklarda barcha valyuta kodlari bo‘yicha ochgan hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u ma’lumotlar olish uchun xizmat qiladi.
50. Mijozning depozit hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun so‘rov turini faqatgina mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bankning o‘zigina shakllantirishi mumkin.
51. Ssuda hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun 8-so‘rov turini shu mijozga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bank yuborishi mumkin.
8-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 9-ilovada keltirilgan.
52. Aniq bir balans hisobvarag‘i (talab qilib olinguncha depozit, ssuda va boshqa hisobvaraqlar) ro‘yxatini olish uchun so‘rovda shu balans hisobvaraq raqami ko‘rsatiladi.
53. Mijozlarning boshqa banklarda ochilgan barcha bank hisobvaraqlari ro‘yxatini olish uchun balans hisobvarag‘i o‘rniga beshta nol — “00000” beriladi.
54. So‘rov turi BDMABda tahlil qilinadi va so‘ralgan mijozning hisobvaraqlari bilan banklar kodini ko‘rsatgan holda bankka javob qaytariladi.
9-so‘rov turi. “Mijozning xos raqami faolligini tugatish”
55. 9-so‘rov turi bank tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tugatish vaqtida shakllantiriladi. Bunday hollarda, banklar tegishli hujjatga asoslangan holda, mijozining xos raqami faolligini to‘xtatadi va ushbu holat BDMABda qayd etiladi.
56. Bunda mijozning barcha hisobvaraqlari BDMABda quyidagi tartibda yopiladi:
a) mijozning asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank uning boshqa banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlari ro‘yxatini 8-so‘rov turi bilan olishi kerak;
b) mijozning xos raqami faolligining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi munosabati bilan banklarga mijozning ikkilamchi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi qoldiqlarini (agar bor bo‘lsa) asosiy depozit hisobvarag‘iga o‘tkazib yopishi to‘g‘risida asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank xabardor qilishi kerak.
v) mijozning depozit va boshqa hisobvaraqlarini yopish 7-so‘rov turi bilan amalga oshiriladi;
g) mijozning xos raqami faolligi 9-so‘rov turi bilan to‘xtatiladi.
9-so‘rov va javob turlari ko‘rsatkichlari ro‘yxati 10-ilovada keltirilgan.
57. Mijozning xos raqami faolligini to‘xtatishda, uning barcha haqqoniy ma’lumotlari dasturiy ravishda BDMABning ma’lumotlar bazasidan elektron arxiv bazasiga o‘tkaziladi.
1-ILOVA
Mijozni identifikatsiyalash
0-so‘rov turi
T/r
Ko‘rsatkichlar
So‘rov
Javob
1.
Bajarilish belgisi
-
+
2.
Mijoz maqomi
+
+
3.
Mijozning nomi
-
+
4.
Mijoz turi
-
+
5.
Rezidentlik belgisi
-
+
6.
Mamlakat kodi
-
+
7.
Ro‘yxatga olgan tashkilot nomi
-
+
8.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami
-
+
9.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi
-
+
10.
Tashkiliy-huquqiy shakl kodi
-
-+
11.
Mulkchilik shakli kodi
-
-+
12.
Manzil kodi
-
-+
13.
Yuridik shaxs kodi
-
-+
14.
Tarmoq kodi
-
-+
15.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
+
+
16.
Mijozning BDMABdagi xos raqami
-
+
17.
Hisob varaq ochilgan sana
-
+
18.
Mijozga hisobvaraq ochgan bank kodi
-
+
19.
Bosh korxonaning nomi
-
-+
20.
Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami
-
-+
21.
Bosh korxonaning STIRi
-
-+
Izoh: 7, 8, 9-ko‘rsatkichlarida so‘ralgan ma’lumotlar turidan budjet tashkilotlari mustasno.
Nizom jadvalidagi “+” va “-” ishoralar quyidagi ma’noni bildiradi:
“+” — so‘rov (javob) tarkibiga kiradi;
“-” — so‘rov (javob) tarkibiga kirmaydi;
“_+” — so‘rov tarkibiga kirishi yoki kirmasligi mumkin.
2-ILOVA
Mijozlarga xos raqam berish va asosiy depozit hisobvaraq ochish
1-so‘rov turi
T/r
Ko‘rsatkichlar
So‘rov
Javob
1.
Bajarilish belgisi
-
+
2.
Mijoz maqomi
+
+
3.
Mijozning nomi
+
+
4.
Mijoz turi
+
+
5.
Rezidentlik belgisi
+
+
6.
Mamlakat kodi
+
+
7.
Ro‘yxatga olgan tashkilot nomi
-+
-+
8.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami
-+
-+
9.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi
-+
-+
10.
Tashkiliy-huquqiy shakl kodi
-+
-+
11.
Mulkchilik shakli kodi
-+
-+
12.
Manzil kodi
-+
-+
13.
Yuridik shaxs kodi
-+
-+
14.
Tarmoq kodi
-+
-+
15.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
+
+
16.
Mijozning BDMABdagi xos raqami
-
+
17.
Balans Hisobvarag‘i
+
+
18.
Valyuta kodi
+
+
19.
Mijozning hisobvarag‘i
-
+
20.
Hisobvaraq ochilgan sana
-
+
21.
Hisobvaraqning tartib raqami
-+
+
22
Bosh korxonaning nomi
-
+
23
Bosh korxonaning BDMABdagi xos raqami
-+
+
24
Bosh korxonaning STIRi
-+
+
Izoh: Agar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mijoz bosh korxonaga ega bo‘lmasa, u holda 22, 23, 24, — ko‘rsatkichlar ko‘rsatilmaydi va ularning o‘rniga “0” — nol uzatiladi, hamda so‘rov turining, 10, 11, 12, 13, 14- ko‘rsatkichlarida so‘ralgan ma’lumotlarni yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari uchun uzatilmaydi.
3-ILOVA
Mijozlarga ularning xos raqami bilan hisobvaraqlar ochish
2-so‘rov turi
T/r
Ko‘rsatkichlar
So‘rov
Javob
1.
Bajarilish belgisi
-
+
2.
Mijozning nomi
-
+
3.
Mijoz turi
-
+
4.
Rezidentlik belgisi
-
+
5.
Mamlakat kodi
-
+
6.
Ro‘yxatga olgan tashkilot nomi
-
+
7.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma raqami
-
+
8.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan guvohnoma sanasi
-
+
9.
Tashkiliy-huquqiy shakl kodi
-
+
10.
Mulkchilik shakli kodi
-
+
11.
Manzil kodi
-
+
12.
Yuridik shaxs kodi
-
+
13.
Tarmoq kodi
-
+
14.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
-
+
15.
Mijozning BDMABdagi xos raqami
+
+
16.
Balans Hisobvarag‘i
+
+
17.
Valyuta kodi
+
+
18.
Mijozning hisobvarag‘i
-
+
19.
Hisobvaraq ochilgan sana
-
+
20.
Hisobvaraqning tartib raqami
+
+
21.
Bosh korxonaning nomi
-
+
22
Bosh korxonaning BDMABdagi xos raєami
-+
+
23
Bosh korxonaning STIRi
-+
+
24
Hisobvaraq ochish belgisi
+
+
Izoh: Hisobvaraq ochilishi belgisi quyidagi ma’noni bildiradi: