O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasiga berilgan hamda uning tarkibida yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarori bilan Tarix instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) tarkibiga o‘tkazilganligi, shuningdek V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yadro fizikasi instituti, U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Y. G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (keyingi o‘rinlarda yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar deb ataladi) yangidan tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Quyidagilar:
arxeologik va etnologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik jihatlarini ishlab chiqish, XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshi O‘zbekiston tarixini tizimli o‘rganishni tashkil etish, xolisona yondashuv asosida o‘zbek xalqining davlatchiligi tarixi bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish, o‘tmishning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, jahonning sivilizatsion rivojlanishi bilan bog‘liqlikda O‘zbekistonning yangi va eng yangi tarixi bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama va chuqur tadqiq etish — Fanlar akademiyasi Tarix institutining;
matematika fanlari: algebra va funksional analiz, differensial tenglama va matematik fizika, dinamik tizimlar nazariyasi, geometriya va topologiya, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, amaliy matematika va matematik modellashtirish matematika fanlarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida ilmiy tadqiqotlar olib borish — Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining;
yadro fizikasi, elementar zarralar va amaliy yadro fizikasi, qattiq jism radiatsion fizikasi va nanomateriallar fizikasi, yadro analitikasi va radiokimyo, ilmiy priborsozlik va amaliy elektronikaning istiqbolli yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borish — Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining;
elektronika, fotonika, molekulyar fizika va issiqlik fizikasi, yarim o‘tkazgichlar va yangi materiallar texnologiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, zamonaviy jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda original ion-plazma, lazer texnologiyalarini ishlab chiqish — Fanlar akademiyasining U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
tabiiy va sintetik polimerlar, nanokompazitsion materiallar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, nanokimyo, nanofizika, yuqori molekulyar birikmalar nanotexnologiyalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish, polimer asosida uchinchi avlod energiyaning muqobil manbalarini yaratish, mahalliy polimer preparatlar, materiallar va texnologiyalarni yaratish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etish — Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining;
sharq tillaridagi qadimgi va o‘rta asrlar sharq qo‘lyozmalari va tarixiy hujjatlarni saqlash, tizimlashtirish, restavratsiya qilish, raqamlashni ta’minlash, O‘zbekistonda saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalarning elektron bazasini yaratish va joriy etish, ular chuqur o‘rganilishini va ilmiy tavsiflari tuzilishini tashkil etish — Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zbek tili, adabiyoti va folklorlarining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini tadqiq etish, o‘zbek tilining bazaviy akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, o‘zbek tilining fonetik tizimi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy rivojlanishi tamoyillarini, shuningdek zamonaviy til va adabiy jarayonlar qonunlarini, milliy-adabiy an’analarning til va adabiyotning hozirgi holatiga ta’siri masalalarini tadqiq etish, tillar va adabiyotlarning o‘zaro aloqasi bilan bog‘liqlikda o‘zbek tili va adabiyotining o‘ziga xosligini o‘rganish — Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-noyabrdagi 891-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tarix instituti, V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yadro fizikasi instituti, U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Y. G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining tuzilmalari 1 — 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fanlar akademiyasi prezidentiga, zaruriyat bo‘lganda, ilmiy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga xodimlarning umumiy belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyini, shuningdek noyob ilmiy obyekt sifatida yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlarning alohida bo‘linmalarini joriy saqlab turish uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablag‘lari;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan tushumlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
5. Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlarning ustavlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini va ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangidan tashkil etilgan ilmiy tashkilotlarni yuqori malakali ilmiy kadrlar va istiqbolli yosh mutaxassislar bilan butlashni ta’minlasin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda yangidan tashkil etilgan ilmiy muassasalarning ilmiy tadqiqotlari mavzularini, ularning zamonaviy talablarga va jahon ilmiy yutuqlari darajasiga muvofiqligini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ilm-fanni ko‘plab talab etadigan texnologiyalarga real ehtiyojidan kelib chiqib va amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni hisobga olib tanqidiy tahlil qilsin va qayta ko‘rib chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika ilmiy tashkilotlarning yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligining Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutining VVR-SM tadqiqotchilik yadro reaktori faoliyat ko‘rsatishini davom ettirishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarning ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi 12-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha binolar va inshootlarni operativ boshqarish huquqi bilan belgilangan tartibda bersin, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi esa qabul qilib olsin.
* 12-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
9. Bepul foydalanish huquqi bilan:
Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Fanlar akademiyasining Tarix instituti Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 5-uy manzilida;
Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti Toshkent shahri, A.Qodiriy ko‘chasi, 7b-uy manzilida joylashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fan va texnologiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining tugatilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-texnik loyihalari, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulkini, shu jumladan avtotransport vositalari va yoqilg‘i-moylash materiallari limitlarini bir oy muddatda to‘liq xatlovdan o‘tkazsinlar, ularni Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalariga bersinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 13-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-may,
292-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi PQ-4526-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining U.A. Orifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 84-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institutining
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari hajmiga qarab 60 nafargachani, shu jumladan ilmiy xodimlar 51 nafargachani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlariga muvofiq normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida qo‘shimcha jalb etilishi mumkin.
(9-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 09/20/139/0283-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
10-ILOVA
10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292- son qaroriga
11-ILOVA
11-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
(11-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) Ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini boshqarish, shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Jamg‘arma Fanlar akademiyasida yuridik shaxs tashkil etmasdan tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi hamda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarning ilmiy tadqiqotlarda salmoqli natijalarga erishgan ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mehnatini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2-bob. Jamg‘armani boshqarish
3. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Fanlar akademiyasining Prezidiumi tomonidan amalga oshiriladi. Quyidagilar Fanlar akademiyasi Prezidiumining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamg‘armaning kelgusi yilga daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlash;
yil choragi yakunlari bo‘yicha Jamg‘arma daromadlari va mablag‘lari xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Jamg‘armaga xorijiy grantlarni jalb etish;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
4. Jamg‘arma mablag‘lariga joriy xizmat ko‘rsatish, shuningdek ularning hisobi va hisobotini yuritish Fanlar akademiyasining moliya-iqtisodiyot bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish tartibi
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarning xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan manbalardan Jamg‘armaga ajratmalar Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan har yili 25-dekabrgacha tasdiqlanadi.
8. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qo‘yilmaydi va keyingi yilda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarda foydalaniladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi
9. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarorlari asosida hamda tegishli yilga daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Fanlar akademiyasi Prezidiumining ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish shartlarida yig‘ilishda ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qaror Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qonuniy hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lganda, Fanlar akademiyasi prezidentining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Jamg‘arma mablag‘lari Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalariga erishgan ilmiy xodimlarini ularning bazaviy maoshlariga shaxsiy ustamalar belgilash va (yoki) bir yo‘la mukofotlash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
12. Quyidagilar:
ilmiy tadqiqotlar sohasida yuqori darajadagi yangi natijalarga erishgan (yangi nazariyalar, qonuniyatlar, hodisalar, samaralar, tadqiqot usullari, yangi natijalarni nufuzli, iqtiboslar ko‘p olinadigan ilmiy jurnallarda e’lon qilish, monografiyalar, darsliklar va shu kabilarni nashr etish);
Oldingi tahrirga qarang.
Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarda bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishga dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilgan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
yangi amaliy muhim natijalarga erishgan;
iqtisodiyot tarmoqlariga va ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqotlarning yangi amaliy muhim natijalarini (yangi materiallar, texnologiyalar, priborlar, mashinalar, qurilmalar va shu kabilarni) joriy etgan;
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan, litsenziyalash va amaliy qo‘llash uchun istiqbolli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi patentlari va xalqaro patentlarni olgan ilmiy xodimlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moddiy rag‘batlantiriladi.
13. Ilmiy tadqiqotlarda salmoqli natijalarga erishgan ilmiy xodimlarga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mezonlarga bog‘liq ravishda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Shaxsiy ustamaning aniq miqdori Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan 3 oygacha bo‘lgan muddatga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy xodimlariga Jamg‘arma mablag‘laridan bir yo‘la mukofotlar to‘lash ular tomonidan yarim yilda va bir yilda olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari yakunlari bo‘yicha bazaviy lavozim maoshining ikki baravari miqdorida to‘lanadi. Mukofotning aniq miqdori ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mezonlarga bog‘liq ravishda Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
15. Shaxsiy ustamalar va bir yo‘la to‘lanadigan mukofotlar ilmiy xodimlar uchun Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori asosida Fanlar akademiyasi prezidentining buyrug‘i bilan belgilanadi.
16. Ilmiy xodimlarga belgilanadigan shaxsiy ustamalar va bir yo‘la to‘lanadigan mukofotning umumiy hajmi bir yilda tegishli ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshining to‘rt baravaridan ortiq miqdorda bo‘lmasligi kerak.
17. Jamg‘arma mablag‘laridan, zarurat bo‘lganda, ilmiy xodimlarga bir yilda bitta bazaviy lavozim maoshi miqdorida bir yo‘la moddiy yordam berish uchun ham foydalanilishi mumkin.
5-bob. Nazorat, hisob va hisobot
18. Jamg‘arma mablag‘lari shakllantirilishi va undan maqsadli foydalanilishi, shuningdek Jamg‘arma hisobidan bir yo‘la mukofotlar to‘lanishini belgilashning xolisligi va to‘g‘riligi uchun Fanlar akademiyasi prezidenti javob beradi.
19. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
13-ILOVA
13-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi 152-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 20-son, 222-modda):
“Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor — O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti direktori” bloki “Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor” bloki bilan almashtirilsin;
“O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti” va O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi” bloklari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son;
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 371-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/891/0216-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son; 11.03.2020-y., 09/20/139/0283-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 09.03.2022-y., 09/22/102/0190; 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son; 13.02.2024-y., 09/24/84/0118-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)