Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.01.2019
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2439-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda) bilan tasdiqlangan Soliq hisobotining shakllariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2016-yil uchun soliq hisoboti 2016-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-fevral,
16-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-fevral,
2017-07-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qaroriga
ILOVA
Soliq hisobotining shakllariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
a) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobida:
110-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda [(010-satr — 011-satr — 012-satr — 013-satr — 014-satr — 015-satr + 020-satr + 030-satr + 040-satr + 080-satr — 090-satr — 100-satr) + (Hisob-kitobning 8-ilovasining 030-satri + 040-satri + 150-satri)]”;
220-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisobot davri uchun hisoblangan summasi, jami ((180-satr — 190-satr — 200-satr + 210-satr) yoki Hisob-kitobning 11-ilovasi 110-satri), shu jumladan:”;
220-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 221 va 222-satrlar bilan to‘ldirilsin:

soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha
(220-satr — 222-satr)

221

alohida bo‘linmalar joylashgan joyi bo‘yicha
(Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summalarini hisob-kitobidan kelib chiqib)

222

”;

230-satr chiqarib tashlansin;
240-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sof foyda (010-satr — 220-satr)”;
250-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasi [(240-satr — 011-satr — 012-satr — 013-satr — 014-satr — 090-satr — 015-satr — Hisob-kitobning 6-ilovasi 034-satri) + (Hisob-kitobning 8-ilovasi 030-satri + 040-satri + 150-satri)]”;
290-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisobot davri uchun hisoblangan summasi, jami (270-satr — 280-satr), shu jumladan:”;
quyidagi mazmundagi 291 va 292-satrlar bilan to‘ldirilsin:

soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha
(290-satr — 292-satr)

291

alohida bo‘linmalar joylashgan joyi bo‘yicha
(Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summalarini hisob-kitobidan kelib chiqib)

292

”;

300-satr chiqarib tashlansin.
izoh quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
“5. Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i summalarini hisob-kitobining ko‘chirma nusxalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi.”;
8-ilova:
010-satrning “Boshqa daromadlar ro‘yxati” ustunidagi “140” raqami “160” raqami bilan almashtirilsin;
140-satrning “Boshqa daromadlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foizlar”;
quyidagi mazmundagi 150 va 160-satrlar bilan to‘ldirilsin:

royalti

150

tovarlarni (ishlar xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar

160

”;

b) “Norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadini yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan (to‘liq yoki qisman) ozod qilish to‘g‘risida ariza” va “Norezidentning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadidan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini qaytarish to‘g‘risida ariza” chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovaning Hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda (yil boshidan o‘sib boruvchi yakun bilan to‘ldiriladi):
“Yuridik shaxsning joylashgan yeri” degan so‘zlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida bo‘linmaning joylashgan yeri)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan so‘zlar “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi / yuridik shaxsning alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi davlat soliq xizmati organi)”;
izoh quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4. Qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxs Ma’lumotlarni soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etishda ularda yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rsatmaydi. Bunda mazkur yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etiladigan Ma’lumotlarga uning alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha taqdim etiladigan Ma’lumotlar ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.”.
a) Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida:
050-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjetga to‘lanadigan (kamaytiriladigan) lozim bo‘lgan QQS summasi, jami (040-satr — 030-satr — 060-satr),shu jumladan:”;
050-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 0501 va 0502-satrlar bilan to‘ldirilsin:

soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha
(050-satr — 0502-satr)

0501

alohida bo‘linmalar joylashgan joyi bo‘yicha
(Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob-kitobidan kelib chiqib)*

0502

”;

quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“*Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob-kitobining ko‘chirma nusxalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi.”;
b) Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibida:
21-bandda “XXTUT bo‘yicha tarmoq kodi” degan so‘zlar “IFUT kodi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hisobvaraq-fakturalarning namunaviy shakllarida “XXTUT bo‘yicha kod _______” degan so‘zlar “IFUT bo‘yicha kod _______” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 4-ilovaning Aksiz solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotlarda:
“Yuridik shaxsning joylashgan yeri” degan so‘zlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida bo‘linmaning joylashgan yeri)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan so‘zlar “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi (alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi) davlat soliq xizmati organi)”.
a) Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotlarda:
“Yuridik shaxsning joylashgan yeri (jismoniy shaxsning yashash joyi)” degan so‘zlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida bo‘linmaning joylashgan yeri, jismoniy shaxsning yashash joyi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan so‘zlar “(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi / alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi davlat soliq xizmati organi)”;
b) Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxs Hisob-kitobni soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etishda ularda alohida bo‘linma bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rsatmaydi. Bunda mazkur yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha taqdim etiladigan Hisob-kitobga uning alohida bo‘linma joylashgan yeri bo‘yicha taqdim etiladigan Hisob-kitoblar ko‘chirma nusxalarini ilova qiladi.”.
a) ______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) ma’lumotnomaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq ozod bo‘lish ko‘rinishida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lsa, 010, 040, 070 va 110-satrlarda “0” qo‘yiladi.”;
b) ______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun) ma’lumotnomaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq ozod bo‘lish ko‘rinishida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lsa, 010, 040, 070 va 110-satrlarda “0” qo‘yiladi.”;
v) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchisi to‘g‘risida

‎‎ma’lumotlardan “XXTUT kodi‎

” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

7. 8-ilovaning Yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumotlardan:

“XXTUT kodi

” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOB (chakana savdo tashkilotlari tomonidan to‘ldiriladi) chiqarib tashlansin;
______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOB (umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan to‘ldiriladi) chiqarib tashlansin;
______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOB (qurilish tashkilotlari tomonidan to‘ldiriladi) chiqarib tashlansin.
a) Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risida xabarnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. IFUT

”;

b) Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tish yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida xabarnomaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. IFUT

”;

v) Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish to‘g‘risida arizaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. IFUT

”;

g) Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida:
025-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustunida “Tovarlarni” degan so‘zdan keyin “(ishlarni, xizmatlarni)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi 190 va 200-satrlar bilan to‘ldirilsin:

Soliq bo‘yicha hisobga olish joyi bo‘yicha hisobot davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yagona soliq to‘lovi summasi (180-satr — 200-satr)

190

x

x

x

x

x

x

Alohida bo‘linmalar joylashgan joyi bo‘yicha hisobot davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yagona soliq to‘lovi summasi (Alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan yagona soliq to‘lovi hisob-kitobidan kelib chiqib)

200

x

x

x

x

x

x

”;

izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga tekinga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) berishdan olingan zararlar bundan mustasno. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.”.
a) Yagona yer solig‘i to‘lovchi to‘g‘risida ma’lumotdan

“XXTUT kodi

degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) Joriy soliq davrining 1-yanvaridagi holat bo‘yicha yagona yer solig‘i hisob-kitobi 017-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 018 va 019-satrlar bilan to‘ldirilsin:

Issiqxonalar

018

x

Baliqchilik hovuzlari

019

x

”;

v) Soliq solish tartibini qo‘llash to‘g‘risida xabarnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. IFUT

”.

11. 17-ilovada Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar hisob-kitobi izohining 2-bandidan “va eng kam ish haqining miqdori” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 178-modda)