|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2497-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2497-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 4-may,
138-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan “Korxonalar va uyda mahsulot ishlab chiqarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan fuqarolar o‘rtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiya to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha” so‘zlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yengil sanoat mahsulotlarining yarmarka savdosini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 28-yanvardagi 25-son qaroriga ilovadagi “iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish” so‘zlari “iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 317-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 314-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 25-avgustdagi PQ-451-son qarori)” 2006-yil 7-noyabrdagi 231-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 446-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 18-son, 198-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1009/0455-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)