|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
FERMERLARNI, XUSUSIY TADBIRKORLARNI HAMDA KICHIK BIZNES BOSHQA SUBYEKTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORa-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va uning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, uni iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligining muhim omiliga aylantirish, shuningdek Toshkent viloyati misolida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangi shakllarini sinab ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
1. Quyidagilar:
Toshkent viloyatining o‘z faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar kompleksi ilovaga* muvofiq;
* Ilova berilmaydi.
tijorat banklarining tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda kredit berish uchun maxsus kredit jamg‘armasi tashkil etish bo‘yicha tashabbusi ma’qullansin.
Toshkent viloyati hokimligi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklar uyushmasi, tijorat banklari va boshqa bozorga oid tuzilmalar bilan birgalikda Toshkent viloyati tadbirkorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir ma’qullangan chora-tadbirlar kompleksining belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, “Paxta-bank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2000-yil 1-iyulgacha Toshkent viloyatining kamida 100 fermer xo‘jaligiga 10 ming AQSh dollariga teng miqdorgacha xorijiy valyutada yoki milliy valyutada mikrokreditlar ajratilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi, tijorat banklari fermer xo‘jaliklariga, xususiy tadbirkorlarga hamda kichik biznesning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlar berishning soddalashtirilgan tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va amaliyotga kiritsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ular tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi va ko‘rsatib o‘tilgan subyektlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan vakolatli banklarda valyuta hisob raqamlari ochish uchun asos hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34— O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta hisob raqamlari ochilgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi axborot, oyning 5-kunidan kechikmay, har oyda vakolatli banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34— O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli banklar bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni taqdim etish shaklini bir hafta muddatda belgilasin.
5. Ushbu qaror bilan ma’qullangan chora-tadbirlar kompleksining bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgarlik Toshkent viloyati hokimi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi zimmasiga yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-mart,
75-son