Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida” (yangi tahriri) va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari O‘.Q. Ismoilov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-iyun,
276-son
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/542/0860-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 39-son, 450-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 335-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosa o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-sentabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini import qilish yuzasidan kontraktlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi I bo‘limining yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi 244-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda) (6-band
11. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2.‎

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday o‘zgarishlar kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi.‎ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (16-modda, 2-qism);‎
v) 4-bandda kafolatlar va imtiyozlar mazmuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
— “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari bo‘lgan korxonalar faoliyatini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining davlat nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Palata va uning hududiy tuzilmalari vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin”;
g) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11.‎ Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.‎ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (17-modda, 2-qism)”.‎
12. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish tartibida (3-ilova):
a) IV bo‘limning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer uchastkasi ijara shartnomasini o‘zgartirish va uni bekor qilish”;
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlar kelisholmagan taqdirda esa sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”;
birinchi—o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi—o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 30-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) Tartibga ilovada:
9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mazkur Shartnoma shartlari Ijarachi tomonidan buzilgan taqdirda belgilangan tartibda Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilishni talab qilish”;
V bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer uchastkasi ijara shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish”;
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mazkur Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlar kelisholmagan taqdirda esa sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”;
birinchi—o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi—o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-avgustdagi 338-son qarori bilan tasdiqlangan ho‘l meva-sabzavot mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqish tartibining 3-bandi “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 15-16-son, 106-modda; 2004-y., 29-son, 335-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 2012-y., 39-son, 450-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son, 29.09.2022-y., 09/22/542/0860-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)