Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2654]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2022-yil 28-yanvardagi 37-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2654-3, 03.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-fevral,
19-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oliy harbiy taʼlim muassasalariga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi instituti kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda —Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
harbiy-professional yoʻnalish;
dastlabki tanlash;
harbiy-professional tanlash;
test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirgan fuqarolar bilan oʻqishni tamomlaganidan keyin taqsimot boʻyicha besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida yoki boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga qabul qilinmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bosh boshqarma, boshqarma, birlashma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (bundan buyon matnda IIV-IIBB-IIB deb yuritiladi) ishchi guruhlari va oliy harbiy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda IIV deb yuritiladi) Kadrlar bosh boshqarmasida ishchi guruh tuziladi.
IIV-IIBB-IIBning ishchi guruhlari IIV-IIBB-IIB boshliqlarining buyrugʻi bilan uning tegishli oʻrinbosari rahbarligida tuziladi. Bunda IIV-IIBB-IIB Kadrlar boshqarmalari boshligʻining oʻrinbosari va psixologlari, Oʻz xavfsizligi boshqarmasi (boʻlim) boshligʻi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi (boʻlim) boshligʻi hamda harbiy-tibbiy komissiya raisi ishchi guruh tarkibiga kiritilishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
6. Ishchi guruhlarni tuzish boʻyicha buyruqlarda ularning vazifalari aniq koʻrsatilishi shart.
7. Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini qabul yilidan oldingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kunidan keyingi yilning sentyabr oyi birinchi ish kuniga qadar amalga oshiradi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyalari deb yuritiladi) tuziladi va ularning tarkibi tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
9. Qabul komissiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyalari tarkibiga IIVning tegishli sohaviy xizmat xodimlari kiritiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Qabul komissiyalari qabul yilining 1-fevral kunidan 31-avgust kuniga qadar faoliyat yuritadi.
10. Qabul komissiyasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi instituti boshligʻi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi raisi — oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruq qabul qiladi.
11. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya;
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirishni xohlagan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi ichki ishlar organiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan IIV-IIBB-IIB ishchi guruhiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
ariza (bildirgi);
pasport (asli va nusxasi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (asli va nusxasi). Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma almashtirilgan yoxud familiya, ism, ota ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi;
yaqin qarindoshlarining pasporti, tugʻilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi, nikohdan ajralganlik haqida guvohnomasi, vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasi va nogironlik guvohnomasi (asli va nusxalari);
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (yashash joyidan berilgan maʼlumotnomada nomzodning oila aʼzolari koʻrsatiladi);
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
mehnat daftarchasi (asli va nusxasi), agar mavjud boʻlsa;
ota-onasining oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishiga rozilik xati.
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qoʻshimcha ravishda zarur hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan soʻrab olinishi mumkin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 14-bandi ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
16. Tegishli shakl boʻyicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi instituti Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun masʼuldir. Bunda tegishli ichki ishlar organi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi instituti boshligʻi vazifalarni, ularni bajarish muddatlari va masʼul ijrochilarini koʻrsatgan holda tegishli qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
2-bob. Dastlabki tanlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
18. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
yakka tartibda suhbatlashish;
individual-psixologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
19. Dastlabki tanlash tadbirlari IIV-IIBB-IIBlar ishchi guruhlari tomonidan 15-noyabrdan 1-aprel kuniga qadar oʻtkaziladi.
20. Dastlabki tanlash:
fuqaro yoshlar uchun — yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida;
harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari uchun — xizmat qilish joyidagi harbiy qismlarda (muassasalarda), tegishli ichki ishlar organlarida oʻtkaziladi.
21. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
22. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
23. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro yoshlar bilan — IIV-IIBB-IIB boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlar bilan — harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari, tegishli IIV-IIBB-IIB boshliqlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
24. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
25. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga kirish uchun tavsiya etiladi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
26. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
27. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganish oʻtkazilgandan keyin 15 kun ichida IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi raisi belgilagan muddatda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
28. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan oldin ular sogʻligʻining holati toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasini, harbiy xizmatchilar va xodimlar esa, oʻzlariga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasini taqdim etadi.
29. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi. Bunda nomzodning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari toʻxtatiladi.
30. Umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga ular mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan zarur hujjatlarni toʻliq topshirganlaridan soʻng, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
31. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq IIV-IIBB-IIBlarda maxsus tashkil etiladigan tibbiyot komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
32. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻiga koʻra nomzodning oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
33. Sogʻligʻining holatiga koʻra oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlash tadbirlariga qoʻyilmaydi.
34. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlarni oʻqishga yuborish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikiladi.
35. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari IIV-IIBB-IIBlar tomonidan qabul yilining 20-may kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga yuboriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
3-bob. Nomzodlar bilan harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish
36. IIV Kadrlar bosh boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan har yili 1-iyunga qadar oliy harbiy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari bilan kelishilgan holda harbiy professional-tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, tegishli ichki ishlar organlari va muassasalariga yuboriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
37. IIV-IIBB-IIB ishchi guruhlari reja-jadvalga muvofiq nomzodlarni harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari bilan tanishtiradi, ularning belgilangan muddatlarda tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga hujjatlari toʻliq holda yetib kelishlarini taʼminlaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
38. Harbiy-professional tanlash tadbirlari 25-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida oʻtkaziladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
39. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
hujjatlarni oʻrganish;
psixofiziologik oʻrganish;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
yozma ish (diktant);
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
40. Harbiy professional-tanlash tadbirlarini oʻtkazish davomida nomzodlar turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanmaydi.
41. Qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish kichik komissiyasi hujjatlarni oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini roʻyxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
42. Psixofiziologik oʻrganish mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga IIVning sohaviy xizmatlarida faoliyat yuritayotgan psixolog xodimlar jalb qilinishi mumkin.
43. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
44. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
45. Sogʻligʻining holatiga koʻra oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
46. Yozma ish nomzodga diktant yozdirish orqali qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi. Bunda yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar yoki oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
47. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 11-ilovasida keltirilgan metodika asosida psixofiziologik oʻrganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari hisobga olingan holda oʻtkaziladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasida maksimal ball (5 ball) olgan taqdirda ham psixofiziologik oʻrganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalarini qoʻshib hisoblaganda, oʻrtacha arifmetik hisobda kamida 3 ball toʻplash imkoniyatiga ega boʻlmagan nomzodlar, oʻz xohishlariga koʻra, yakka tartibdagi yakuniy suhbatga kirmasligi mumkin.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 24-avgustdagi 125-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2654-1, 29.08.2016-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 412-modda)
49. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 25-iyuniga qadar kollegial prinsip boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
50. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
51. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq oʻtkaziladi.
52. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod test sinovlari oʻrniga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan oʻtkazilgan imtihon mazkur Nizomning 12-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga qabul qilish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
53. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
54. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi 10-iyulda nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi protokolni rasmiylashtiradi. Mazkur protokol nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
55. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlariga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
56. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq koʻrib chiqiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
57. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
58. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli IIV-IIBB-IIBga qaytarib yuboriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
59. Nomzodni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida saqlanadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Men, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirishga nomzod, ___________________________________ ushbu institutga oʻqishga qabul qilinsam
(F.I.O.)
va oʻqishni tamomlagandan soʻng men bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligim sababli, zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki sodir etgan jinoyatim uchun ozodlikdan mahrum etilsam moddiy masʼulligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi, farzandimiz ____________________________________________________________
ushbu institutga oʻqishga qabul qilinsa va oʻqishni tamomlagandan soʻng u bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilsa moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
__________________________________ga (ichki ishlar organi boshligʻining F.I.O.) __________________________________da (nomzodning yashash joyi) yashovchi__________________________ dan (nomzodning F.I.O.)
oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi va moddiy taʼminoti bilan tanishtirildim. Test sinovlarini ________________________ tilida topshiraman.
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ___________________________ tilida topshiraman.
Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan erda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman. Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, belgilangan muddatda boshliqlarimga va kadrlar boshqarmasiga yozma ravishda xabar beraman.
_________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_______________________________________ga (ichki ishlar organi boshligʻining unvoni va F.I.O.)
oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Test sinovlarini ___________________________ tilida topshiraman.
(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________________________ tilida topshiraman.
_________
_______________________________
(imzo)
(lavozimi, unvoni va F.I.O.)
20___ yil “____” _____________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Yakka tartibdagi suhbat VARAQASI
Nomzodning F.I.O.: _______________________________________________________ Nomzodning oilaviy ahvoli: ________________________________________________ Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati:_________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari:____________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________. Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi: _______________________ Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi: ______________________________ Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: ______________________________________ ________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirildi.
____________________________________
__________
(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxsning unvoni, lavozimi va F.I.O.)
(imzo)
20___ yil “____” _____________
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Individual-psixologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun IIV ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqiladi hamda psixologik test sinovlari boshlangunga qadar IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi raisiga yuboriladi.
4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibidagi psixolog xodimning seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor boʻlib ketmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga oltita vazifa boʻyicha bir yuz yigirmata psixologik test beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi vazifalar — oʻntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning toʻrtta shkalasi — oʻn toʻrttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — oʻn toʻrtta savoldan iborat boʻladi. Bunda har bir toʻgʻri javobga bir balldan qoʻyiladi.
10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
11. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni notoʻgʻri belgilagan nomzodning eʼtirozlari koʻrib chiqilmaydi.
12. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
16. Individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan individual-psixologik oʻrganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
3-bob. Yakuniy qoidalar
17. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
___________________________________ (unvoni va F.I.O.)
IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi aʼzolari:
________ (imzo)
____________________________________ (unvoni va F.I.O.)
________ (imzo)
____________________________________ (unvoni va F.I.O.)
________ (imzo)
____________________________________ (unvoni va F.I.O.)
________ (imzo)
___________________________________. (unvoni va F.I.O.)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 24-avgustdagi 125-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2654-1, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 412-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim.
4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
6. Qish mavsumida nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) oʻtkaziladi, qish mavsumida ob-havo qulay boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda barcha nomzodlar 100 metrga yugurish mashqi oʻrniga 10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini, nomzod yigitlar 3000 metrga yugurish mashqi oʻrniga 1000 metrga yugurish mashqini, nomzod qizlar 1000 metrga yugurish mashqi oʻrniga 400 metrga yugurish mashqini bajaradi.
7. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
8. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
9. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi marta qoniqarsiz baholangan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida mashqlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
10. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1 — 2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Turnikda kamida 7-marta tortilgan nomzod ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
11. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
100 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 15,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 17,3 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
12. 10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqi start va 10 metrdan keyin qaytish chiziqlari bilan belgilangan tekis va qattiq joylarda oʻtkaziladi.
10 x 10 metrga mokkisimon yugurish mashqini nomzod yigitlar 33,0 soniya ichida, nomzod qizlar esa 55,0 soniya ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
13. 3000 (1000, 400) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
3000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 14,25 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
1000 metrga yugurish mashqini nomzod yigitlar 4,30 daqiqa ichida, nomzod qizlar esa 5,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
400 metrga yugurish mashqini nomzod qizlar 2,00 daqiqa ichida bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
14. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
15. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
16. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
17. Ikkinchi mashqni bajarishda:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana erga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning erga tegishi taqiqlanadi.
Kuch ishlatish mashqlari kompleksini nomzod qizlar kamida (umumiy hisobda) 26-marta bajargan taqdirda, ular ushbu sinovdan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
18. Nomzodlar belgilangan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarining kamida ikkitasini bajargan taqdirda, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtdi” deb hisoblanadi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
19. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
20. Qaydnoma IIV-IIBB-IIB ishchi guruhi raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash QAYDNOMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” __________________________________ (ichki ishlar organi boshligʻining unvoni, F.I.O. va imzosi) 20 ___ yil “_____”___________.
Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga harbiy-professional tanlash tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida XULOSA
_____________________________________________________________________ ni
(nomzodning F.I.O., harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun — maxsus yoki harbiy unvoni, lavozimi)
(Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining nomi)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutigaharbiy-professional tanlash tadbirlarida ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida.
1. Nomzodni dastlabki oʻrganish natijalari: _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ .
4. Nomzodni oʻrganish natijalari boʻyicha xulosa: _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________.
______________________________
________________________
(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni
(F.I.O.)
______________________________
________________________
(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni
(F.I.O.)
______________________________
________________________
(masʼul shaxsning lavozimi va unvoni
(F.I.O.)
20___ yil “____”_________.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Psixofiziologik oʻrganish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik hislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida oʻtkaziladi.
2. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish maxsus kompleks yordamida oʻtkazilishining asosiy tamoyili — nomzodning psixofiziologik xususiyati boʻyicha xulosa qilishda inson omilidan holi boʻlish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi.
3. Nomzodlarga psixofiziologik oʻrganish oʻtkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari va xavfsizlik nuqtai nazaridan oʻzini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
2-bob. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazish va uning xulosasi
4. Psixofiziologik oʻrganish har bir nomzod uchun alohida oʻtkaziladi.
5. Psixofiziologik oʻrganish maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
6. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi;
shovqindan himoyalangan boʻlishi;
nomzodga ajratilgan joy qulay boʻlishi lozim.
7. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga faqat bir nafar nomzod qoʻyiladi.
8. Kichik komissiya raisi nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini shaxsan tekshirib, uni joyiga oʻtqizadi.
9. Psixofiziologik oʻrganishda nomzodning qoʻllariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi va mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha boʻlgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi.
10. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
12. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
13. Psixofiziologik oʻrganish vaqtida uni oʻtkazayotgan shaxs nomzodni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Nomzodning psixofiziologik oʻrganish natijasi maxsus kopleksning avtomatik ravishda chiqarib beradigan xulosasi (ball) hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
3-bob. Yakuniy qoida
15. Psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Psixofiziologik oʻrganish natijalarini baholash XULOSASI
Sana: 20__ yil ___ ____________ Guruh raqami: ___
T.r.
Nomzodlarning F.I.O.
Toʻplagan bali
1.
2.
3.
...
Kichik komissiya raisi:
_____________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
Kichik komissiya aʼzolari:
_____________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
______________ ______________ (imzo)
_____________________________ _____________________________ (unvoni va F.I.O.)
_____________(imzo)
____________________________(unvoni va F.I.O.)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻiga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Yozma ish (diktant) oʻtkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yozma ish diktant yozdirish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
3. Diktantlarning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.
5. Nomzodlarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 24-avgustdagi 125-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2654-1, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 412-modda)
6. Diktantlar tekshirib chiqilgandan soʻng, baholangan holda yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi tomonidan qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
7. Diktant oʻtkaziladigan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
2-bob. Diktantga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
8. Diktant uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
9. Diktant matnining hajmi 170 — 200 ta soʻzdan iborat boʻladi.
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Diktant yozish vaqtida har bir gap oʻqib eshittirilgandan soʻng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib boʻlingandan soʻng, gap yana bir bor oʻqib eshittiriladi.
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 5 ball qoʻyiladi;
ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 4 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi kerak;
toʻrttagacha orfografik va toʻrttagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 3 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak;
yettitagacha orfografik va yettitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 2 ball;
toʻqqiztagacha orfografik va toʻqqiztagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 1 ball;
oʻnta va undan ortiq orfografik va oʻnta va undan ortiq punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 0 ball qoʻyiladi.
12. Quyidagi mezonlar mavjud boʻlganda xatolar, ularning sonidan qatʼi nazar, bitta xato deb topiladi:
beshta soʻzda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
kirish soʻzlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
qaratqich belgisi uchtagacha soʻzda notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlsa.
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan, biroq bitta oʻrinda notoʻgʻri yozilgan yoki 1441 oʻrniga 1941 yozilgan boʻlsa);
takroriy xatolar (masalan, qutulmoq soʻzi besh oʻrinda qutilmoq tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Choʻlpon ota — Choʻpon ota, Yunusobod — Yunus-obod).
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Tekshirilgan har bir diktantga qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan aʼzosi tomonidan imzo qoʻyiladi. Bunda kichik komissiya aʼzolari oʻzlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
16. Kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning diktantlari kichik komissiya raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon matnda KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Test savollari, ularning javoblari oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tarkibidagi kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kichik komissiyasi tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
2-bob. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish
5. Nomzodga ellikta test savoli va ularni yechish uchun bir yarim soat vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
8. Test savollari quyidagilar boʻyicha tuziladi:
shaxsiy kompyuterdan foydalanish boʻyicha;
idora dasturiy ilovalari (microsoft office dasturi) boʻyicha;
Internet tarmogʻida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish boʻyicha.
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
40 — 50 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 5 ball;
30 — 39 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 4 ball;
20 — 29 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 3 ball;
10 — 19 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 2 ball;
1 — 9 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 1 ball;
test savollarining birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoida
10. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari boʻyicha har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish metodikasiga ILOVA
Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari boʻyicha QAYDNOMA
Topshirish joyi: _________________________________________________________. Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.
Natijalar: toʻgʻri javoblar soni: _________ ta, notoʻgʻri javoblar soni _________ta, qoʻyilgan ball ______
Kichik komissiya raisi:
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Kichik komissiya aʼzolari:
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
2. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin boʻlgan savollarning umumiy yoʻnalishlari va qabulga oid boshqa zarur maʼlumotlar harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
3. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar roʻyxati oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Savollar nomzodning oʻqishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
5. Savollar roʻyxati oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyasi masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
2-bob. Yakuniy suhbat oʻtkazish
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutining qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 3-sonli (roʻyxat raqami 2654-2, 22.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)
7. Nomzod yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
8. Qabul komissiyasi aʼzolariga masʼul kotib (uning yordamchisi) tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilayotgan nomzod haqidagi barcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
9. Komissiya aʼzolari nomzod haqidagi umumiy maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, unga ogʻzaki tarzda 3 ta savol beradi.
10. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan soʻng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
3-bob. Yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
11. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Mazkur qaydnomaga nomzodning psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasi natijalari ham qabul komissiyasi masʼul kotibi tomonidan yozib qoʻyiladi.
13. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi.
14. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
15. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha uch va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyiladi.
16. Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qaror haqida qaydnomaga yozib qoʻyiladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha QAYDNOMA
Topshirish joyi: _________________________________________________________. Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.
Psixofiziologik oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Yozma ish (diktant) natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball
Oʻrtacha arifmetik ball
Qabul qilingan qaror: _____________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________.
Qabul komissiyasi raisi
__________
_____________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Qabul komissiyasi masʼul kotibi
__________
______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Qabul komissiyasi aʼzolari:
___________
_____________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
__________
_____________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
__________
_____________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash
MEZONLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Imtihon test sinovlari majmuasida fanning egallagan oʻrnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oraligʻida yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
2. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
2-bob. Baholash mezonlari
3. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.
4. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 75,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa, chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 39,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa, chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 75,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 75,6 ball qoʻyiladi:
matnni oʻqishda xato qilmasa — 18,6 ball;
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 14 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 14 ball;
berilgan mavzuni toʻliq bilsa — 3 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 6 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani toʻliq tahlil qilsa — 5 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda ikkitagacha grammatik, ikkitagacha leksik xato qilsa — 5 ball;
talaffuz qilishda ikkitagacha fonetik xato qilsa — 5 ball;
yozganda ikkitagacha orfografik xato qilsa — 5 ball qoʻyiladi;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 52 ball qoʻyiladi:
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 14 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball;
grammatik tahlil qilishda jumlani chala tahlil qilsa — 3 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻrttagacha grammatik, toʻrttagacha leksik xato qilsa — 4 ball;
talaffuz qilishda toʻrttagacha fonetik xato qilsa — 3 ball;
yozganda toʻrttagacha orfografik xato qilsa — 3 ball qoʻyiladi;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 31 ball qoʻyiladi:
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 10 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 9 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 4 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda oltitagacha grammatik, oltitagacha leksik xato qilsa — 4 ball;
talaffuz qilishda oltitagacha fonetik xato qilsa — 2 ball;
yozganda oltitagacha orfografik xato qilsa — 2 ball;
berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qoʻyiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 16 ball qoʻyiladi:
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 6 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball;
nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda sakkiztagacha grammatik, sakkiztagacha leksik xato qilsa — 2 ball;
talaffuz qilishda sakkiztagacha fonetik xato qilsa — 1 ball;
yozganda sakkiztagacha orfografik xato qilsa — 1 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa — 0 ball qoʻyiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qoʻyiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 4 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻqqiz va undan ortiq grammatik, toʻqqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda toʻqqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda toʻqqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qoʻyiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa, jumlani grammatik tahlil qilib bera olmasa, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantirishda toʻqqiz va undan ortiq grammatik, toʻqqiz va undan ortiq leksik xato qilsa, talaffuz qilishda toʻqqiz va undan ortiq fonetik xato qilsa, yozganda toʻqqiz va undan ortiq orfografik xato qilsa — 0 ball qoʻyiladi.
6. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 39,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 39,6 ball qoʻyiladi:
matnni oʻqishda xato qilmasa — 11,6 ball;
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 12 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 12 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 4 ball;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 29 ball qoʻyiladi:
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 8 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 17 ball qoʻyiladi:
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 5 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 8 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 4 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 8 ball qoʻyiladi:
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 2 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qoʻyiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 4 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 2 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 2 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
7. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari boʻyicha mazkur Mezonlarning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
8. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash mezonlariga ILOVA
Chet tilidan imtihon natijalari boʻyicha QAYDNOMA
Topshirish joyi: _________________________________________________________. Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________. Imtihon topshirilgan til: ________________. Nomzodga qoʻyilgan ball ______.
Imtihon komissiyasi raisi:
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Kichik komissiya aʼzolari:
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
_________
_______________________
(imzo)
(unvoni va F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ________________________________________ ________________________________________ ________________________________________ (oliy harbiy taʼlim muassasaning nomi, qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi) 20 ___ yil “_____”___________
______________________________________ ______________________________________ (oliy harbiy taʼlim muassasaning nomi) qabul komissiyasi yigʻilishining PROTOKOLI ____-son
20__ yil “___”__________
_______________________
(yigʻilish oʻtkazilgan hudud nomi)
Raislik qiluvchi:
___________________________________
(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)
Qatnashganlar:
___________________________________
(qabul komissiyasi aʼzolari)
___________________________________
(qabul komissiyasi aʼzolari)
KUN TARTIBI: (nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)
_______________________________________________ qabul komissiyasi Oʻzbekiston
(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga asosan, qaror qiladi:
_______________________ mutaxassisligi boʻyicha tanlov natijalari*:
T/r
Nomzodning F.I.O.
Nomzodning maxsus kodi
Test sinovlarida toʻplagan balli
Imtiyoz
Umumiy ball
Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv
1.
2.
3.
4.
5.
6.
...
Qabul komissiyasi masʼul kotibi:
__________________________________
(unvoni, F.I.O.)
Qabul komissiyasi aʼzolari
__________________________________
(unvoni, F.I.O.)
__________________________________�
(unvoni, F.I.O.)
*Izoh: mazkur protokolda tegishli mutaxassislik boʻyicha alohida tanlov oʻtkaziladigan oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlov natijalari har bir mutaxassislik boʻyicha alohida koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 71-modda; 2016-y., 35-son, 412-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2018-y., 10/18/2654-2/0602-son)