|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.01.2019
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2439-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12(I)-son, 162-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2014-yil uchun soliq hisoboti 2014-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
93-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
2015-1-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:”.
2. Soliq hisobotining shakllarida:
a) 1-ilovada:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i hisob-kitobida:
quyidagi mazmundagi 015-satr bilan to‘ldirilsin:
|
“ |
notijorat tashkilotlarining boshqa daromadlari (Hisob-kitobning 8-ilovasi 010-satri) |
015 |
| ”; |
110-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda (010-satr − 011-satr − 012-satr − 013-satr − 014-satr − 015-satr + 020-satr + 030-satr + 040-satr + 080-satr − 090-satr − 100-satr)”;
210-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi (Hisob-kitobning 15-ilovasi (060-satri + 120-satri))”;
250-satrning “Ko‘rsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasi (240-satr − 011-satr − 012-satr − 013-satr − 014-satr − 090-satr)”;
izohning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kredit tashkilotlari:
010-satrni Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga muvofiq aniqlaydilar. Bunda mazkur satrda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 133-moddasiga muvofiq aniqlanadigan asosiy vositalar va boshqa mol-mulk obyektlarining chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ham hisobga olinadi;
101-satrni to‘ldirishmaydi;
102-satrda Hisob-kitobga 15-ilova 070-satrining qiymatini ko‘rsatishadi.”;
Hisob-kitobga 2-ilova 040-satrining “Xarajatlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (badallari) bo‘yicha belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar”;
Hisob-kitobga 3-ilova 050-satrining “Xarajatlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi ijobiy farq”;
Hisob-kitobga 4-ilova 050-satrining “Xarajatlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi ijobiy farq”;
Hisob-kitobga 5, 6, 8 va 15-ilovalar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 3, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan to‘lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida:
2-ilova 040-satrining “Xarajatlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari (badallari) bo‘yicha belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar”;
3-ilova 050-satrining “Xarajatlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi ijobiy farq”;
4-ilova 050-satrining “Xarajatlar ro‘yxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya summasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasiga muvofiq belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi ijobiy farq”;
b) 2-ilovada:
To‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari to‘g‘risida ma’lumotnomada:
01-varaq ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 7-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ilovaga izohning uchinchi xatboshisidan “aksiyalarini sotib olishga yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 8-ilovaga muvofiq tahrirda Asosiy bo‘lmagan ish joydan daromad olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan to‘ldirilsin;
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 12-bandida:
“d” kichik banddan “davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini olish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“j” kichik banddan “mol-mulkni sug‘urta qilish hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovada:
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotda “chorak” degan so‘z “oy/chorak (kerakligining tagiga chizilsin)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida:
“Ko‘rsatkichlar” ustunining 050-satridan “, shu jumladan:” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
0501 — 0503-satrlar chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin;
Hisob-kitobga 2-ilova izohining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hisob-kitobga 4-ilovaning izohida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat rezervidan olingan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni realizatsiya qilishda 0102-satrda realizatsiya qilish narxi va davlat rezervidan olish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq ko‘rsatiladi.”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hisob-kitobga 6-ilovada:
060-satrdan “, gaz ta’minoti” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin;
d) 6-ilovada:
______ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha ma’lumotnoma (soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno), ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 10-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
______ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha ma’lumotnoma (soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 11-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 12-ilovaga muvofiq tahrirda ______ yildagi soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha ma’lumotnoma (alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari uchun) bilan to‘ldirilsin;
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobida:
nomi “(alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar 13-ilovaga muvofiq 04-varaq bilan to‘ldirilsin;
04-varaq tegishincha 05-varaq deb hisoblansin;
Hisob-kitobga ilovada:
0202-satr chiqarib tashlansin;
izohning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
e) 7-ilovada:
______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) ma’lumotnoma ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 14-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni hisoblash bo‘yicha (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun) ma’lumotnoma ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 15-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotda “soliq hisobiga olish joyidagi” degan so‘zlar “soliq hisobiga olish joyidagi va (yoki) ko‘chmas mulk joylashgan erdagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobida:
02-varaq ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 16-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Hisob-kitobga 1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: hisob-kitobni ko‘chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda ushbu ilova faqatgina ko‘chmas mulk obyekti (binolar, inshootlar va normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar) haqiqatda joylashgan yer bo‘yicha to‘ldiriladi. Bunda ushbu ko‘chmas mulk soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 2-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Hisob-kitobni ko‘chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda ushbu ilova faqatgina qurilishi tugallanmagan obyektlarning haqiqatda joylashgan yer bo‘yicha to‘ldiriladi. Bunda ushbu qurilishi tugallanmagan obyektlar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 4-ilovada:
0203, 0204, 0206 va 02010-satrlar chiqarib tashlansin;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
1. Qo‘shimcha imtiyozlar (030-satr va undan keyingi satrlar) normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi, raqami, sanasi va tegishli bandlari ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi.
2. Hisob-kitobni ko‘chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda ushbu ilova faqatgina ko‘chmas mulk obyekti (binolar, inshootlar va normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar) haqiqatda joylashgan yer bo‘yicha to‘ldiriladi. Bunda ushbu ko‘chmas mulk soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 5-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: hisob-kitobni ko‘chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda:
030-satrda korxona bo‘yicha jami hisoblab chiqilgan, mahalliylashtirilayotgan mahsulotning realizatsiya qilishdan sof tushumdagi ulushi ko‘rsatiladi (hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladigan), bunda 010 va 020-satrlar to‘ldirilmaydi;
040 va 050-satrlar faqatgina ko‘chmas mulk obyekt (binolar va inshootlar) haqiqatda joylashgan yer bo‘yicha to‘ldiriladi, bunda ushbu ko‘chmas mulk soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Hisob-kitobni taqdim etishda hisobga olinmaydi.”;
Hisob-kitobga 6-ilovaning izohida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Hisob-kitobni ko‘chmas mulk joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etishda 060-satrda butun korxona bo‘yicha hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i uchun belgilangan stavka ko‘rsatiladi.”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
j) 8-ilovaning 06-varag‘i ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 17-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
z) 10-ilovada:
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotlar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 18-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobida:
Hisob-kitobga 1 va 2-ilovalar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 19 va 20-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Hisob-kitobga 3-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Agar 3-ustunining “0601”, “0602” va “0603”-satrlari qiymati 3-ustunining tegishincha “0501”, “0502” va “0503”-satrlari qiymatiga teng yoki katta bo‘lsa, 3- ustunining “0701”, “0702” va “0703”-satrlarida “0” qiymati ko‘rsatiladi.
Izoh:
1. 5 va keyingi ustunlar korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari, boshqa lokal normativ hujjatlar bilan, bu hujjatlar bo‘lmaganda esa xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan ish haftasining bir necha turlari (ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi yoki bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi va hokazo) belgilangan taqdirda to‘ldiriladi.
2. Agar YIT to‘lovchilari YITning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YITni hisoblab chiqarish va to‘lashga hisobot choragi davomida o‘tgan bo‘lsalar, u holda Ma’lumotnoma-hisob-kitob faqat YITning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YITni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ularga tatbiq etilgan hisobot choragining oylari uchun to‘ldiriladi.”.
ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 21-ilovaga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan to‘ldirilsin;
i) 13-ilovada:
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 22-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobida:
1, 4, 5 va 8-ilovalar ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 23, 24, 25 va 26-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
Hisob-kitobga 2-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* 035-satr mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari boshqa daromadlari tarkibiga kiradigan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘ldiriladi.
Izoh:
1. 070-satrda ko‘rsatilgan daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq solinadi.
2. Kredit tashkilotlari 160-satrni to‘ldirmaydilar.”;
Hisob-kitobga 7-ilovaning 010 va 020-satrlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum summasi (dividendlar va foizlardan tashqari) |
10 |
| |
| | O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi (bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan to‘langan soliq mustasno) |
20 |
| ”; |
k) 14-ilovaning 04-varag‘i ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 27-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
l) 16-ilovaning Bozor tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda:
“Ko‘rsatkichlar” ustunining 070 va 080-satrlaridan “va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh.
1. Mazkur Ma’lumotlar ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam bo‘lmagan savdo komplekslari tomonidan ham taqdim etiladi.
2. Agar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bozor ixtiyorida qoldirilishi nazarda tutiladigan bo‘lsa, u holda 100-satr bozor ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.”.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 2-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 3-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 4-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 5-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 6-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 7-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 8-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 9-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 10-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 11-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 12-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 13-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 14-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 15-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 16-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 17-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 18-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 19-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 20-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 21-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 22-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 23-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 24-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 25-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 26-ilova.
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 27-ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda)