O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini yanada erkinlashtirish, ruxsat beruvchi tartibotlarni qisqartirish va arzonlashtirish, shuningdek ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) ning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “yetkazib berilishini ta’minlash” so‘zlaridan so‘ng “(qimmatli qog‘ozlarda hisob-kitob qilish)” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “turlari” so‘zi “turi” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning o‘zbek tilidagi matnida:
1.1-bandidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3.1-bandidagi “Gastrol-konsert” so‘zlari “Konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5.6-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning o‘zbek tilidagi matnida:
2.2-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert” so‘zlari “konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “konsert-tomosha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risidagi nizomda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hisob-kitob-kliring palatalari — qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdolar tashkilotchisining tarkibiy bo‘linmasi”;
uchinchi xatboshidan “hisob-kitob-kliring palatasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma tuzgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddan “savdoning tashkilotchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 5-banddagi yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va to‘rtinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
e) 9-bandning to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchisidan olingan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
yettinchi xatboshidan “transport” so‘zi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“litsenziat — yuridik shaxs tomonidan litsenziyalovchi organga veterinariya mutaxassisining ishga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish — mutaxassis ishga olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida”;
“g” va “j” kichik bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) yakka tartibdagi tadbirkorning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan o‘tish to‘g‘risidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining nusxalari)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martidan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 957-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 17-avgustdagi 398-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 84-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan va qayta ishlashning bojxona rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishishga;
bojxona hududidan tashqarida, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalarga tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berishga”.
24. Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda):
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. O‘zbekiston Respublikasida yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan o‘simliklar turlari namunalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga O‘zbekistondagi CITES Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan o‘simlik dunyosi obyektlari bundan mustasno.”;
20-banddagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlikning bir donasi, shuningdek o‘simliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi o‘simliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar xom ashyosining bir kilogrammi (yalang‘och qizilmiyadan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— o‘simlikning mazkur turini g‘amlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;
yalang‘och qizilmiya xom ashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalang‘och qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 225 AQSH dollari miqdorida.
Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun to‘lov undirilmaydi.”;
23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi”;
24-bandning birinchi xatboshidagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-bandning yettinchi xatboshidagi “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari “Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning sakkizinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” so‘zlari “7 kun mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning o‘n uchinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” so‘zlari “7 kun mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan, Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
a) 50-2-pozitsiyasining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidan “, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 85-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarisida gastrol-konsert faoliyati” so‘zlari “tomosha-konsert faoliyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 86-pozitsiya chiqarib tashlansin;
g) 86-1-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “gastrol-konsert” so‘zlari “tomosha-konsert” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 9-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi “d” kichik bandi va nizomga ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavida:
a) 76-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi mazmunli ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Umumiy temir yo‘l tarmoqlari yoki yerosti temir yo‘llari tarmoqlariga tutashgan temir yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek yuklash, tushirish va vagonlar va konteynerlarni tozalash uchun mo‘ljallangan qurilmani ishlab chiqarish temir yo‘l rahbari yoki uning topshirig‘iga asosan mintaqaviy temir yo‘l rahbari tomonidan tasdiqlangan loyiha bo‘yicha amalga oshiriladi. Temir yo‘llar boshqa tarmoqdagi temir yo‘llar bilan tutashgan holatda loyiha qo‘shimcha ravishda tegishli vazirlik, qo‘mita, tashkilot yoki jismoniy shaxs bilan kelishiladi;
to‘rtinchi-beshinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi-to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
b) 77-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “temir yo‘l bilan kelishilgan loyiha bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 91-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 10-modda) 1-ilovasidan oltinchi pozitsiya chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 364-modda)
35. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi 191-band qo‘shilsin:
“191. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Maxsus idoralararo komissiyasi Kotibiyatiga “bir oyna” tamoyili bo‘yicha elektron shaklda Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish bo‘yicha taklifni kiritishga haqli”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida:
a) 49-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 50-pozitsiyaning “Faoliyat turining nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish to‘g‘risidagi guvohnomani berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 98-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 7-son, 98-modda, 20-son, 364-modda, 36-son, 957-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)