Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
353-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qaroriga ILOVA
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibini belgilaydi.
2. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan beriladi.
3. Ushbu Nizomning amal qilishi Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir faoliyatni litsenziyalash boʻyicha komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
4. Guvohnoma alkogolli mahsulotlarni faqat unda koʻrsatilgan alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalarida amalga oshirish huquqini beradi.
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalari deganda alkogolli mahsulot quyish uchun moʻljallangan asosiy texnologik uskunalar tushuniladi.
Alkogolli mahsulot quyish uchun moʻljallangan asosiy uskunalarning roʻyxati mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
5. Guvohnoma alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddatiga beriladi.
II. Ruxsat berish talablari va shartlari
6. Guvohnoma berilgan alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda yagona reyestr deb ataladi) kiritishda ruxsat berish talablari va shartlariga quyidagilar tegishlidir:
alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini kiritishda yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
yuridik shaxsning nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida DSQni xabardor qilish;
tegishli standartlar talablariga, shuningdek ekologik, sanitariya-gigiyenik va boshqa normalar va qoidalarga soʻzsiz rioya qilish;
alkogolli mahsulotlar quyishni faqat guvohnomada koʻrsatilgan alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarida amalga oshirish.
7. Alkogolli mahsulotlar quyishning har bir liniyasiga yuridik shaxsga alohida guvohnoma beriladi.
III. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Guvohnoma olish uchun yuridik shaxs DSQga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza;
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
v) Vazirlar Mahkamasining etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir faoliyatni litsenziyalash boʻyicha komissiyasi tomonidan berilgan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaning nusxasi;
g) alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarining uskunalariga pasportlarning nusxalari;
d) yuridik shaxsning quyish liniyalariga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan, alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini xarid qilish va Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinishi toʻgʻrisida shartnomalar (bitimlar, kontraktlar va hokazolar)ning nusxalari.
9. Yuridik shaxsdan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar yuridik shaxs tomonidan DSQga bevosita, olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
11. Guvohnoma olish uchun DSQga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol yuridik shaxsga beriladi (yuboriladi).
IV. Arizani koʻrib chiqish va guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Guvohnoma berish toʻgʻrisida yuridik shaxsning arizasi DSQ tomonidan koʻrib chiqilganligi va guvohnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Arizani koʻrib chiqish muddati guvohnoma berish toʻgʻrisida yuridik shaxsning arizasi qabul qilingan sanadan boshlab 20 ish kunini tashkil etadi.
13. Guvohnoma berish “bir oyna” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilgandan keyin DSQ guvohnoma berish toʻgʻrisida yuridik shaxsning arizasi qabul qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda “Oʻzstandart” agentligi deb ataladi) tegishli hujjatlar ilova qilingan holda alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini Yagona reyestrga kiritish imkoniyati toʻgʻrisidagi arizani berish boʻyicha yozma bildirishnomani yuboradi.
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligi koʻrsatib oʻtilgan xulosani berish boʻyicha DSQning yozma bildirishnomasini va yuridik shaxsning taqdim etilgan hujjatlarini oʻrganib chiqib bildirishnoma olingan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida, takroran koʻrib chiqilganda esa — besh ish kuni mobaynida DSQga alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha Yagona reyestrga kiritish imkoniyati toʻgʻrisidagi arizani yoki asoslangan salbiy xulosani yuboradi.
14. “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligining ijobiy xulosalari asosida DSQ tegishli ijobiy xulosalar olingan sanadan boshlab yetti ish kuni mobaynida alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini Yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi. Guvohnoma yuridik shaxsga tilxat ostida chopar orqali topshiriladi yoki tegishli bildirishnoma olingan holda unga pochta orqali buyurtmali xat bilan yuboriladi.
Agar DSQ guvohnoma berish toʻgʻrisida yuridik shaxsning arizasini koʻrib chiqish muddati mobaynida “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligidan xulosa olmagan boʻlsa va (yoki) yuridik shaxsga guvohnomani bermagan boʻlsa yoki uni berishni rad etmagan boʻlsa, u holda ariza qabul qilingan sanadan boshlab yigirma ish kuni tamom boʻlgandan keyin yuridik shaxs bu haqda DSQni yozma ravishda xabardor qilgan holda alkogolli mahsulotlarni quyishni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda, DSQ yuridik shaxsning yozma bildirishnomasi olingan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida unga guvohnoma berishga majburdir. Guvohnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati ular qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgilar va yuridik shaxs tomonidan DSQga yuborilgan yozma bildirishnoma bilan birgalikda guvohnomaga tenglashtiriladi va alkogolli mahsulotlarni quyish uchun asos hisoblanadi.
15. DSQ tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida yuridik shaxslarga guvohnomani beradi (yuboradi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda ularni xabardor qiladi.
16. Quyidagilar guvohnoma berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
yuridik shaxs tomonidan guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
yuridik shaxsning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi;
“Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligining asoslangan yozma xulosalari.
Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan guvohnoma berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Guvohnomani berish rad etilgan taqdirda DSQ rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va yuridik shaxs koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda bildirishnomani yozma shaklda yuboradi (topshiradi).
Bunda yuridik shaxs rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnomani berishni rad etish toʻgʻrisida yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
18. Yuridik shaxs tomonidan guvohnomani berishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish DSQ tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxsning arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
19. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda DSQ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
20. Guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin yuridik shaxs tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va DSQ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
21. Yuridik shaxs guvohnomani berish rad etilishi, shuningdek DSQ, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligining mansabdor shaxslarning harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
V. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning dublikatlarini berish
22. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalari asosiy texnologik uskunalarining tarkibi oʻzgargan taqdirda yuridik shaxs tarkibi oʻzgartirilgan uskunalarga mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda yangi guvohnoma olishi shart.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida DSQga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatlar yuridik shaxs tomonidan DSQga bevosita, olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olingan holda pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxsning guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi DSQ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
23. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan yuridik shaxs ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida DSQning belgisi bilan birgalikda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida alkogolli mahsulotlarni quyadi.
24. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgandan keyin DSQ Yagona reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Qayta rasmiylashtirish va guvohnomani berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza DSQ tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
25. Guvohnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda yuridik shaxsning arizasiga koʻra unga guvohnomaning dublikati beriladi.
DSQ guvohnomaning dublikatini ariza olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, shuningdek guvohnoma yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda — uning asl nusxasini berishga (yuborishga) majburdir.
VI. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, guvohnomani bekor qilish
26. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, guvohnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
27. DSQ, “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligi tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiq alkogolli mahsulotlar quyish liniyalaridan foydalanish boʻyicha birgalikda olib boriladigan monitoringdan bosh tortish guvohnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻluvchi ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishli boʻladi.
VII. Yagona reyestrni yuritish tartibi
28. DSQ Yagona reyestrda berilgan va bekor qilingan guvohnomalar hisobini yuritadi.
29. Yagona reyestrni yuritish ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
30. Yagona reyestrdagi mavjud maʼlumotlar DSQning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
VIII. Alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalarini Yagona reyestrdan chiqarish
31. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalaridan (yoki uning bir qismidan) foydalanish toʻxtatilganda yoki ular boshqa shaxs tasarrufiga berilganda, shuningdek alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilganda yuridik shaxs besh ish kuni mobaynida Davlat soliq qoʻmitasiga, mazkur guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun, ushbu uskunani balansdan hisobdan chiqarish va (yoki) uni utillashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomani ilova qilgan holda guvohnomaning asl nusxasini, shuningdek alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarining oldi-sotdi shartnomasining nusxasini taqdim etishi shart.
32. Ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar DSQda va “Oʻzvinosanoat-xolding” XKda saqlanadi.
Ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlar olingandan keyin alkogolli mahsulotlarni quyishning tegishli liniyalari DSQ tomonidan Yagona reyestrdan chiqariladi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
33. “Oʻzvinosanoat-xolding” XK Yagona reyestrga kiritilgan alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalaridan foydalanish ustidan doimiy monitoring olib boradi va bir yilda bir marta hisobot oyidan keyingi oyning 5-ish kunigacha DSQga ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etadi.
34. DSQ “Oʻzvinosanoat-xolding” XK va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ushbu Nizom talablariga muvofiq alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalaridan foydalanish boʻyicha monitoring olib boradi.
35. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalaridan ularni Yagona reyestrga kiritmasdan foydalanganlik uchun va mazkur Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish choralari qoʻllanadi.
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi
SXEMA
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisida GUVOHNOMA
Guvohnoma “Oʻzvinosanoat-xolding” XKning 20__ yil “___”_________dagi _____-son va “Oʻzstandart” agentligining 20__ yil “___”_________dagi _____-son xulosalari asosida berildi.
(F.I.O.) ____________
(imzo)
20___ y. “___” ____________
M.Oʻ.
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Alkogolli mahsulotlarni quyish uchun moʻljallangan asosiy texnologik uskunalar
roʻyxati
1. Alkogolli mahsulotlar quyish uchun qadoqlash mashinalari.
2. Shisha yuvish mashinalari.
3. Probkalagich mashinalar.
4. Shishalardagi mahsulotni vizual nazorat qilish qurilmasi.
5. Aksiz markalarini yopishtirish mashinalari.
6. Yorliq yopishtirish mashinalari.
7. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini hisobga olish asboblari.
Izoh: quyish liniyalarida mazkur roʻyxatga kirmagan boshqa qurilmalar mavjud boʻlsa, ularni xulosada aks ettirish kerak. Esdalik alkogolli mahsulotlar quyish liniyasida 5 va 6-bandlarda koʻrsatilgan texnologik uskuna mavjudligi majburiy talab hisoblanmaydi.
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
____________________________________________
(yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli,
______________________________________
uning joylashgan joyi (pochta manzili) va soliq toʻlovchining individual raqami (STIR)
ARIZA
Arizaga ilova qilinayotgan, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ________birlik uskunani oʻz ichiga oladigan alkogolli mahsulotlar quyish liniyasiga doir hujjatlarni (roʻyxat ilova qilinmoqda) alkog�lli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning Yagona reyestriga kiritish uchun koʻrib chiqishni soʻrayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi.
2. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaning nusxasi.
3. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarining uskunalariga gigiyenik sertifikatlarning nusxalari.
4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni miqdor jihatidan hisobga olish uchun priborlarni tekshirish toʻgʻrisidagi sertifikatlar nusxalari.
5. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalariga yuridik shaxsning mulk huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari, shu jumladan alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini sotib olganlik va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirganlik toʻgʻrisidagi shartnomalarning (bitimlar, kontraktlarning va shu kabilarning) nusxalari (ular mavjud boʻlgan taqdirda).
Tashkilo� rahbari ______________________________________
(F.I.O.)
Bosh buxgalter _________________________________________
(F.I.O.)
M.Oʻ.
20 _____ yil “_____” ______________
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
“Oʻzvinosanoat-xolding” XKning alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning Yagona reyestriga kiritish imkoniyati toʻgʻrisidagi XULOSASI
№ _________
20___yil “____” _______________
______ta asosiy texnologik uskunani oʻz ichiga oluvchi (roʻyxat xulosaga ilova qilinadi) va alkogolli mahsulotlar quyish uchun moʻljallangan
alkogolli mahsulotlar quyish liniyasi_______________________________
(yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining individual raqami (STIR))
belgilangan talablarga muvofiqdir va alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritilishi mumkin.
Yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi
Ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi
Korxonaning yuridik manzili
STIR
Litsenziya(lar) boʻyicha maʼlumotlar
Quyish liniyasining pasportiga oid maʼlumotlar
ularga litsenziya berilgan mahsulot turlari
litsenziyalar raqamlari
litsenziya berilgan sana
litsenziya boʻyicha mahsulotning yillik hajmi, ming dal
uskunaning tipi, markasi
yetkazib beruvchining nomi
kelib chiqish mamlakatining nomi
ishlab chiqarilgan yili
oʻrnatilgan yili
zavod raqami
ish unumdorligi
oʻlchov birligi
soni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
“Oʻzstandart” agentligi xulosasining raqami va sanasi
Gigiyenik sertifikatning raqami va berilgan sanasi
“Oʻzvinosanoat-xolding” xulosasining raqami va sanasi
Davlat soliq qoʻmitasining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorining raqami va sanasi
18
19
20
21
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish imkoniyati toʻgʻrisidagi XULOSASI
№ ___________
20___yil “_____” ____________
_____ta asosiy texnologik uskunani oʻz ichiga oluvchi (roʻyxat xulosaga ilova qilinadi) va alkogolli mahsulotlar quyish uchun moʻljallangan
alkogolli mahsulotlar quyish liniyasi__________________________
(yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining individual raqami (STIR))
belgilangan davlat standartlariga muvofiqdir va alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritilishi mumkin.
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona REESTRI
T/r
Yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomaning raqami va berilgan sanasi
Ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi
Korxonaning yuridik (pochta) manzili , telefon
STIR
Litsenziya(lar) boʻyicha maʼlumotlar
Quyish liniyasining pasportiga oid maʼlumotlar
ularga litsenziya berilgan mahsulot turlari
litsenziyalar raqamlari va berilgan sanasi
litsenziyaning amal qilish muddati
litsenziya boʻyicha mahsulotning yillik hajmi (ming dal)
uskunaning tipi, markasi
yetkazib beruvchining nomi
kelib chiqish mamlakatining nomi
ishlab chiqarilgan yili
oʻrnatilgan yili
zavod raqami
ish unumdorligi
oʻlchov biriligi
soni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
Dublikat berishning asosi va berilgan sanasi
Guvohnomani qayta rasmiylashtirish raqami va sanasi
“Oʻzstandart” agentligi xulosasining raqami va sanasi
Gigiyenik sertifikatning raqami va berilgan sanasi
“Oʻzvinosanoat-xolding” xulosasining raqami va sanasi
Davlat soliq qoʻmitasining guvohnomani bekor qilish yoki amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorining raqami va sanasi
18
19
20
21
22
23
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va ulardan foydalanish boʻyicha AXBOROT
20 ___ yilning ___________ — ___________ oylari uchun
Quyish liniya-sining reyestr boʻyicha tartib raqami va reyestrga kiritish sanasi
Ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi
STIR
Litsenziya (litsenziyalar) boʻyicha maʼlumotlar
Quyish liniyalarining holati
Hisobot davri uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming dal
litsenziya berilgan mahsulot turlari
litsenziyalar raqami
litsenziya berilgan sana
litsenziya boʻyicha mahsulotning yillik hajmi, ming dal
foydalanilyapti
foydalanilmayapti
konservatsiyalangan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
20 ___ yil “____” _________
__________________________rahbar
(F.I.O.) (imzo)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 15-modda)