|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 18-avgustdagi 400-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-aprel,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-apreldagi 104-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Arxitektura ishlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 5-noyabrdagi 296-son qaroriga ilovaning “Mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari” bo‘limidagi “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi” so‘zlari “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 17-son, 196-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)