Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.04.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-apreldagi 104-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda montaj va maxsus qurilish ishlarini boshqarishni yanada erkinlashtirish, ular faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va korporativ boshqaruv normalari va prinsiplarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1-ilovaga muvofiq montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyihalashtirish tashkilotlarining, metall konstruksiyalari tayyorlovchi sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi (“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi) tarkibiga uyushma qatnashchilari huquqi bilan ixtiyoriy ravishda kirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi faoliyati oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida, 1-ilovaga muvofiq uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshirilishi;
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi uning tarkibiga kirish xohishini bildirgan korxonalar va tashkilotlar uchun ochiq ekanligi, uning qatnashchilari esa uning tarkibidan erkin chiqib ketish huquqiga ega ekanligi;
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ijro etuvchi organining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari uning qatnashchilari umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilansin:
uyushma tarkibiga kiruvchi montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyihalashtirish tashkilotlarining, sanoat korxonalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotining yuqori sifatli qurilish mahsulotiga, yuqori texnologiyali, maxsus qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlariga boʻlgan ehtiyoji qondirilishini taʼminlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
raqobatbardoshli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda, montaj qilish hamda asbob-uskunalar, zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tizimlarini joriy etishda koʻmaklashish;
korxonalar va tashkilotlarga marketing tadqiqotlari oʻtkazishda, ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda koʻmaklashish;
uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga axborot xizmatlari koʻrsatish;
tarmoq uchun kadrlar tayyorlashni, ularni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda yordam berish.
4. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi qatnashchilari tomonidan belgilangan, xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 15 kishi boʻlgan Uyushma ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan soni doirasida Uyushma ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
5. “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ikki oy muddatda qatnashchilarning umumiy yigʻilishini oʻtkazsin, Uyushmaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“Oʻzmontajmaxsusqurilish”) uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida 1992-yil 6-noyabrdagi 513-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 7 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 18-avgust,
400-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 18-avgustdagi 400-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi tarkibiga qatnashchilar huquqi bilan kiruvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxati
I. Qurilish, montaj va maxsus qurilish ishlari korxonalari
1. “93-Maxsus trest” OAJ
2. “Oʻzelektrmontaj” OAJ
3. “Poʻlatqurilma” OAJ
4. “Santexgazmontajqurilish tresti” OAJ
5. “Sanoatventilyatsiya” OAJ
6. “Santexyigʻish” OAJ
7. “Portlatishsanoat” OAJ
8. “Maxsusavtomatika” OAJ
9. “Avtomatika” OAJ
10. “Qoʻqonqurilish” OAJ
11. “Raytek” YoAJ
12. “Sanoataloqamontaj” MChJ
13. “Tol-servis” MChJ
14. “Issiqlikmontaj” MChJ
15. “Agrosantexgazmontaj” XB
16. “Fargʻonaneftkimyomontaj” MChJ
17. “Neftzavodmontaj” MChJ
18. “Al-meʼmor” MChJ
19. “Maxsussantexgazmontaj” MChJ
20. “Firuz-lak” MChJ
21. “Gidroizolsintez” XF
22. “Elekom” XF
23. “Qurilishmontaj” XF
24. “Binokor” sanoat-qurilish kompaniyasi” MChJ
II. Sanoat korxonalari va tashkilotlari
26. “Toʻytepa metall qurilmalari zavodi” OAJ
27. “Santexnika jihozlari zavodi” OAJ
28. “Toshkent quvur zavodi QK” MChJ
29. “Mashsanoatqurilish” MChJ
30. “Vent-kon” XF
31. “Kitob KK” MChJ
32. “ Agrokeramika QK” MChJ
33. “Puls – Bax QK” MChJ
34. “Djan plast QK” MChJ
35. “Osiyo – vayer QK” MChJ
36. “Velizol QK” MChJ
37. “RIGGER GLASS QK” MChJ
38. “Boyler korporeyshn QK” MChJ
39. “Temir injiniring QK” MChJ
III. Loyihalash tashkilotlari
40. “Montajloyiha LTI” MChJ
IV. Ishlab chiqarish-texnik butlash korxonalari
41. “Oʻztaʼminbutlash” OAJ
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 18-avgustdagi 400-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 373-modda)