|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.06.2018
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2004 YIL 10-MARTDAGI 118-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2011 YIL 8 SENTYABRDAGI PQ-1615-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-sentabrdagi PQ-1615-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 1-son, 4-modda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari Kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-dekabr,
318-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 1-son, 4-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “takomillashtirish” so‘zidan keyin “shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”;
yettinchi xatboshiga “malakasini oshirishni” so‘zlaridan keyin “shu jumladan transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi va agentlik hududiy bo‘limining namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq”;
uchinchi xatboshidagi “4-ilovaga” so‘zlari “3-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “31” va “22” raqamlari tegishli ravishda “35” va “25” raqamlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ikki nafar o‘rinbosari” so‘zlari “bir nafar o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 4-banddagi “5-ilovaga” so‘zlari “4-ilovaga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3—5-ilovalar tegishli ravishda 2 — 4-ilovalar deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 7-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “takomillashtirish” so‘zidan keyin “shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish”;
yettinchi xatboshiga “amalga oshirishni” so‘zlaridan keyin “shu jumladan transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 8-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tashishni tashkil etish va uning” so‘zlari “tashishni tashkil etish va avtomobil transporti obyektlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “transporti” so‘zidan keyin “shu jumladan avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash” so‘zlari qo‘shilsin;
birinchi xatboshidagi “rivojlantirish” so‘zidan keyin “kompleks” so‘zi qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil va daryo transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi”;
“e” kichik bandiga “amalga oshirishni” so‘zlaridan keyin “shu jumladan transport xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 49-son, 499-modda; 2016-y., 1-son, 4-modda)