Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda avtomobil va daryo transporti faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini taʼminlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini shakllantirish va oʻtkazish;
avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish ;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
avtomobil va daryo transportida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni shu jumladan transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tashkil etish.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashiydigan avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalarining mavjudligini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqari);
haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 53 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 43 nafar etib belgilansin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga agentlik boshligʻi oʻrinbosarining bir nafar oʻrinbosari hamda shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan besh kishidan iborat boʻlgan hayʼati boʻlishiga ruxsat etilsin.
Agentlik boshligʻiga markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni va taʼminoti xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
118-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga
2-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan 2-ilova deb hisoblangan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda agentlik deb ataladi) tarkibiy va institutsional oʻzgartirish masalalarini hal qilish, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga hamda avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga koʻmaklashish uchun maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Agentlik tizimiga Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik taʼminlash respublika markazi, “Avtodaryotrans-ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 4-modda)
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlik va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnik taʼminoti, shuningdek xodimlarning mehnatiga haq toʻlash litsenziyalar berganlik uchun davlat bojidan, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻimlardan ajratmalar, suzish vositalarini hisobga qoʻyganlik va koʻrikdan oʻtkazganlik uchun mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini taʼminlash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini oʻtkazish;
avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
avtomobil va daryo transportida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni shu jumladan transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tashkil etish;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik vaziyatida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobilda xalqaro tashuvlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqari);
avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashiydigan avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalarining mavjudligini nazorat qilish;
haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini taʼminlash sohasida:
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
avtomobil va daryo transportidan foydalanish sohasida xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa davlatlar maʼmuriyatlari va tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
avtomobil va daryo transporti shu jumladan avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash faoliyatining normativ bazasini takomillashtirish, amaldagi xalqaro avtomobil yoʻlaklaridan samarali foydalanish va ularning yangilarini barpo etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun davlat organlariga kiritadi;
(8-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, dasturlar, shuningdek tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha boshqa hujjatlar loyihalarining agentlik faoliyatiga oid qismini ekspert baholaydi va ularga rozilik beradi;
b) iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yoʻlovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
(8-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
avtomobil va daryo transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi;
(8-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari takliflari asosida ishlab chiqilgan yoʻlovchilar tashishning xalqaro va viloyatlararo yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;
v) avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash sohasida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish:
(8-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
tashuvlar yoʻnalishlarini tender boʻyicha amalga oshirish mexanizmlarini joriy etadi, yoʻlovchilarining sifatli va xavfsiz tashilishini taʼminlash uchun maqbul sharoitlarni nazarda tutadigan shahar, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatish huquqiga namunaviy kontraktlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tendyerlar tashkilotchilari ishini muvofiqlashtiradi;
(8-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
yoʻlovchilar tashish boʻyicha shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish yuzasidan ochiq tendyerlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashuvlar qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda tashuvlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etilishi, yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlariga xizmat koʻrsatish huquqiga tender kontraktlari shartlarini bajarish, tashuvchilar tomonidan belgilangan grafiklar, jadvallar, tashish tariflariga rioya etilishini tizimli nazorat qilishni tashkil etadi;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda avtomobil va daryo transporti xizmatlari uchun tarif siyosatini shakllantiradi;
g) yagona texnika siyosatini oʻtkazish sohasida:
xalqaro normalarni hisobga olgan holda avtomobilda va daryolarda tashishlar boʻyicha faoliyatni tartibga solish standartlari, qoidalari, shakllari va usullari yuzasidan maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi, ilmiy-texnik ishlarni olib boradi;
suvda kishilarning hayoti qoʻriqlanishini va kemalar suzishi xavfsizligini taʼminlaydigan kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni loyihalashtirish, ulardan foydalanish, ularni taʼmirlash va qayta jihozlash talablari bajarilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
foydalanilayotgan kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga oladi, tasniflaydi, roʻyxatdan oʻtkazadi, Registr qoidalari va shuningdek kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni taʼmirlashga doir boshqa normativ hujjatlar qoidalari bajarilishini nazorat qiladi;
kemalarga va suzish vositalariga kema guvohnomalari, malaka guvohnomalari, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnomani, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnomani hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;
avtomobil va daryo transportida xavfli yuklar, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy kontingentlar tranziti amalga oshirilganda xulosalar beradi;
d) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtomobil transportida faoliyatni litsenziyalashni, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, litsenziyalar reyestrini yuritadi;
(8-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
d1) Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish transportidan tashqari, shahar yoʻlovchi, avtomobil va daryo transporti sohasida tashuvchilarning yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan “d1” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
 LexUZ sharhi
2015-yil 28-noyabrdan boshlab amal qiladi.
e) avtomobil va daryo transportida kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni shu jumladan transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tashkil etish sohasida ommaviy kasblarga, shu jumladan haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlash hamda tarmoq kadrlari malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
(8-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
j) davlat bojxona xizmati organlari vakillari bilan oʻzaro hamkorlikda xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirishda ruxsat berish tizimiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
z) avtomobillarda tashuvlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1461, 165, 1763-moddalarida, 1764, 198-moddalarining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida belgilangan tartibda protokol tuzadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boʻlimlar, oʻziga qarashli boshqa organlar va muassasalar orqali hal etadi.
III. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻzining vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotni yuridik va jismoniy shaxslardan soʻrash va olish;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali va qisqa muddatli tekshirish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
avtomobil va daryo transportidan foydalanish qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisida davlat organlariga takliflar kiritish;
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish transportidan tashqari, shahar yoʻlovchi, avtomobil va daryo transporti sohasida tashuvchilarning yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilmaganligi uchun aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish haqida sud organlariga taqdimnomalar kiritish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
 LexUZ sharhi
2015-yil 28-noyabrdan boshlab amal qiladi.
avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashuvlar qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda tashuvlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga rioya etilishi yuzasidan nazoratda qatnashish uchun shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
yoʻlovchilar tashishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalardan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlari harakatlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlaridan hamda shahar yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatli organlardan yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari ishi masalalari boʻyicha axborotlarni soʻrash va olish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda)
kemalar va suzish vositalaridan toʻgʻri foydalanilishi, ularning tabelda qayd etilgan taʼminot va inventar bilan butlanganligi, ular tomonidan suzish va foydalanish xavfsizligi taʼminlanishi boʻyicha qoidalar va talablar bajarilishi, kemalar suzadigan yoʻllar va kemalar suzadigan vaziyatning holati ustidan nazorat qilish, ekipajning bilimlarini tekshirish;
kema hujjatlarining amal qilish muddati tamom boʻlganda, kemalar malakali ekipaj bilan butlanmaganda, bortda avariya-qutqarish, yongʻinga qarshi inventar mavjud boʻlmaganda, suzib yuruvchi qurilmalarda odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, kemalardan foydalanish, yongʻinga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi qurilmalardan foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqiqlash;
agar suzish vositalarining holati suzishning va foydalanishning xavfsizligini yoki suzish vositalarining xavfsiz toʻxtab turishini taʼminlamasa, ulardan foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqiqlash;
xavfsiz suzish sharoitlarini, odamlarning hayoti muhofaza qilinishini, ichki suv yoʻllarida yuklarning ishonchli tashilishini, kemalarning ifloslanishining oldini olishni taʼminlovchi suzish vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni belgilash, ushbu talablar bajarilishini texnik nazorat qilish, suzish vositalari taʼmirlanayotgan davrda chiqariladigan Registr qoidalari asosida ularni tasniflash, koʻrikdan oʻtkazish va nazorat qilish;
xorijiy va milliy yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil va daryo transporti sohasidagi xalqaro shartnomalari asosiy shartlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat mahalliy hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
Agentlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Boshliqning ikki nafar oʻrinbosari boʻladi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan.
(13-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Agentlik boshligʻi maqomiga koʻra vazirga, boshliq oʻrinbosarlari — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
14. Agentlik boshligʻi:
yakka boshchilik asosida agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xodimlarning tasdiqlangan cheklangan soni va taʼminot xarajatlari smetasi doirasida markaziy apparat va hududiy boʻlimlar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
markaziy apparat xodimlarini va agentlikning hududiy boʻlimlari, agentlik tizimiga kiruvchi oʻziga qarashli organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
15. Agentlikda Boshliq (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Agentlik boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
tarkibiy va institutsional qayta oʻzgartirish masalalarini hal etishni davom ettirish, xizmatlar bozori shakllanishi va rivojlanishiga hamda avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligiga koʻmaklashish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholining yuk va yoʻlovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hayʼat majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari boshliqning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Boshliq va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda boshliq paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
16. Hududiy boʻlimlar oʻz faoliyatini agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga koʻra agentlik boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
17. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga
4-ILOVA
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qaroriga asosan 4-ilova deb hisoblangan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 499-modda)
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarorining 2, 3 va 5-bandlari hamda mazkur qarorga 1 va 4-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qarorining 6-bandi, 6—8-ilovalar, shuningdek ushbu qarorga 9-ilovaning II boʻlimi 2-bandi.
II. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga 2-ilovadagi “Yoʻlovchi” sugʻurta kompaniyasi” va “Navoiytrans” avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 120-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 49-son, 499-modda; 2015-y., 37-son, 487-modda; 2016-y., 1-son, 4-modda; 2017-y., 17-son, 300-modda)