|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.11.2013
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2023-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-V, 20-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2528, 21.11.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6-sonli va 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023, 2009-yil 23-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 472-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
39/3-son
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat Qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 5-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;”.
2. 12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘linmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim”.
3. 22-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi”.
4. 27-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori bo‘lgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishi lozim”.
5. 32-band quyidagi tahrirdagi beshinchi―sakkizinchi xatboshlar bilan to‘ldirilsin:
“jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining manzili va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;
to‘lov o‘tkazmalarini amalga oshirishda vositachi sifatida ishtirok etsalar elektron o‘tkazmalar bilan birga jo‘natiladigan, jo‘natuvchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni to‘liq uzatilishini va saqlanishini ta’minlashlari shart;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan o‘zlarining chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishlari lozim;
chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bosh bankka axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishlari shart;”.
6. 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart”
7. 37-band quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;”.
8. 39-band quyidagi tahrirdagi 16-kichik band bilan to‘ldirilsin:
“16) norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki beg‘araz yordam sifatida pul mablag‘lari berilishi”.
9. 40-bandda 4-kichik bandida “hisobvaraqdan” degan so‘zidan keyin “yoki jo‘natuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
10. 44-bandda birinchi xatboshisidagi “mumkin bo‘lib, ularga nisbatan tijorat banki” degan so‘zlar “va ularga nisbatan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 45-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. 46-band:
birinchi xatboshisidagi “mumkin bo‘lib, ularga nisbatan tijorat banki” degan so‘zlar “va ularga nisbatan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining manzili va hisob raqami) to‘liq taqdim etilmagan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar;”;
“g” kichik bandi “d” kichik band deb hisoblansin.
13. 47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan taqdirda, bunday mijoz operatsiyani amalga oshirishi haqida (hisobvaraq ochish, hisobvaraqdan mablag‘ ko‘chirish va shu kabilarda) tijorat bankining tegishli bo‘linmasi Ichki nazorat xizmatiga xabar berishi kerak. Ichki nazorat xizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 5-son, 42-modda)