|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.11.2013
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 23-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2023]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-V, 20-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2528, 21.11.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
23/6-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Z. DO‘SANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
32-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6, 32-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Bank siri to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tijorat banki — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banki;
ichki nazorat — tijorat bankining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
Ichki nazorat xizmati — ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar hisoblangan tijorat bankining maxsus bo‘linmasi;
mas’ul xodim — tijorat banki filialida ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs;
Ichki nazorat xizmati xodimlari — ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati xodimlari, tijorat banki filialidagi mas’ul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari;
tijorat bankining ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan Ichki nazorat xizmatining tijorat bankining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yig‘indisi;
ichki hujjatlar — tijorat banki faoliyatini tartibga soluvchi va uning rahbariyati tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan hujjatlar;
ichki qoidalar — tijorat bankida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Departament);
mijoz — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirish to‘g‘risida tijorat bankiga topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, ya’ni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat ko‘radigan shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega bo‘lgan bir yoki bir necha shaxslar;
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida tijorat bankida gumon uyg‘otuvchi hamda uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya;
shubhali operatsiya — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida tijorat bankida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
bir marotabalik operatsiyalar — mijozlar tomonidan bank hisobvarag‘ini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar — tahlil qilinadigan davr mobaynida mijozlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar;
tahlil qilinadigan davr — keyingi tekshiruv bosqichida tijorat banki mijozning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga ko‘ra bir necha kundan bir necha oygacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan davr;
mijozlarni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish;
mijozni identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali yuridik shaxs bo‘lgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan hamda o‘zlarining milliy qonunchiligida bu boradagi xalqaro andozalarni joriy qilmayotgan davlatlar yoki hududlar. Mazkur davlat va hududlar ro‘yxati Departament tomonidan shakllantiriladi;
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar — pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan kontrol va nazorat qilish funksiyalariga ega bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va boshqa davlat organlari.
3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
tijorat bankining qasddan yoki qasddan bo‘lmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek, tijorat bankini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
4. Tijorat banklari ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mijozlarning haqiqiy egasini aniqlash va o‘rganish, shuningdek, operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash bo‘yicha asosli va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan choralarni amalga oshirish;
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga o‘z vaqtida taqdim etish;
alohida hollarda xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;
tegishli qarorlar qabul qilish uchun tijorat banki rahbariyatini aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga bo‘lgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bunday ma’lumotlarni boshqa tijorat banklari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq o‘zaro almashib borish;
respublikadagi va chet eldagi boshqa banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatishda ularning ichki nazorat tizimini o‘rganish;
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur bo‘lgan tadbirlar qo‘llash;
so‘rovnomalar bo‘yicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun Ichki nazorat xizmati quyidagilar bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:
qonunga xilof ish qilish holatlarini, shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun tijorat banki xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, ichki hujjatlarda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rish;
tijorat banki tomonidan qonun hujjatlari va tijorat banki ichki hujjatlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
tijorat banki faoliyatidagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlar talablariga rioya qilinmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar talablarini buzilish holatlarini oldini olish va bartaraf etish masalalari bo‘yicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.
6. Har bir tijorat banki qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar asosida Ichki nazorat xizmatining vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydigan nizomni ishlab chiqishi, bank kengashida tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim.
Mazkur Nizom Ichki nazorat xizmati to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni aks ettirishi kerak:
uning maqsadi va vazifalari;
uning tijorat bankining boshqa bo‘linmalaridan mustaqil bo‘lishini ta’minlash usullari;
uning tijorat bankining boshqa bo‘linmalari, shuningdek, tijorat banki ichki audit xizmati bilan o‘zaro munosabati;
o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek, mazkur ma’lumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha tijorat bankining boshqa bo‘linmalari xodimlarining majburiyati;
qonun hujjatlari va ichki hujjatlar bo‘yicha mumkin bo‘lgan buzilishlarni o‘rganish o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishi;
olingan ma’lumotlarni tijorat banki boshqaruvi raisiga va zarur hollarda tijorat banki kengashiga erkin ifodalash va oshkor etish huquqiga ega bo‘lishi;
boshqaruv raisiga tegishli hisobotni taqdim qilish majburiyati;
tijorat banki boshqaruviga qonun hujjatlari va standartlarga muvofiqlik masalalari bo‘yicha, jumladan mazkur sohadagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuzasidan maslahatlar berish majburiyati;
xodimlarni tanlash talablari va tartiblari;
malakani oshirish bo‘yicha maxsus kurslarda muntazam ravishda o‘qib borish majburiyatlari.
7. Tijorat banklari har yili mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni aks ettirgan holda ichki qoidalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim:
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
zarur bo‘lgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini ta’minlash tartibi;
Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan tijorat banki bosh ofisidagi Ichki nazorat xizmati rahbariga (keyingi o‘rinlarda — Ichki nazorat xizmati rahbari) qonun hujjatlari buzilishi dalillari to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka talablari;
gumonli operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishini oldini olishga qaratilgan choralar va boshqalar.
Ichki qoidalar tijorat banki kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
II. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
8. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank faoliyatining jihatlari, asosiy yo‘nalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
9. Tijorat bankining, shu jumladan uning filiallarining ichki nazorat tizimi tuzilmasi tijorat banki kengashi qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
10. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasi tijorat banki bosh ofisining Ichki nazorat xizmatini, shuningdek, tijorat bankining har bir filialidagi Ichki nazorat xizmatini yoki mas’ul xodimni o‘z ichiga oladi.
11. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
12. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki boshqaruvi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik ma’lumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘linmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimi lavozimiga tayinlanuvchi shaxsdan quyidagilar talab qilinadi:
bank va moliya qonunchiligini, shu jumladan, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarini bilish;
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega bo‘lish, shuningdek, muntazam ravishda malakani oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etish.
13. Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimi lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
o‘z faoliyati va axloqida ishonib topshirilgan bo‘linmani noto‘g‘ri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
14. Tijorat banki ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgandan so‘ng 10 (o‘n) kun muddat mobaynida tayinlangan shaxslar to‘g‘risidagi so‘rovnoma ma’lumotlarni ilova qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
15. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari quyidagi huquqqa ega:
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tijorat banki bo‘linmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli farmoyish beruvchi va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, tijorat bankining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
tijorat bankining boshqa bo‘linmalari mutaxassislaridan yordam so‘rash va olish;
tijorat banki bo‘linmalarining xonalariga kirish, shuningdek, tijorat banki boshqaruvi raisining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), kompyuter ma’lumotlarini qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash xonalariga kirish;
boshqaruv raisining yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan uning o‘rinbosarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirishga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni to‘xtatib turish haqida bank filiallari rahbarlariga ko‘rsatmalar berish;
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish bo‘yicha tijorat banki boshqaruvi raisiga takliflar taqdim etish;
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
16. Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari tijorat banki nomidan to‘lov (hisob-kitob), kredit va buxgalteriya hujjatlarini imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qo‘yish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas.
17. Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari o‘z vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
o‘z vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni ko‘rish;
tijorat bankining tegishli bo‘linmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;
o‘z vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
18. Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita tijorat banki boshqaruvi raisiga hisobdordir va tijorat bankining boshqa bo‘linmalaridan mustaqildir.
Ichki nazorat xizmati xodimlari bevosita Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
19. Tijorat banki bo‘linmalari xodimlari Ichki nazorat xizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki hujjatlarga muvofiq ko‘maklashadilar.
20. Tijorat banki bo‘linmalari xodimlarining Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tartibi ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
21. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida tijorat banklari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
22. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak:
a) xo‘jalik va fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni o‘rnatishda, shu jumladan:
yuridik yoki jismoniy shaxs bank hisobvarag‘ini (omonatni) ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda;
tijorat banki tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar xaridida;
jismoniy shaxs kredit olish uchun murojaat qilganida;
b) bir martalik operatsiyalar amalga oshirilgan quyidagi hollarda:
eng kam ish haqi miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) yo‘l cheklari sotilishida;
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini maydalanishida, almashtirilishida va (yoki) konversiyalanishida;
eng kam ish haqi miqdorining 100 baravariga teng yoki undan oshgan summada mijozlardan naqd chet el valyutasi va (yoki) yo‘l cheklarini ekspertiza uchun qabul qilinishida;
mijozlar tomonidan plastik kartochkalar bo‘yicha naqd xorijiy valyuta olinishida;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini va (yoki) chet el banklari va moliya institutlari tomonidan chiqarilgan yo‘l cheklarini sotib olinishida;
bank hisobvarag‘ini ochmasdan yoki hisobvaraqdan foydalanmasdan, pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda yoki qabul qilishda (kommunal va aloqa xizmati, budjet, budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bundan mustasno);
(22-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
v) shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
g) mijozning shaxsi to‘g‘risida avval olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga nisbatan gumonlar mavjud bo‘lganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
23. Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazishni.
24. Tijorat banki tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek, operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud bo‘lsa, tijorat banklari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) bo‘yicha choralarni ko‘rishlari lozim. Bunday holatlarda, tijorat banklari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
25. Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda operatsiyalar bajarilganda mijozni identifikatsiyalash plastik kartochkaning rekvizitlari asosida amalga oshiriladi.
Mijoz bankka kelmagan holda operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturlar yordamida shubhali operatsiyalar o‘tkazish haqidagi gumonlar mavjud bo‘lganda, tijorat banki tegishli dasturdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan, jumladan, bevosita bank xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan va lozim darajada tekshirilgan shaxslar tomonidan operatsiyalar amalga oshirilayotganligini mijozning yuridik manzili bo‘yicha o‘rganish huquqiga ega.
Yuqoridagilarni o‘rganish jarayonida, tijorat banki mijoz tomonidan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) talablariga rioya qilinishini, xususan pul hisob-kitob hujjatlarining rasmiylashtirilishi, vakolatli shaxslar (rahbari, bosh hisobchisi) tomonidan pul hisob-kitob hujjatlarining imzolanib tasdiqlanishi, ushbu hujjatlar bo‘yicha o‘tkazmalar aynan elektron imzolash huquqi mavjud bo‘lgan shaxs tomonidan elektron imzolash orqali tasdiqlangan holda amalga oshirilishiga, mazkur hujjatlarning saqlanishiga alohida e’tibor qaratishi lozim;
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yo‘qotmagan bo‘lishi shart.
26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, tijorat banki mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi lozim.
27. Yuridik shaxs — mijozlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilayotganda tijorat banklari ulardan davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori bo‘lgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishi lozim.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
28. Tijorat banki yuridik shaxs — mijozni batafsil o‘rganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
mijozning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
mijoz ustav fondi (kapitali)ning ro‘yxatga olingan miqdoriga.
29. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining o‘tkazilishi talab qilinmaydi.
30. Norezident — bank bilan vakillik munosabatlar o‘rnatilishida va amalga oshirilishida norezident — bankni identifikatsiyalashdan tashqari, tijorat banki quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
norezident — bankning ish faoliyati xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun u haqidagi axborotlarni yig‘ish;
ochiq ma’lumotlar asosida norezident — bankning obro‘sini va nazorat sifatini, jumladan, ushbu bankka nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador qonun hujjatlarini buzganlik uchun tergov olib borilgan yoki borilmaganligini aniqlash;
“tranzit hisobvaraqlar”ga nisbatan — bank — respondentda bank — korrespondent so‘rovi bo‘yicha mijoz to‘g‘risida kerakli identifikatsiyalashga oid zarur ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida tasdiq olish;
tranzit o‘tkazmalarini amalga oshirish maqsadida boshqa banklar bilan munosabatlarni o‘rnatishda elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni saqlash.
Norezident — bank bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qaror tijorat banki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
31. Tijorat banklari vakillik munosabatlari o‘rnatilayotgan norezident — banklar tomonidan tekshirishning xalqaro standartlar qo‘llanilishi va operatsiyalarga nisbatan tegishli tekshiruv tartiblaridan foydalanilishi haqida ishonch hosil qilishlari kerak.
32. Tijorat banklari vakillik munosabatlarini davom ettirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar hududida joylashgan norezident — banklarga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Tijorat banklari:
ular ro‘yxatdan o‘tgan davlatlarning hududida doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari bo‘lmagan banklar tomonidan hisobvaraqlari foydalanayotganligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan norezident — banklar bilan munosabatlar o‘rnatilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rishlari shart;
xalqaro hisob-kitoblar amalga oshirilishida mazkur hisob-kitoblar bilan bog‘liq to‘lov tafsilotlari va boshqa ma’lumotlarni bank — korrespondentlarga taqdim etishi mumkin;
jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining manzili va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalarga alohida e’tibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;
to‘lov o‘tkazmalarini amalga oshirishda vositachi sifatida ishtirok etsalar elektron o‘tkazmalar bilan birga jo‘natiladigan, jo‘natuvchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni to‘liq uzatilishini va saqlanishini ta’minlashlari shart;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan o‘zlarining chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga e’tibor qaratishlari lozim;
chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bosh bankka axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. O‘z navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishlari shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan beshinchi―sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Tijorat banklarining chet eldagi shu’ba banklari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
33. Mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq tijorat banki tomonidan avval indentifikatsiyalangan bo‘lsa.
34. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar aniqligiga gumon tug‘ilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
35. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar ro‘yxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda tijorat banki mazkur Qoidalarning VIII bobida o‘rnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
36. Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
yuridik shaxs boshqaruvi organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zining joylashgan eri (pochta manzili) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida;
shak-shubhasiz noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
37. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:
anonim (nomi ko‘rsatilmagan holda) shaxslarga, ya’ni hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;
o‘ylab chiqarilganligi aniq bo‘lgan nomlarga hisobvaraqlar ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
o‘zlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular ro‘yxatdan o‘tgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident — banklar bilan munosabat o‘rnatish va davom ettirish;
taqdim etuvchiga bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish.
38. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda tijorat banki Departamentga xabar berish masalasini ko‘rib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoxud u bilan har qanday ish munosabatlarini to‘xtatishga majbur.
Norezident — bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlar talablari buzilishi holatlari haqida axborot mavjud bo‘lgan taqdirda, tijorat banki boshqaruvi ushbu vakil bank bilan hamkorlikni to‘xtatishgacha bo‘lgan tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
IV. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
39. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo‘lganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:
1) tijorat banki tomonidan operatsiyaga yoki uni amalga oshirayotgan mijozga xatar darajasi yuqori deb berilgan;
2) pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro‘yxatga olingan shaxslarning hisobvarag‘iga yoki foydasiga ko‘chirilishi, yoxud bunday shaxslarning hisobvarag‘idan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kalendar kundan oshmagan muddat davomida oxirgi o‘tkazish (kelib tushish) kunida belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravariga teng bo‘lgan yoki undan oshadigan umumiy summada mablag‘lar bir marotaba yoki ko‘p marotaba o‘tkazilishi (kelib tushishi);
3) rezident — mijoz tomonidan tovar yetkazib berish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) shartnomasi bo‘yicha avval olingan badal summasini norezident foydasiga muntazam ravishda qaytarib berilishi;
4) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchligiga) gumon tug‘ilishi va (yoki) operatsiya to‘g‘risidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar tijorat bankida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;
5) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza (topshiriq, iltimosnoma) bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining g‘ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
6) mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan g‘ayrioddiy tashvishlanishi yoki tijorat banki tomonidan operatsiya haqida so‘ralgan ma’lumotlarni mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida noo‘rin kechiktirilishi;
7) amalga oshirilayotgan operatsiya bo‘yicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yo‘qligi;
8) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
9) mijoz faoliyati tavsifiga bog‘liq bo‘lmagan holda uning hisobvarag‘ida pul mablag‘lari aylanmasining asossiz ko‘payishi;
10) tijorat banki ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga nomuvofiqligi;
11) mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarga o‘xshash operatsiyalarning summalari asossiz taqsimlanishi;
12) hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi mijozning oddiy faoliyatidan farq qiluvchi nostandart yoki g‘ayrioddiy murakkab sxemalardan iborat bo‘lishi;
13) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish sxemasiga uning ijro qilinishini bevosita boshlanishidan oldin, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarning harakat yo‘nalishiga taalluqli bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilishi;
14) jismoniy shaxs tomonidan ayirboshlash kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshadigan summada bir qiymatdagi banknotlarni boshqa qiymatdagi banknotlarga ayirboshlash;
15) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan summada jismoniy shaxs tomonidan naqd pul ko‘rinishidagi pul mablag‘larini yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bank hisobvarag‘iga qarz, kredit, moliyaviy yordam, ustav fondi (kapital)ga qo‘yilma sifatida kiritilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
16) norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki beg‘araz yordam sifatida pul mablag‘lari berilishi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan 16-kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
40. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud bo‘lganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:
1) operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa;
2) jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan pul o‘tkazmalari tizimlari orqali bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida ko‘p marotaba eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasida pul mablag‘lari olinishi yoki jo‘natilishi;
3) jismoniy shaxslar tomonidan bir vaqtda yoki 3 oydan oshmagan muddat davomida ko‘p marotaba eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoriga teng yoki undan oshadigan umumiy summada chet el valyutasidagi pul mablag‘lari sotilishi yoki sotib olinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
4) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga nomi ko‘rsatilmagan holda, (anonim) shaxsga ochilgan hisobvaraqqa pul mablag‘lari ko‘chirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasiga nomi ko‘rsatilmagan holda, (anonim) shaxsga ochilgan hisobvaraqdan yoki jo‘natuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan pul mablag‘larining tushishi;
(40-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
5) tijorat banki tomonidan xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar toifasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya.
41. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarni qo‘shimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
V. Alohida hollarda xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar mezonlari
42. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaxslar hisoblanishi to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lganda har qanday operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs.
VI. Xatar darajasini aniqlash
43. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan ma’lumotlar asosida, mijozning faoliyati va operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda, Ichki nazorat xizmati mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishini baholashi va tegishli (yuqori yoki past) xatar darajasini belgilashi lozim (keyingi o‘rinlarda — xatar darajasi).
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tijorat banki avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotganligi to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma’lumotga tegishli shaxslar;
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
v) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan rezident va norezidentlar;
g) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
d) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
e) haqiqiy egasi mazkur bandning “a”, “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
j) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
z) mijozning shaxsan ishtirokisiz operatsiyani amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy komplekslardan foydalanuvchi mijozlar;
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
i) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
(44-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) muvofiq “i” kichik bandga o‘zgartirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Tijorat banki quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 44-bandining “a”, “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
b) offshor hududda ochilgan hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar;
v) qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar mavjud bo‘lgan zargarlik buyumlari bilan operatsiyalar, tijorat banklari o‘zlari amalga oshiradigan bunday operatsiyalardan tashqari;
Oldingi tahrirga qarang.
g) jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, jo‘natuvchining manzili va hisob raqami) to‘liq taqdim etilmagan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar;
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
(46-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
47. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan taqdirda, bunday mijoz operatsiyani amalga oshirishi haqida (hisobvaraq ochish, hisobvaraqdan mablag‘ ko‘chirish va shu kabilarda) tijorat bankining tegishli bo‘linmasi Ichki nazorat xizmatiga xabar berishi kerak. Ichki nazorat xizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart.
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-1, 02.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 5-son, 42-modda)
Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tijorat banki zarur hollarda u bilan ishlash bo‘yicha xatar darajasini qayta ko‘rib borishi lozim. Tijorat banklari barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek, iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq bo‘lgan operatsiyani g‘ayrioddiy amalga oshirish sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.
VII. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
48. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek, mijoz bilan ishlash bo‘yicha belgilangan xatar darajasi operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablag‘lar manbalarini o‘rganish uchun o‘tkaziladigan mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning monitoringiga asos bo‘lib hisoblanadi.
49. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur xodimlar gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita o‘z rahbariga va Ichki nazorat xizmati xodimlariga yozma ravishda xabar berishga majburdirlar.
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi Ichki nazorat xizmati xodimlari tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o‘tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
50. Gumonli operatsiyalar aniqlanganda tijorat bankining mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirig‘iga binoan zarur hollarda o‘tkazilayotgan operatsiya haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
51. Ichki nazorat xizmati xodimlari mijoz va operatsiya haqidagi ma’lumotlarni o‘rganadi, tegishli ma’lumotlarni Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida va mijoz so‘rovnomasida qayd etadi, shuningdek, ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
52. Asosli shubhalar mavjud bo‘lgan taqdirda Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
53. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holatda mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
54. Mijoz operatsiyasini shubhali deb tan olingandan so‘ng, Ichki nazorat xizmati rahbari tijorat bankining mijozga nisbatan kelgusi harakatlari yuzasidan, shu jumladan:
Departamentga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar berish;
tijorat bankining tegishli rahbarlarini va uning mijozlar bilan bevosita faoliyat yuritadigan mutasaddi bo‘linmalari rahbarlarini operatsiya shubhali deb tan olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilish;
mijoz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish;
mijoz bilan ishlash xatar darajasini qayta ko‘rib chiqish;
mijoz bilan operatsiyalar amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratish zaruriyati;
qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini to‘xtatish haqida qaror qabul qiladi.
Shubhali operatsiya haqidagi xabar tijorat banki tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq Departamentga beriladi.
55. Har bir xabar berilishi to‘g‘risidagi ma’lumot Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida qayd etib boriladi.
56. Tijorat banklari, shuningdek, tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan darhol Departamentga xabar berishlari zarur.
VIII. Alohida hollarda xabar berilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
57. Agar mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish davrida, yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoxud bir marotabalik operatsiyalarni o‘tkazishda Ichki nazorat xizmati rahbarida yoki xodimlarida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozimligi to‘g‘risida shubhalar paydo bo‘lsa, Ichki nazorat xizmati rahbari yoki xodimlari quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim:
mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish to‘g‘risida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;
operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida operatsiya to‘g‘risidagi xabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;
operatsiya haqidagi ma’lumotni Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritish.
58. Operatsiyani to‘xtatish faqatgina tijorat bankida mijoz to‘g‘risidagi mavjud axborotlar Ro‘yxatdagi ma’lumotlar bilan to‘liq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.
59. Operatsiya to‘xtatilgan taqdirda mijozning topshirig‘i asosida hisobvaraqlardan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.
Mijoz topshirig‘i operatsiyalari to‘xtatilgan mijozlarning topshiriqlari ro‘yxatga olinadigan alohida jurnalda ro‘yxatga olinishi, shuningdek, operatsiya to‘xtatilishi muddati tugaguniga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Operatsiyalari to‘xtatilgan mijozlarning topshiriqlarini ro‘yxatga olish uchun alohida jurnalda to‘xtatilgan operatsiyani, shuningdek, ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.
60. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish haqidagi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lganda, tijorat banki uni ko‘rsatilgan muddatgacha to‘xtatadi.
IX. Tijorat banklari tomonidan Departament so‘rovlarining bajarilishi
61. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni, shu jumladan tijorat bankining avtomatlashtirilgan axborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan so‘rash va bepul olish huquqiga ega.
62. Tijorat banklari Departamentning so‘rovlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.
63. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi xorijiy organlar so‘rov bilan Departamentga murojaat qiladilar. Departament Markaziy bank orqali tegishli so‘rovni tijorat banklariga taqdim etadi. Tijorat banklari bunday so‘rov asosida so‘ralayotgan ma’lumotni Departamentga taqdim etadilar.
X. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini ta’minlash
64. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘liq yoki qisman va xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar tijorat banki tomonidan, zarur hollarda, davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi mumkin.
65. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligiga gumon yoki boshqa zarurat paydo bo‘lgan taqdirda, tijorat banki tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
66. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz so‘rovnomasida qayd etiladi. Tijorat banki ichki hujjatlarga muvofiq mijoz so‘rovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.
67. So‘rovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar bo‘yicha elektron shaklda to‘ldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan mijozlar bo‘yicha so‘rovnomalar qog‘oz shaklida ham to‘ldiriladi.
Elektron shaklda to‘ldirilgan mijoz so‘rovnomasi qog‘oz shaklida chiqarilganda tijorat bankining bosh buxgalteri yoki u bo‘lmagan taqdirda, uning muovini yoxud mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/17-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 29-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2023-2, 19.11.2010-y.)tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 47-son, 433-modda)
68. Mijozlar so‘rovnomalari mijozlar maqomi bo‘yicha (yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha) xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va Ichki nazorat xizmati xodimi tomonidan saqlab boriladi.
Elektron shaklda to‘ldirilgan so‘rovnomalar tijorat bankining mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
69. Mijoz so‘rovnomasi tijorat bankida mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilgan kundan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi.
70. Mijoz so‘rovnomasida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarning o‘zgarishiga, shuningdek, u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, tijorat banklari zarur hollarda mijoz bilan ishlash bo‘yicha xatar darajasini qayta ko‘rib borishi lozim.
71. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborot zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
72. Tijorat banklari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari to‘xtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
73. Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga xabar berilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar.
Tijorat banki ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarni bankning xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) ta’minlaydi.
74. Uchinchi shaxslarga ma’lumotlar, shu jumladan so‘rovnomadan mijozning identifikatsiya ma’lumotlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
75. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan ma’lumotlar, tijorat banki mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish xatari yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba hamda boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
XI. Tijorat bankining, Ichki nazorat xizmati hamda boshqa bo‘linmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
76. Tijorat banklari, Ichki nazorat xizmati va boshqa bo‘linmalar rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
77. Qonun hujjatlari, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini tijorat banki xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida dalillar ma’lum bo‘lib qolgan tijorat banki xodimlari ushbu dalillarni darhol Ichki nazorat xizmati rahbariga yoki xodimlariga yozma ravishda yetkazadilar.
XII. Yakuniy qoidalar
78. Tijorat banklari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
79. Tijorat banki boshqaruvi ichki va tashqi vaziyatlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda, tijorat banki ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek, zarur holda samarali ishlashini ta’minlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tijorat banki ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.
80. Tijorat bankining ichki audit xizmati yoki boshqa nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan ichki nazorat tizimining kamchiliklari o‘z vaqtida tijorat banki boshqaruvi raisiga ma’lum qilinadi. Ma’lumotni olgandan so‘ng tijorat banki boshqaruvi raisi aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan
Ma’lumotlar
Ma’lumotlar
| 1. | Familiyasi, ismi, otasining ismi. |
| 2. | Tug‘ilgan sanasi va joyi. |
| 3. | Fuqaroligi. |
| 4. | Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi. |
| 5. | Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi. |
| 6. | Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (agar mavjud bo‘lsa). |
| 7. | Uy telefoni raqami (agar mavjud bo‘lsa). |
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan
Ma’lumotlar
Ma’lumotlar
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan ma’lumotlar:
a) to‘liq, shuningdek, agar, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi;
v) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami;
g) joylashgan eri (pochta manzili);
d) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar;
e) litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
j) yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar;
z) yuridik shaxs ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
i) ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
l) telefon raqamlari.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘lgan ma’lumotlar:
a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi;
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
g) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar;
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
e) telefon raqamlari.
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Mijoz so‘rovnomasida ko‘rsatiladigan
Ma’lumotlar
Ma’lumotlar
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
2. Xatar darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan xatarni baholash asoslari.
3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar natijalari.
4. Mijoz bilan munosabatlar o‘rnatilgan sana — tijorat bankidagi birinchi bank hisobvarag‘i (omonati) ochilgan sana.
5. Mijoz so‘rovnomasi to‘ldirilgan va o‘zgartirish kiritilgan sana.
6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul xodim, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
7. Qog‘oz shaklidagi mijoz so‘rovnomasini to‘ldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan holda) va elektron ko‘rinishdagi mijoz so‘rovnomasini to‘ldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 472-modda; 2010-y., 5-son, 42-modda; 2010-y., 47-son, 433-modda)