Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-mayda 1802-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2436, 20.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning kelgusidagi choralari toʻgʻrisida”gi 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 30-martdagi 2-5/21, 34, EG-01/10-1702, 01-02/8-10-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror (2007-yil 31-mart, roʻyxat raqami 1669 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 14-son, 149-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 29-fevraldagi 40, 16, EG-01/19-862, 01-02/8-18-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror (2008-yil 4-mart, roʻyxat raqami 1669-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 10-11-son, 65-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2008-yil 24-martdagi 42, 25, NN-01/10-1620, 01-02/8-26-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror (2008-yil 26-mart, roʻyxat raqami 1669-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 12-13-son, 82-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
52-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
46-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
EG-01/19-2784-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
01-02/8-38-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxati*
T/r TIF TN kodi (2007-yil versiyada) Tovarning qisqacha nomlanishi
1.‎ 7304 11 900, 7305 11 000, 7305 12 000, 7305 19 000 0, 7306 11 900 0 ‎ Neft va gaz quvurlari
2.‎ 7304 22 000, 7304 23 000, 7304 24, 7304 29 ‎ Neft yoki gaz konlarini burgʻulash uchun aylanma, nasos/kompressor va burgʻulash quvurlari
3.‎ 8401‎ Yadroviy reaktorlar; …izotoplarni ajratish uchun jihozlar va moslamalar
4.‎ 8402‎ Bugʻ yoki boshqa bugʻ ishlab chiqaruvchi qozonlar; … bugʻni qayta isituvchi suv qozonlari
5.‎ 8403 (8403 10 900 0 dan tashqari) Markaziy isitish qozonlari, 8402 tovar pozitsiyasidagi qozonlardan tashqari
6.‎ 8404‎ 8402 yoki 8403 tovar pozitsiyali qozonlarda foydalaniladigan qoʻshimcha jihozlar…, bugʻli suv yoki boshqa kuchlanishli moslamalar uchun kondensatorlar
7.‎ 8405‎ Gazogeneratorlar yoki tozalash moslamasi bor suvli gaz generatorlari…
8.‎ 8406‎ Suv bugʻidagi turbinalar va boshqa bugʻli turbinalar
9.‎ 8410‎ Gidroturbinalar, suv gʻildiraklari va ularning regulyatorlari
10.‎ 8412‎ Dvigatellar va boshqa kuchlanishli moslamalar
11.‎ 8413 40 000 0—8413 91 000 (8413 70 210 0, 8413 70 290 0, 8413 70 810 0, 8413 70 890 0 dan tashqari) Yoqilgʻi nasoslari, moyli yoki ichki yonish dvigatellariga sovutuvchi suyuqlik quyish uchun, nasos qismlari…,
12.‎ 8414 (8414 20, 8414 51 000, 8414 60 000 0 dan tashqari) Havo va vakuum nasoslari...
13.‎ 8415 81 001 0‎ Sanoat konditsionyerlari…‎
14.‎ 8417‎ Gornlar va sanoat yoki laboratoriya oʻchoqlari…
15.‎ 8418 61 00—8418 69 000‎ Boshqa sovutish va muzlatish jihozlari; issiqlik nasoslari
16.‎ 8419‎ Mashinalar, elektr va elektrsiz isiydigan sanoat va laboratoriya jihozlari...harorat oʻzgarishi bilan bogʻliq jarayonda materiallarga ishlov berish uchun.
17.‎ 8420‎ Kalandarlar va boshqa valkali mashinalar…
18.‎ 8421 *** (maishiy suv filtlaridan tashqari) Sentrifugalar, shu jumladan markazdan qochuvchi quritgichlar; suyuqlik va gazlarni filtratsiya qilish yoki tozalash uchun jihozlar va moslamalar
19.‎ 8422 20 000, 8422 30 000, 8422 40 000, 8422 90 (TIF TN kodi 8422 11 000 0, 8422 19 000 0 boʻlgan jihozlar uchun moʻljallangan ehtiyot qismlardan tashqari) Shishalar yoki boshqa idishlarni yuvish va quritish jihozlari; shishalarni, bankalarni toʻldirish, tiqinlash, yashiklarni yopish uchun moʻljallangan jihozlar; oʻrash va joylash jihozlari...va ularning qismlari
20.‎ 8423 (8423 10, 8423 81 500 0, 8423 90000 dan tashqari) ...tovarlarni tortish uchun jihozlar, shu jumladan, tortilayotgan yuk vazni bilan harakatga keltiriladigan hisoblash yoki nazorat mashinalari…
21.‎ 842430‎ Purkovchi yoki sochuvchi mashinalar va shunga oʻxshash supurish moslamalari
22.‎ 8424 89 000 9 (sanoatda tovar ishlab chiqarish maqsadida foydalanish uchun) Suyuqli yoki kukunni tarqatish, otish, mayda zarrachalarga aylantirish ....uchun mexanik moslamalar (qoʻl boshqaruvi yoki boshqaruvisiz) (sanoatda foydalanish uchun), boshqalar..
23.‎ 8425 (8425 49 000 0 dan va avtomobillar uchun koʻchirma domkratlardan tashqari) Yuk koʻtargich talilar va koʻtargichlar…, lebedkalar va kabestanlar; domkratlar
24.‎ 8426 11 000 0 — 8426 19 000 0, ‎8426 20 000 0 (yuk koʻtarish qobiliyati 8 tn. gacha boʻlgan minorali kranlardan tashqari), ‎8426 30 000 0 — 8426 99 000 0 ‎ ‎ Kema derrik-kranlar; koʻtarish kranlari, shu jumladan kabel — kranlar; harakatlanadigan koʻtarma fermalar, portalli yuk ortuvchilar va yuk koʻtarish krani bilan jihozlangan aravachalar‎
25.‎ 8427‎ Panshaxasimon ilgakli ortgichlar; yuk koʻtargich yoki yuk ortish/tushirish moslamalari bilan jihozlangan yuk ortgichlar
26.‎ 8428 (fuqarolik qurilishida ishlatiladigan liftlardan tashqari) Koʻtarish, siljitish, ortish va tushirish mashinalari va moslamalar... boshqalar
27.‎ 8429‎ Burilmaydigan va buriladigan agʻdargichli buldozyerlar, greydyerlar, tarxlagichlar…, oʻziyurar yoʻl katoklari
28.‎ 8430‎ Tarxni koʻchirish, tuproqni zichlash, chuqurlashtirish yoki burgʻulash mashinalari va boshqa mexanizmlar,…; qoziqoyoqlarni qoqish va chiqarish uchun jihozlar; plugli va rotorli qor tozalagichlar
29.‎ 8433 (8433 11, 8433 19, 8433 20, 8433 53 100 0 dan tashqari) Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yigʻish yoki yanchish uchun mashinalar va mexanizmlar, shu jumladan press-yigʻuvchilar...
30.‎ 8434‎ Sogʻish moslamalari va apparatlari, sutga ishlov berish va sutni qayta ishlash jihozlari
31.‎ 8435‎ Vinochilik, sidr, meva sharbatlari yoki shunga oʻxshash ichimliklarni ishlab chiqarish uchun presslar, maydalagichlar va shu kab� mashinalar
32.‎ 8436 (8436 91 000 0, 8436 99 000 0 dan tashqari) Qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi, parrandachilik yoki asalarichilik uchun boshqa jihozlar…
33.‎ 8437‎ Urugʻ, don yoki quruq dukkakli ekinlarni tozalash, navlarga ajratish yoki tuksizlantirish mashinalari; un tortish sanoatiga oid jihozlar...
34.‎ 8438‎ Oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklarni…, mol yogʻi yoki uchuvchan boʻlmagan moylarni ekstragirlash; yoki sanoat yoʻli bilan tayyorlash uchun jihozlar
35.‎ 8439 (8439 99 dan tashqari) Tolali sellyuloza materiallaridan massa tayyorlash yoki qogʻoz yoki kartonga ishlov berish uchun jihozlar
36.‎ 8440‎ Muqovalash uchun jihozlar, shu jumladan kitob bloklarini tikish uchun jihozlar
37.‎ 8441‎ Qogʻoz massasi, qogʻoz yoki kartondan mahsulot ishlab chiqarish uchun jihozlar, shu jumladan barcha turdagi kesish mashinalari va boshqalar
38.‎ 8442 (8442 50 dan tashqari) Bosma bloklarni tayyorlash yoki yasash uchun shrift qoʻyish yoki shrift terish mashinalari, apparatura va jihozlar
39.‎ 8443 *** (8443 31—8443 99 dan tashqari) Bosma mashinalar…, bosib chiqarish jarayonida qoʻllaniladigan qoʻshimcha mashinalar
40.‎ 8444 00 *** Sunʼiy toʻqimachilik materiallarini ekstrudirlash, choʻzish, teksturlash yoki kesish uchun mashinalar
41.‎ 8445 *** Toʻqimachilik tolalarini tayyorlash uchun mashinalar …, toʻqimachilik kalavasini toʻqish, eshish yoki chiyirish mashinalari va boshqa jihozlar …
42.‎ 8446 *** Toʻqimachi�ik dastgohlari
43.‎ 8447 ***‎ Trikotaj, toʻqish-tikish mashinalari…, tafting mashinalar
44.‎ 8448 *** 8444, 8445, 8446 yoki 8447 tovar pozitsiyali mashinalardan foydalanish uchun qoʻshimcha jihozlar …
45.‎ 8449 00 000 0 ***‎ Namat, fetr, parcha yoki bichish paytidagi notoʻqimachilik materiallari ishlab chiqarish yoki ishlov berish; … shyapalar yasash uchun qoliplar
46.‎ 8451 ***‎ Yuvish, tozalash, siqish, quritish, dazmollash, preslash ..., oqartirish, boʻyash, appretirlash, bezash, kalava, matolar yoki tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini qoplash yoki shimdirish uchun jihozlar …
47.‎ 8452 21 000 0 ***, 8452 29 000 0 *** Tikuv mashinalari …
48.‎ 8453‎ Teri yoki poʻstin tayyorlash, oshlash yoki ishlov berish uchun yoki poyabzal yasash yoki taʼmirlash uchun jihozlar …
49.‎ 8454‎ Metallsozlik yoki quymachilik sanoatida ishlatiladigan konvertyerlar, quyish kovshi, izlojnitsalar va quyish mashinalari
50.‎ 8455‎ Prokat dastgohlari va ular uchun valkalar
51.‎ 8456‎ Lazer nuri yoki boshqa yorugʻlik yoki foton nuri yordamida olib tashlash yoʻli bilan har qanday materiallarga ishlov berish uchun dastgohlar …
52.‎ 8457‎ Metallga ishlov berish uchun ishlov berish markazlari, bir pozitsiyali va koʻp pozitsiyali agregat dastgohlari
53.‎ 8458‎ Tokarlik … metall kesuvchi dastgohlar
54.‎ 8459‎ Metall kesuvchi … tashqi va ichki rezbani parmalash, yoʻnib kengaytirish, frezirovka qilish uchun dastgohlar …
55.‎ 8460‎ Dagʻal ishlov berish-silliqlash, yoʻnib kengaytirish, silliqlash, xoninglash, maxsus ishlov berish, polirovka qilish dastgohlari…
56.‎ 8461‎ Boʻylamasiga ishlov berish, yonlamasiga ishlov berish, uzaytirish dastgohlari…
57.‎ 8462‎ Metallarga burtma qoliplash, bolgʻalash yoki qoliplash orqali ishlov berish uchun … dastgohlar
58.‎ 8463‎ Metallarga yoki metallokeramikaga metallni olib tashlashsiz ishlov berish dastgohlari …
59.‎ 8464‎ Tosh, sopol, betonga ishlov berish uchun dastgohlar …
60.‎ 8465‎ Yogʻoch, poʻkak, suyak, ebonit qattiq plastmassa yoki shunga oʻxshash qattiq materiallarga ishlov berish uchun … dastgohlar
61.‎ 8468‎ Past haroratli kavsharlash, yuqori haroratli kavsharlash yoki payvandlash uchun jihozlar va apparatlar …
62.‎ 8474‎ Tuproq, tosh, rudalarni ... turlarga ajratish, gʻalvirdan oʻtkazish, separatsiya qilish, yuvish uchun jihozlar…
63.‎ 8475‎ Elektr yoki elektron lampalar, trubkalar yoki elektron-nurli trubkalarni yigʻish uchun mashinalar …
64.‎ 8477‎ Rezina yoki plastmassaga ishlov berish yoki shu materiallardan mahsulot ishlab chiqarish uchun jihozlar …
65.‎ 8478‎ Tamaki tayyorlash va yasash uchun mashinalar …
66.‎ 8479 (8479 10 000 0, 8479 89 970 1, 8479 90 dan tashqari) Individual funksiyalarga ega mashinalar va mexanik moslamalar …
67.‎ 8504 (8504 21 000 0, 8504 22 100 0, 8504 22 900 0, 8504 33 000 0, 8504 34 000 0 dan tashqari) Elektr, statik transformatorlar …
68.‎ 8514‎ Sanoat yoki laboratoriya elektr oʻchoqlari va kameralari …
69.‎ 8515 (8515 80 110 0 dan tashqari) Elektr, lazer yoki boshqa yorugʻlik yoki foton yordamida …past haroratli kavsharlash yoki yuqori haroratli kavsharlash yoki payvandlash uchun mashinalar va apparatlar
70.‎ 8525 (8525 80 dan tashqari) Radiotelefon, radiotelegraf aloqa, radioeshittirish yoki televideniye uchun uzatish apparaturasi …
71.‎ 8526‎ Radiolokatsiyaviy, radionavigatsiyaviy apparatura va masofali boshqarish uchun radioapparatura
72.‎ 8530 10 000 0‎ Temir yoʻl yoki tramvay yoʻllari uchun jihozlar
73.‎ 8543 (8543 70 900 dan tashqari) Ushbu guruhning boshqa joyida nomi keltirilmagan yoki unga kiritilmagan individual funksiyalarga ega elektr mashinalar va apparatura
74.‎ 8601‎ Tashqi elektr manbaidan yoki akkumulyator manbaidan foydalaniladigan temir yoʻl lokomotivlari
75.‎ 8602‎ Temir yoʻl lokomotivlari; lokomotiv tendyerlari
76.‎ 8604 00 000 0 (faqat temir yoʻllar uchun) Temir yoʻllarga remont yoki texnik yordam uchun moʻljallangan oʻzi yurar va oʻzi yurmaydigan transport vositalari (masalan, master vagonlar, kranlar, shpal teradigan mashinalar, nazorat oʻlchagichli vagonlar va yoʻllarni nazorat qiluvchi transport vositalari)
77.‎ 8605 00 000 0 (faqat temir yoʻllar uchun) Temir yoʻl vagonlari, oʻzi yurmaydigan yoʻlovchi, bagaj, pochta vagonlari va boshqa oʻzi yurmaydigan maxsus temir yoʻl vagonlari (8604 tovar pozitsiyasiga kiradiganlardan tashqari)
78.‎ 8606 (faqat temir yoʻllar uchun) Temir yoʻl vagonlari, oʻzi yurmaydigan yuk vagonlari
79.‎ 8701 30 900 0‎ Boshqa gusenitsali traktorlar
80.‎ 8702 — haydovchi bilan birga 30 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan, Yevro 2 va undan ortiq standartlarga mos keladigan avtobuslar Haydovchi bilan birga 30 kishi va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan motorli transport vositalari
81.‎ 8704 10, ‎8704 21 100 0, ‎8704 22 100 0, ‎8704 23 100 0, ‎8704 23 910 1, ‎8704 23 910 2, ‎8704 23 910 4, ‎8704 31 100 0, ‎8704 32 100 0 ‎Yevro 3 va undan ortiq standartlarga mos keladigan, 8705 (yuk koʻtarish qobiliyati 25 tn. gacha boʻlgan avtokranlardan tashqari TIF TN kodi 8705 10 009 0) ‎Yevro 2 va undan ortiq standartlarga mos keladigan ‎ Yuk tashish va maxsus maqsadlarga moʻljallangan motorli transport vositalari‎
82.‎ 8709‎ Zavodlar, omborlar, bandargohlar yoki aeroportlarda yuklarni qisqa masofalarga tashishda foydalaniladigan sanoat maqsadlariga moʻljallangan, oʻziyurar, koʻtarish yoki yuk ortish moslamalari bilan jihozlanmagan transport vositalari
83.‎ 8716 39 300 1** (faqat “Oʻzavtosanoat” jamiyatining korxonalari uchun) Umumiy ogʻirligi 15 tonnadan ortiq va uzunligi 13,6 metrdan kam boʻlmagan boshqa yangi avtomobil polupritseplari
84.‎ 8905 10 900 0‎ Boshqa yer qaziydigan toʻp moslamalar

841‎.

9011 10 900 0, 9011 80 000 0‎‎ ‎

Mikroskop, trixonoskop‎‎

842.‎

9012 10 900 0‎ ‎

Mikroskop raqamli universal IMS, BMU‎‎

85.‎

9018‎ Tibbiyotda, jarrohlikda qoʻllaniladigan asboblar va moslamalar …
86.‎ 9022 19 000 0, 9022 29 000 0 (sanoatda foydalanish uchun) Rentgen, alfa-, beta- yoki gamma nurlaridan foydalanishga asoslangan apparatura … boshqalar
87.‎ 9024‎ Qattiqlik, pishiqlik, siqilish, qayishqoqlik yoki boshqa mexanik xususiyatlar va materiallarni sinab koʻrish uchun mashinalar va moslamalar …
88.‎ 9025‎ Suyuqlikka choʻktirish paytida amal qiluvchi areometrlar va boshqa shunga oʻxshash asboblar …
89.‎ 9026‎ Suyuqlik va gazlarning sarflanishi, darajasi, bosimi va boshqa oʻzgaruvchan xarakteristikalarini oʻlchash uchun asboblar va apparatura …
90.‎ 9027‎ Fizikaviy va kimyoviy tahlil uchun asboblar va apparatura …
91.‎ 9030‎ Ossilloskoplar, spektrometrlar, elektr hajmini oʻlchash va nazorat qilish uchun boshqa asboblar va apparatura …
92.‎ 9031‎ Oʻlchov yoki nazorat asboblari, moslamalar va mashinalar …
93.‎ 9032‎ Avtomatik regulirovka va boshqaruv uchun asboblar va moslamalar
* Import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha imtiyozlar yangi texnologik uskunalarga qoʻllaniladi hamda butlovchi va ehtiyot qismlarga, agarda ular kontraktga (shartnomaga) muvofiq texnologik jihozlar bilan birga ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan taqdirda tatbiq qilinadi.
Yangi texnologik uskuna deganda — erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida, uni ishlab chiqarilgan yili 3 yildan koʻp boʻlmagan texnologik uskuna tushuniladi.
** Faqat “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining oʻz ishlab chiqarish ehtiyoji uchun (begonalashtirmaslik sharti bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan miqdorda.
*** Import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha imtiyozlar shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili 3 yildan ortiq boʻlgan toʻqimachilik sohasi korxonalarini tashkil etish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari uchun korxonalar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya hisobiga korxona ustav fondiga ulush sifatida keltiriladigan texnologik uskunalarga qoʻllaniladi.
Imtiyozlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi:
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK va “Oʻzengsanloyiha” MChJning keltirilayotgan uskunaning zamonaviy texnologiyalar talablariga va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasi;
import qilinayotgan uskunalar oʻrnatiladigan korxonaning, ushbu uskunalarni korxona ustav fondiga ulush sifatida kiritilishini koʻrsatadigan taʼsis hujjatlari.
Koʻrsatib oʻtilgan xulosalar (hujjatlar) uskunalarni erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida BYuD bilan birga taqdim etilishi zarur.
(Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 54, 25, EG-01/10-1463, 01-02/8-6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1802-3, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 119-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 163-modda; 39-son, 399-modda; 2009-y., 36-son, 396-modda; 2010-y., 14-15-son, 119-modda)