|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.05.2008
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA BOJXONA TOʻLOVLARIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-martda 1669-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1802, 03.05.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 30-martdagi 2-5/21, 34, EG-01/10-1702, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga (2007-yil 31-mart, roʻyxat raqami 1669 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 14-son, 149-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
42-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
25-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
NN-01/10-1620-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart,
01-02/8-26-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-martdagi 42, 25, NN-01/10-1620, 01-02/8-26-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 721 va 751-bandlar qoʻshilsin:
| 721. | 8701 30 900 | Boshqa gusenitsali traktorlar |
| 751. | 8905 10 900 | Boshqa zemsnaryadlar |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 82-modda)