Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-oktabrda 1097-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23 va 24-sonlar, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 7, 2002-8-son qaror bilan tasdiqlangan “Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2002-yil 15-fevral, ro‘yxat raqami 1097 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-4-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son 121-modda; 2005-y., 5-6-son, 41-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-oktabr,
98-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-oktabr,
2005-59-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 41-42-son, 324-modda)