|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.03.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
AUDITOR MALAKA SERTIFIKATINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 977-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3105, 21.12.2018-y.) asosan 2019-yil 23-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning koʻrsatayotgan xizmatlari sifati uchun javobgarligini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 155-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2000-yil 25-sentabrdagi 68-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (2000-yil 13-oktabr, roʻyxat raqami 977 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 19-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-iyun,
65-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 310-modda)