Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.04.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI UChUN DAROMAD SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 13-oktabrda 1260-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26, 2007-22-sonli “Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat № 1667, 28.03.2007-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 7-iyuldagi 76 va 2003-62-son qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (2003-yil 21-iyul, roʻyxat raqami 1260 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova matni rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
95-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
2005-53-son