1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.03.00 (Кучини йукотган) Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OBODONLAShTIRISh VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISh SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-mayda 1680-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvarda 9, 2002-6-son bilan tasdiqlangan “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1100 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 3-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2003-yil 18-fevralda 31, 2003-30-son bilan tasdiqlangan “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 28-fevral, roʻyxat raqami 1100-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 4-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 6-yanvarda 3, 2004-03-son bilan tasdiqlangan “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (2004-yil 30-yanvar, roʻyxat raqami 1100-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 49-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 18-yanvarda 10, 2005-07-son bilan tasdiqlangan “Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (2005-yil 8-fevral, roʻyxat raqami 1100-3 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-sonlar, 46-modda);
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
38-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
2007-27-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 6-apreldagi 38, 2007-27-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Soliqni toʻlovchilar
1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchilari boʻlib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblanadilar.
Soliq solish maqsadida mazkur Yoʻriqnomada yuridik shaxslar deganda mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki boʻlgan va oʻz majburiyatlari boʻyicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob raqamiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalar ham tushuniladi.
2. Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchilari boʻlib hisoblanmaydilar:
a) notijorat tashkilotlari. Bunda tadbirkorlik faoliyatidan daromad oluvchi notijorat tashkilotlari ushbu faoliyat boʻyicha soliqni umumbelgilangan tartibda toʻlaydilar;
b) soliq solishning soddalashtirilgan tartibi oʻrnatilgan yuridik shaxslar, agar ularda qonunchilikka binoan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlash majburiyati yuzaga kelmasa.
II. Soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza
3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblashda soliq solish obyekti boʻlib, hisoblangan foyda soligʻi chegirilganidan keyingi sof foyda(daromad) hisoblanadi.
4. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblashda soliqni toʻlovchilar uchun soliq solish bazasi boʻlib:
a) balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmaganlar uchun — sof foyda;
b) balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlganlar uchun — toʻgʻrilangan sof foyda hisoblanadi.
Toʻgʻrilangan sof foyda quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Sf + Xis – S, bunda:
Sf — sof foyda;
Xis — ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlab turish boʻyicha amaldagi xarajatlar;
S — foyda(daromad) soligʻining hisoblangan summasi, u foyda(daromad) soligʻining belgilangan stavkasi va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlab turish boʻyicha amaldagi xarajatlari summasidan kelib chiqib hisoblanadi (Xis x foyda(daromad) soligʻi stavkasi / 100).
5. Mazkur Yoʻriqnomani qoʻllash maqsadida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga sogʻliqni saqlash, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari va umumtaʼlim maktablari kiradi.
III. Soliq stavkasi
6. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining eng yuqori stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oʻrnatiladi.
7. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining aniq stavkasi miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan belgilanadi.
IV. Soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim qilish va toʻlash tartibi
8. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi soliq solish bazasi va belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblanadi.
Bunda, agar balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari mavjud boʻlgan soliq toʻlovchida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlab turish boʻyicha amaldagi xarajatlari:
hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summasiga teng yoki undan koʻp boʻlsa, soliq toʻlanmaydi;
hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summasidan kam boʻlsa, budjetga toʻlanadigan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlab turish boʻyicha haqiqatdagi xarajatlar farqi sifatida aniqlanadi.
9. Chorak davomida soliq toʻlovchilar, mazkur Yoʻriqnomaning 10-bandida koʻrsatilganlaridan tashqari, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlaydilar.
Joriy toʻlovlar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda joriy chorak birinchi oyining 5-kuniga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining joriy toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan taxmin qilinayotgan sof foyda summasi va belgilangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Joriy toʻlovlar har oyning 25-kunidan kechiktirmay, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi choraklik summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlanadi.
10. Joriy toʻlovlar quyidagilar tomonidan toʻlanmaydi va mos ravishda, Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining joriy toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim qilinmaydi:
hisobot choragida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari (foydasi) eng kam ish haqining 200 barobarigacha miqdorda boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan;
oʻtgan hisobot choragida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlab turish boʻyicha xarajatlari summasi sof foyda summasiga teng yoki undan koʻp boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan;
yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtmagan mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan;
yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan.
11. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar roʻyxatdan oʻtkazilgan joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har chorakda oʻsib boruvchi yakun bilan hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida taqdim etiladi.
12. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar:
balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda;
balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda taqdim qilinadi.
13. Hisob-kitob boʻyicha hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summasi oʻsib boruvchi yakun bilan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitoblarini taqdim qilish muddatidan kechiktirmay toʻlanadi.
14. Budjet bilan hisob-kitoblar buxgalteriya hisobi budjetga toʻlovlar boʻyicha (turlar boʻyicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaragʻi boʻyicha yuritiladi. Belgilangan tartibda hisoblangan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga olish hisobvaragʻi krediti va soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash uchun foydani ishlatishni hisobga olish hisobvaragʻi debeti boʻyicha yuritiladi.
Oʻtkazilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summalari budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga olish hisobvaragʻi debeti va pul mablagʻlarini hisobga olish hisobvaragʻi krediti boʻyicha aks ettiriladi.
V. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi
15. Soliq toʻlovchilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliqni toʻgʻri hisoblanishi, hisob-kitoblarning taqdim etilishi va soliqlarning toʻlanishini oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
VI. Davlat soliq xizmati organlarining nazorati
16. Mazkur Yoʻriqnomaning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat Davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
(keraklisiga “V” belgisi, mavjud boʻlmaganiga “—” belgisi qoʻyilsin)
bolalarning maktabgacha tarbiya
muassasalari
umumtaʼlim maktablari
Yuridik shaxsning manzili _______________________________________________________
Pochta manzili _________________________________________________________________
Telefon:
kod
raqam
Maʼlumotnomani taqdim etish muddati (kun/oy/yil)
______________________________________________________________ ga taqdim etiladi
(roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi)
Koʻrsatkich
Satr kodi
Summa (soʻm)
Chorak davomida taxmin qilinayotgan foyda (daromad) summasi
010
foyda (daromad) soligʻi stavkasi, %
020
Budjetga toʻlanadigan foyda (daromad) soligʻi summasi (010-satr x 020-satr)
030
Taxmin qilinayotgan sof foyda(daromad) (010-satr – 030-satr)
040
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarini taʼminlash xarajatlarining taxminiy summasi
050
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi stavkasi, %
060
Budjetga toʻlanadigan soliq summasi [(040-satr – 050-satr) x 060-satr]
070
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining joriy toʻlovlari toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
Mazkur maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:
Davlat soliq xizmati organining xodimi tomonidan toʻldiriladi
Rahbar:
Ushbu xabarnoma (kerakligiga “V” belgisi qoʻyilsin)
STIR
F.I.Sh.
________________________
qogʻozda
elektron koʻrinishida
Imzo
________________________
elektron
Bosh hisobchi
shaxsan
pochta
pochta
STIR
orqali
orqali
F.I.Sh.
________________________
varaqda taqdim etildi
Imzo
________________________
Taqdim
etilgan sana
(kk/oo/yy)
Sana
F.I.Sh.
_____________________________
(kk/oo/yy)
Imzo
M.Oʻ.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
STIR
varaq
0
1
Hujjat turi
/
Hisobot davri
chorak
Hisobot yili
Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchi toʻgʻrisida MAʼLUMOT
Yuridik shaxsning toʻliq nomi ____________________________________________________________________
Ijtimoiy infratuzilma obyektlari:
sogʻliqni saqlash obyektlari
(keraklisiga “V” belgisi qoʻyilsin)
bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalari
umumtaʼlim maktablari
Ishchilar soni
kishi
Mikrofirma
Kichik korxona
Yirik korxona
(kerakligiga “V” belgisi
qoʻyilsin)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Yuridik shaxsning manzili _______________________________________________________
Pochta manzili _________________________________________________________________
Telefon:
kod
raqam
Ushbu
varaqda tuzilgan, unga ilova
Oʻlchov
hisob-kitob
qilingan tasdiqlovchi
varaqda
birligi
soʻm
hujjatlar yoki ularning nusxalari
Hisob-kitobni taqdim etish muddati (kun/oy/yil)
______________________________________________________________ ga taqdim etiladi
(roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi)
Mazkur hisob-kitob koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:
Davlat soliq xizmati organining xodimi tomonidan toʻldiriladi
Rahbar:
Ushbu xabarnoma (kerakligiga “V” belgisi qoʻyilsin)
STIR
F.I.Sh.
________________________
qogʻozda
elektron koʻrinishida
Imzo
________________________
elektron
Bosh hisobchi
shaxsan
pochta
pochta
STIR
orqali
orqali
F.I.Sh.
________________________
varaqda taqdim etildi
Imzo
________________________
Taqdim
etilgan sana
(kk/oo/yy)
Sana
F.I.Sh.
_____________________________
(kk/oo/yy)
Imzo
M.Oʻ.
STIR
varaq
0
2
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Summa
Tuzatish kiritilgan sof foyda (0101-satr + 0102-satr – 0103-satr)
010
shu jumladan:
sof foyda (“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shaklining 240-satri – 250-satr)
0101
soliq toʻlovchi balansida boʻlgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarini taʼminlashning haqiqiy xarajatlari
0102
hisoblangan daromad (foyda) soligʻi summasi [(0102-satr x daromad (foyda) soligʻi stavkasi) / 100]
0103
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi (% da)
020
hisoblangan soliq summasi (010-satr x 020-satr)
030
budjetga toʻlanadigan soliq summasi (030-satr – 0102-satr)
040
avvalgi davr uchun hisob-kitob boʻyicha soliqning hisoblangan summasi (avvalgi hisob-kitobning 040-satri)
050
soliq summasi (040-satr – 050-satr):
qoʻshimcha toʻlashga
060
kamaytirishga
070
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi toʻlovchilarining hisob-kitobi
Izoh: 0102-satrdagi summa 030-satrdagi summaga teng yoki ortiq boʻlgan taqdirda, 040-satrga “0” qoʻyiladi, yaʼni toʻlovchi obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma soligʻini toʻlamaydi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
STIR
varaq
0
1
Hujjat turi
/
Hisobot davri
chorak
Hisobot yili
Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchi toʻgʻrisida MAʼLUMOT
Yuridik shaxsning toʻliq nomi ____________________________________________________________________
Ishchilar soni
kishi
Mikrofirma
Kichik korxona
Yirik korxona
(kerakligiga “V” belgisi
qoʻyilsin)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma
Yuridik shaxsning manzili _______________________________________________________
Pochta manzili _________________________________________________________________
Telefon:
kod
raqam
Ushbu
varaqda tuzilgan, unga ilova
Oʻlchov
hisob-kitob
qilingan tasdiqlovchi
varaqda
birligi
soʻm
hujjatlar yoki ularning nusxalari
Hisob-kitobni taqdim etish muddati (kun/oy/yil)
______________________________________________________________ ga taqdim etiladi
(roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organining nomi)
Mazkur hisob-kitobda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:
Davlat soliq xizmati organining xodimi tomonidan toʻldiriladi
Rahbar:
Ushbu xabarnoma (kerakligiga “V” belgisi qoʻyilsin)
STIR
F.I.Sh.
________________________
qogʻozda
elektron koʻrinishida
Imzo
________________________
elektron
Bosh hisobchi
shaxsan
pochta
pochta
STIR
orqali
orqali
F.I.Sh.
________________________
varaqda taqdim etildi
Imzo
________________________
Taqdim
etilgan sana
(kk/oo/yy)
Sana
F.I.Sh.
_____________________________
(kk/oo/yy)
Imzo
M.Oʻ.
STIR
varaq
0
2
Balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi toʻlovchilarining hisob-kitobi
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Summa
Sof foyda (“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shaklining 240-satri – 250-satr)
010
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha belgilangan soliq stavkasi (% da)
020
Budjetga toʻlanadigan soliq summasi (010-satr – 020-satr)
030
Avvalgi davr uchun hisob-kitob boʻyicha soliqning hisoblangan summasi (avvalgi hisob-kitobning 030-satri)
040
Soliq summasi (030-satr – 040-satr):
qoʻshimcha toʻlashga
050
kamaytirishga
060
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 212-modda)