O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmog‘ini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-yanvar,
7-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 281-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yetishtirilgan pilladan foydalanish mexanizmini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 4-martdagi 77-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
5-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash va ipakchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-martdagi 96-son qarorida:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasining pilla tayyorlash va pillakashlik korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining pilla tayyorlash va “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ipak yigirish korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasining O‘zbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi korxonalariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi bilan birgalikdagi hisob-kitoblar asosida aniqlanadigan hajmda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 4-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda):
1-banddagi “Hasanov B.V.” so‘zlari “Qalandarov N.K.” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-band chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 9-sentabrdagi 390-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 82-modda):
a) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “tegishli ravishda “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi korxonalarining qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalarining pilla yetishtiruvchilar bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “O‘zbek ipagi” uyushmasi” so‘zlari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovadan 70-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga
6-ILOVA
2007-yil 4-yanvardagi 7-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-yilgi pilla hosili uchun pilla tayyorlovchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 26-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II bo‘limining 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va respublika yengil sanoatini yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-martdagi 141-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi va qarorga 1 va 2-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2004-yil 4-iyundagi 257-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 51-modda) 1-bandi va qarorga ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2007-y., 37-38-son, 390-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda, 20-son, 362-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)