Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Qarori
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2771-7]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-oktabr,
405-son
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-oktabr,
2026-27-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
2026-yil 22-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 27-oktabrdagi 405-son hamda Soliq qoʻmitasining 2026-yil 22-oktabrdagi 2026-27-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 331-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 332-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ortiqcha toʻlangan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summalarini soliqlarning toʻlov muddatlarini inobatga olgan holda hisobga olish summasi bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan hollarda elektron topshiriqnomalar davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik shakllantirilishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmasdan “OʻRIMV” ATga elektron tarzda yuborilishi mumkin. Ushbu topshiriqnomalar “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik ravishda maʼqullanadi va ijroga qabul qilinadi.”.
3. 35-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuborilgan topshiriqnomalar mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandiga muvofiq bajariladi.”.
4. 37-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Agar joriy tushumlar yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan mablagʻlarni 3 ish kuni mobaynida qaytarish imkoni boʻlmasa, ushbu mablagʻlar tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan qaytariladi.”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar joriy tushumlar yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan mablagʻlarni 1 ish kuni mobaynida hisobga olish imkoni boʻlmasa, ushbu mablagʻlarni hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 376-bandning birinchi xatboshisidagi “5 ish kuni” degan soʻzlar “3 ish kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2026 y., 10/26/2771-7/1131-son)