Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrug'i
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3386-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son “Mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va muvofiqlikni baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 7-sentabrdagi 472-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 27-iyuldagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3386, 2022-yil 12-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2022-y., 10/22/3386/0820-son) bilan tasdiqlangan Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. ADILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-noyabr,
32-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 3-noyabrdagi 32-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 15-bandda:
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “3-sxemasi” degan soʻzlar “1S sxemasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “7 va 8-sxemalari” degan soʻzlar “3S va 4S sxemalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 38-band va 45-bandning birinchi xatboshisidagi “3-sxemasida” degan soʻzlar “1S sxemasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovada:
2-ustundagi “3-sxema” degan soʻzlar “1S sxema” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-ustundagi “7-sxema” degan soʻzlar “3S sxema” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-ustundagi “8-sxema” degan soʻzlar “4S sxema” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2026 y., 10/26/3386-3/1116-son)