07.05.2026 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari davlat reyestrida 2026-yil 7-mayda roʻyxatga olindi, roʻyxat raqami 4617-AT-2026-Н]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Avstriya Federal Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi diplomatik pasport egalari uchun kirishni yengillashtirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Vizadan talablaridan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amaldagi biometrik diplomatik pasportga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan Avstriya Respublikasi hududiga yoki 1985-yil 14-iyundagi Umumiy chegaralardagi nazoratni bosqichma-bosqich bekor qilish toʻgʻrisidagi Shengen bitimini amalga oshirish boʻyicha 1990-yil 19-iyundagi Shengen konvensiyasi tatbiq etiladigan boshqa davlat hududiga kirgan kundan boshlab hisoblanadigan bir yuz sakson (180) kunlik davr mobaynida toʻqson (90) kundan oshmaydigan muddatga Avstriya Respublikasi hududiga kirish uchun viza olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amaldagi biometrik diplomatik pasportga ega boʻlgan Avstriya Respublikasi fuqarolaridan kirgan kundan boshlab hisoblanadigan bir yuz sakson (180) kunlik davr mobaynida toʻqson (90) kundan oshmaydigan muddatga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun viza olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Kirish va chiqish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi amaldagi biometrik diplomatik pasportlariga ega shaxslar boshqa Tomon davlati hududiga vakolatli migratsiya organlari tomonidan shu maqsad uchun ruxsat etilgan istalgan oʻtish punktlari orqali kirishlari va chiqishlari mumkin, bunda faqat xavfsizlik, migratsiya, bojxona, sanitariya hamda bunday pasport egalari uchun qonuniy ravishda qoʻllaniladigan boshqa qoidalar bilan belgilangan cheklovlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Uzoq muddatli boʻlish va mehnat faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1-moddasi qoidalari boshqa Tomon davlati hududida 1-moddada koʻrsatilgan muddatdan uzoqroq muddat qolishni yoki u yerda mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Imtiyoz va immunitetlarga ega fuqarolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro huquqqa muvofiq imtiyoz va immunitetlardan foydalanadigan hamda qabul qiluvchi davlat tomonidan berilgan tegishli identifikatsiya kartasiga ega boʻlgan Tomonlardan birining fuqarolari, ushbu identifikatsiya kartasi amal qilgan davri mobaynida va Oʻzbekiston Respublikasi yoki Avstriya Respublikasining amaldagi biometrik diplomatik pasporti bilan birgalikda taqdim etilgan taqdirda, ushbu Tomon davlati hududida boʻlish yoki qayta kirish uchun viza yoki yashash ruxsatnomasini olishlari talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Maʼlumot almashinuvi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan pasport namunalarini Bitim imzolanganidan keyin oʻttiz (30) kun ichida diplomatik kanallar orqali almashadilar hamda har bir Tomon yangi yoki oʻzgartirilgan diplomatik pasport namunasini bunday pasportlar chiqarilishidan kamida oʻttiz (30) kun oldin boshqa Tomonga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar pasport berish bilan bogʻliq oʻz milliy qonunchiligi va normativ hujjatlaridagi har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birini tegishli tartibda xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti Tomonlardan birining fuqarosi mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan amaldagi diplomatik pasportini boshqa Tomon davlati hududida yoʻqotib qoʻysa, u qabul qiluvchi Tomonning vakolatli organlariga bu haqda xabar beradi. Tegishli diplomatik vakolatxona yoki konsullik yangi pasport yoki yoʻl hujjatini beradi hamda bu haqda qabul qiluvchi Tomonning vakolatli organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Huquqlar va majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Tomonlardan birining fuqarolarini boshqa Tomonning chet el fuqarolarining kirishi, boʻlishi va chiqishiga oid qonunlari va qoidalariga rioya qilish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning har biri nomaqbul deb topilgan yoki jamoat tinchligi, tartibi, sogʻligi yoki milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslarning kirishini rad etish yoki ularning boʻlish muddatini qisqartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki amalga oshirish bilan bogʻliq yuzaga keladigan har qanday kelishmovchilik yoki nizo Tomonlar oʻrtasida bevosita maslahatlashuvlar yoki muzokaralar orqali doʻstona hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon jamoat tartibi, milliy xavfsizlik, jamoat sogʻligʻi, hujjatlar xavfsizligi, boshqa Tomon hududidan noqonuniy migratsiyaning sezilarli darajada ortishi yoki readmissiya boʻyicha hamkorlikning yetarli emasligi sababli ushbu Bitimni toʻliq yoki qisman vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimni toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan Tomon bu haqda darhol diplomatik kanallar orqali yozma ravishda boshqa Tomonni xabardor qiladi. Bunday qaror boshqa Tomon tarafidan bildirishnoma olinganidan keyin oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach kuchga kiradi. Favqulodda hollarda toʻxtatib turish darhol kuchga kiradi va boshqa Tomonga darhol, biroq toʻxtatib turish amalga oshirilganidan keyin uch (3) kundan kechiktirmay, toʻxtatib turish asoslari koʻrsatilgan holda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirishlar ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va 10-moddada nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Kuchga kirishi va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Tomonlar diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun milliy qonunchiliklariga muvofiq zarur barcha tartib-taomillar bajarilganligi toʻgʻrisida bir-birini xabardor qilgan oy tugaganidan keyingi ikkinchi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi. Soʻnggi bildirishnoma olingan sana hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandiga daxl qilmagan holda, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasidagi migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitimning kuchga kirish sanasi mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan sanadan keyin boʻlsa, mazkur Bitim faqat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Avstriya Federal Hukumati oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha sheriklik toʻgʻrisidagi Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon diplomatik kanallar orqali yozma bildirishnoma yuborish orqali ushbu Bitimni istalgan vaqtda tugatishi mumkin. Bunday holda Bitim boshqa Tomon tarafidan bildirishnoma olinganidan uch (3) oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2026-yil 7-may kuni, ikki asl nusxada, oʻzbek, nemis va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentik hisoblanadi. Talqinda tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)