23.09.2026 yildagi VII-26-80-8-211-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori 8-bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilishi, bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining oʻrinbosari A. Doniyorov tuman markazidagi tadbirkorlik subyektlaridan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar toʻgʻrisidagi hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida muhokama qilinganligi hamda, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimining oʻrinbosari A. Doniyorov tuman hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hisoboti hamda 2026-yil 15-iyuldagi 03-03/929-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 3-fevraldagi “Viloyat hududida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-17-14-8-0-K/26-sonli qarori bilan Bandixon tumani uchun belgilangan tariflar tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bandixon tumanida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar tariflari 1-2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (A. Doniyorov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (M. Qurbonmurodov)lar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha taqdim etgan tariflari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilganligiga shaxsan masʼul ekanligi belgilansin. Shuningdek, ushbu tariflar toʻgʻrisida mahalla fuqarolar yigʻinlari yettiligi bilan hamkorlikda aholi va tadbirkor subyektlariga tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha eʼtirozlar tugʻilganida, shu bilan birgalikda, zarurat tugʻilganida tariflarni qayta koʻrib chiqish uchun tuman Kengashiga kiritilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqoridagi vazifalar ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar tomonidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari tuman Kengashiga maʼlumotlar taqdim etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (A. Doniyorov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (O. Ishpoʻlatov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi E. JURAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-26-80-8-211-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.