29.09.2026 yildagi VII-21-58-8-114-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHAHRIXON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman markaziy koʻchalarida tadbirkorlik subyektlariga chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori 8-bandining “a” kichik bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berilishi, bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilangan. Tuman hokimi oʻrinbosari L. Kayumovning tuman markazidagi tadbirkorlik subyektlariga chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar toʻgʻrisidagi hisoboti, Qumqoʻrgʻon tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 15-iyuldagi 03-03/246-sonli xati, tariflar loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi davomida bildirilgan taklif va mulohazalar hamda ularning oʻrganilishi natijalari, shuningdek, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimi oʻrinbosari L. Kayumovning tuman markazidagi tadbirkorlik subyektlariga chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar toʻgʻrisidagi hisoboti hamda Qumqoʻrgʻon tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yil 15-iyuldagi 03-03/246-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qarori 8-bandining “a” kichik bandiga muvofiq, Qumqoʻrgʻon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman markaziy koʻchalaridagi tadbirkorlik subyektlariga hududlarni obodonlashtirish doirasida supurish va tozalash ishlari, shuningdek, oʻsimliklarni ekish va ularni parvarish qilish xizmatlari boʻyicha tariflar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari L. Kayumov hamda Qumqoʻrgʻon tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari bilan tuziladigan shartnomalarda koʻrsatiladigan xizmatlar turlari, hajmi, qiymati, toʻlov tartibi va boshqa shartlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq belgilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan tariflar boʻyicha aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlarning sifati va hajmi tasdiqlangan tariflar hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlar tomonidan har chorak yakuni bilan Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashiga axborot taqdim etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari L. Kayumov zimmasiga, ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi B. Mamarajabov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi U. XOSHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-21-58-8-114-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.