ANDIJON VILOYATI SHAHRIXON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida
Shahrixon tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 22-noyabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi belgilangan taʼlim muassasalarini (6-maktab, 64-maktab, 4-DIMI, 44-IDUM dan tashqari) mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 14/699-sonli xatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisidagi” OʻRQ-637-son yangi taxrirlangan Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi “Maktab taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 295-son qaroriga asosan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga ular 7 (yetti) yoshga toʻladigan yilda qabul qilish va hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq. qaror qilaman:
1. Shahrixon tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025 yil 22- noyabrdagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi belgilangan taʼlim muassasalarini (6-maktab, 64-maktab, 4-DIMI, 44-IDUM dan tashqari) mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 14/699- sonli xati maqullansin.
2. Shahrixon tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi belgilangan taʼlim muassasalariga mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Shahrixon tuman hokimligining 2019-yil 13-avgustdagi 839-sonli, 2021-yil 16-dekabrdagi 92-1-28-Q/21-sonli qarorlari bekor qilinsin.
4. Ushbu qaror matbuotda rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Raxmonov hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʼi M. Mamajonova zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi X. DADAXONOV
Andijon viloyati, Shahrixon tumani,
2026-yil 24-fevral,
65-1-28-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.