30.09.2026 yildagi KQ-403-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oʻrganish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligi taʼminlash va daromadlarini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi tubdan oʻzgartirildi hamda asosiy resurslarning tuman darajasida ajratilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tizimga asosan har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etilib, bandlik idoralari hamda iqtisodiy kompleks tashkilotlari fuqarolarni ish bilan taʼminlash va daromadlarini oshirish masalalarini joyning oʻzida hal qilish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy faollikni oshirish, kichik biznesni rivojlantirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish, biznes yuritish xarajatlarini kamaytirish hamda shu orqali aholi daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish, ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bilan birga vazirlik, idora va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oʻrganish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy faollikni oshirish, kichik biznesni rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlari va barqaror ish oʻrinlarini yaratish, biznes yuritish xarajatlarini kamaytirish hamda shu orqali aholi daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi ustidan doimiy parlament nazorati amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha yaratilgan yangi tizim asosida hududlardagi shtablar ishini samarali tashkil etish, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini tiklash orqali ish oʻrinlarini yaratish, mahallalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish hamda ijtimoiy yordam va xizmatlarni manzilli koʻrsatish boʻyicha vazifalarning ijrosini parlament nazorati doirasida oʻrganib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasiga asosida oʻrganish natijalarini Senat yalpi majlislari, Senat Kengashi hamda qoʻmitalar majlislarida tanqidiy muhokama qilish, mutasaddi rahbarlarning axborotlarini eshitish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalari hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oliy Majlis Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiga maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi hududlarda barqaror ish oʻrinlari yaratish, kichik biznesni jadal rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muvofiqlashtirsin va natijalarini umumlashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Senat devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etishda amaliy koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha yaratilgan yangi tizim asosida hududlardagi shtablar ishini samarali tashkil etish, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini tiklash orqali ish oʻrinlarini yaratish, mahallalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish hamda ijtimoiy yordam va xizmatlarni manzilli koʻrsatish boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiyalarda mutasaddi rahbarlarning belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborotlarini tanqidiy muhokama qilish hamda Oliy Majlis Senatiga respublika darajasida masalalarni hal etish uchun takliflar kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senatning Axborot xizmati kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati tadbirlarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-403-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 30-sentabrdagi KQ-403-V-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oʻrganish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Axborot beruvchilar

Masʼul ijrochilar

1.

Aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga koʻmaklashish.

1. Mahalliy Kengashlar uchun aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish yuzasidan  tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Tavsiyalar asosida ishni tashkil etish boʻyicha mahalliy Kengash deputatlari uchun onlayn seminar oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2.

Bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilib borish.

1. Aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha joylarda olib borilayotgan ishlarni oʻrganish rejasini ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Tegishli davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

2. Oʻrganish natijalarini mahalliy Kengash sessiyalarida koʻrib chiqish, masʼul davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish, tanqidiy muhokama qilish va faoliyatiga baho berish.

Alohida reja asosida

3.

Qorqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va Senat Kengashida muhokama qilish.

1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va muhokama qilish. Bunda:

hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha yaratilgan yangi tizim asosida tashkil etilgan shtablarning faoliyati samaradorligi;

yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini tiklash orqali ish oʻrinlarini yaratilishi;

mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning hamda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi:

ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishni manzilli amalga oshirilishi kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi.

2. Senator va deputatlar, masʼul vazirlik va idoralar, hokimlik va hududiy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini Senat Kengashining sayyor majlisi muhokamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

4.

Sirdaryo viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va Senat Kengashida muhokama qilish.

1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va muhokama qilish. Bunda:

hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha yaratilgan yangi tizim asosida tashkil etilgan shtablarning faoliyati samaradorligi;

yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini tiklash orqali ish oʻrinlarini yaratilishi;

mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning hamda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi:

ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishni manzilli amalga oshirilishi kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi.

2. Senator va deputatlar, masʼul vazirlik va idoralar, hokimlik va hududiy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini Senat Kengashining sayyor majlisi muhokamasiga kiritish.

2026-yil noyabr

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

5.

Navoiy viloyati Nurota tumanida aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini hamda ajratilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish holatini oʻrganish va Qoʻmita majlisida muhokama qilish.

1. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va muhokama qilish. Bunda:

hududda kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha yaratilgan yangi tizim asosida tashkil etilgan shtablarning faoliyati samaradorligi;

yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini tiklash orqali ish oʻrinlarini yaratilishi;

mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning hamda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi:

ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishni manzilli amalga oshirilishi kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi.

2. Senator va deputatlar, masʼul vazirlik va idoralar, hokimlik va hududiy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini Qoʻmita majlisi muhokamasiga kiritish.

2026-yil noyabr-dekabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

6.

Jizzax viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va Senat Kengashida muhokama qilish.

1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish dasturlari ijrosini oʻrganish va muhokama qilish. Bunda:

hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha yaratilgan yangi tizim asosida tashkil etilgan shtablarning faoliyati samaradorligi;

yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish, faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini tiklash orqali ish oʻrinlarini yaratilishi;

mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning hamda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi:

ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishni manzilli amalga oshirilishi kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi.

2. Senator va deputatlar, masʼul vazirlik va idoralar, hokimlik va hududiy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini Senat Kengashining sayyor majlisi muhokamasiga kiritish.

2027-yil mart

Jizzax viloyati hokimligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

7.

Kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oʻrganish.

1. Kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlar hamda ularning samaradorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobotini eshitish.

2. Hududlarda tijorat banklari tomonidan moliyaviy resurslarni berilishini tahlil etish va aniqlangan muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini Senat Kengashi majlisiga muhokamaga kiritish.

2027-yil may

Markaziy bank,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi

8.

Xorazm viloyatida eski bogʻlar va qarovsiz qishloq xoʻjaligi yerlarini yangilash orqali aholini ish bilan taʼminlash hamda daromadini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralarni oʻrganish va mahalliy Kengashda muhokama qilish.

1. Eski bogʻ va qarovsiz yerlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va intensiv bogʻlar barpo etish hamda aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish. Bunda:

viloyatdagi eskirgan bogʻlar hamda samarasiz foydalanilayotgan qishloq xoʻjaligi yerlari tumanlar kesimida xatlovdan oʻtkazilib, ularning maydoni, holati, yer egasi yoki foydalanuvchisi va qayta foydalanish imkoniyatlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilganligi;

iqtisodiy jihatdan samarasiz eski bogʻlarni zamonaviy, serhosil navlar bilan yangilash, tomchilatib sugʻorish va tejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish boʻyicha tumanlar kesimida aniq manzilli dastur ishlab chiqilganligi;

yangilangan bogʻlar va oʻzlashtirilayotgan yerlarga mahalliy aholi, ayniqsa ishsiz fuqarolarni jalb qilish, mavsumiy va doimiy ish oʻrinlarini yaratish, ularni daromadini oshirish, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarini kooperatsiya asosida birlashtirish choralari koʻrilganligiga eʼtibor qaratiladi.

2. Senator va deputatlar, masʻul vazirlik va idoralar, hokimlik va hududiy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi bilan birgalikda sayyor majlisda muhokama qilish.

2027-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

9.

Surxondaryo viloyatida aholini sogʻlom turmush tarziga jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar (mahalla va koʻchalarda ommaviy yurish, jismoniy mashqlar, ertalabki va kechki badantarbiya mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyish) holatini oʻrganish va xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi bilan Qoʻshma majlisda muhokama qilish.

1. Surxondaryo viloyatida aholini sogʻlom turmush tarziga jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish. Bunda:

aholini sogʻlom turmush tarziga jalb qilish boʻyicha mahalla, birlamchi tibbiy yordam muassasalari xodimlari tomonidan targʻibot tadbirlarining yoʻlga qoʻyilganligi;

viloyatning mahalla va koʻchalarida ommaviy yurish, jismoniy mashqlar, ertalabki va kechki badantarbiya bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratilganligi;

sport va taʼlim muassasalarining sport zallari va maydonchalarida aholining ommaviy sport bilan shugʻullanishlari kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi.

2. Senator va deputatlar, masʻul vazirlik va idoralar, hokimlik va hududiy tashkilotlar bilan birgalikda muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish.

3. Oʻrganish natijalari muhokamasi uchun tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

4. Oʻrganish natijalarini Qoʻmita va xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qoʻshma majlisi muhokamasiga kiritish.

2027-yil iyul

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

10.

Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Namangan viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganish va muhokama qilish.

(8-maqsad: doirasida samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan taʼminlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish).

1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.

2. Viloyatda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilgan ishlar holatini dastlabki tarzda tahlil etish. Bunda:

tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga; kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga;

yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishiga eʼtibor qaratish.

3. Oʻrganish natijalarini qoʻmita majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda muhokama qilish.

2027-yil avgust

Namangan viloyati hokimligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va  sport masalalari qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoʻmitalarning takliflari va Senat Kengashining ish rejalariga asosan chora-tadbirlar rejasiga (oʻrganiladigan hudud yoki tarmoq, oʻrganish mavzusi va muddatlari) oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.