21.10.2026 yildagi O‘RQ-1184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 7-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 10-sentabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash borasida tizimli choralar koʻrilmoqda. Oʻzbek tili mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida faol qoʻllanilmoqda, shuningdek uning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib bormoqda. Xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tiliga alohida eʼtibor qaratilib, uni oʻrganishga boʻlgan qiziqish kuchaymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mana shunday sharoitda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini va imlo qoidalarini soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini va imlo qoidalarini yanada takomillashtirishga hamda davlat tilini qoʻllash va raqamlashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi 931-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 331-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 119-modda) 1-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat oʻzbek alifbosi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ÖZBEK ALIFBOSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosma

Yozma

Talaffuz

 

А а

a

 

B b

be

 

D d

de

 

E e

e

 

F f

fe

 

G g

ge

 

Ğ ğ

ğe

 

H h

he

 

I i

i

 

J j

je

 

K k

ke

 

L l

le

 

M m

me

 

N n

ne

 

O o

o

 

Ö ö

ö

 

P p

pе

 

Q q

qe

 

R r

re

 

S s

se

 

Ş ş

şe

 

Ç ç

çe

 

T t

te

 

U u

u

 

V v

ve

 

X x

xe

 

Y y

ye

 

Z z

ze

 

ʼ

ʼ

tutuq belgisi

 

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida rasmiylashtirilgan hujjatlarda, milliy valyutada va qimmatli qogʻozlarda ushbu Qonun tahriri asosida takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud boʻlishi ularning amal qilishiga va muomalada boʻlishiga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarining ushbu Qonun tahriri asosida takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud boʻlgan ramziy belgilari va boshqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining boʻrtma tasviridan, shuningdek geografik obyektlarning nomlari tushirilgan peshlavha va koʻrsatkichlardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa ashyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud ushbu Qonunning ijrosini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1184-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026 y., 03/26/1184/1063-son)