1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshitish va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarining oʻquv nashrlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
0277-09-sonli SanQvaM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-gigiyena norma va qoidalarini buzish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-gigiyena qoidalari ixtisoslashtirilgan maktablar (maktab-internatlar), kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan, eshitishi va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan oʻquv qoʻllanmalari nashrlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. QOʻLLANILISH SOHASI VA UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur sanitariya qoidalari oʻquvchilar organizmida koʻrish aʼzolari, tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini olishga, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar kollejlarida aqliy rivojlanishida va nutqida nuqsoni boʻlgan bolalarning nutqini rivojlantirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Sanitariya qoidalari oʻquv nashrlarining (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, praktikumlar, keyingi oʻrinlarda — nashrlar) oʻqishga qulayligini taʼminlash maqsadida ularning vazni, shrift bilan bezatilishi, bosma sifati va poligrafiya materiallariga oid gigiyenik talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Gigiyenik talablar va qoidalar oʻquvchilarning koʻrish qobiliyati va umumiy toliqishining oldini olib, oʻqish jarayonida koʻzga tushadigan zoʻriqishni kamaytirish maqsadida bolalar va oʻsmirlar organizmining funksional imkoniyatlarini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Sanitariya qoidalari umumtaʼlim muassasalarida, shuningdek, uyda taʼlim olish va inklyuziv taʼlim sharoitida oʻqiydigan, eshitishi va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarga moʻljallangan nashrlarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Mazkur sanitariya qoidalari talablariga rioya qilish mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Nashrlarga oid gigiyenik talablarni tartibga solish va taʼminlash qismidagi meʼyoriy hujjatlar (davlat va tarmoq standartlari) mazkur sanitariya qoidalariga zid boʻlmasligi kerak va ulardan faqatgina mazkur sanitariya qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida sanitariya-epidemiologiya xulosasi mavjud boʻlgandagina foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.8. Mazkur sanitariya qoidalarining bajarilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NASHRLARNING GIGIYENIK TASNIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Oʻquv fanlari boʻyicha nashrlar bir marta oʻqish va oʻzlashtirish uchun taqdim etiladigan axborot materialining xususiyati va hajmiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumanitar (alifbe, savod oʻrgatish, oʻqish, nutq oʻstirish, rus tili, ona tili, talaffuz, jamiyatshunoslik, atrofimizdagi olam, adabiyot, tilshunoslik — oʻzbek va xorijiy tillar, hayot faoliyati xavfsizligi asoslari, estetik turkum fanlari, jismoniy tarbiya, mehnat taʼlimi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy (tarix, davlat huquqi va sh.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy (fizika, kimyo, geografiya, biologiya, astronomiya va sh.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq (matematika, informatika va sh.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich kasb-hunar taʼlimi uchun maxsus fanlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Oʻquv jarayonidagi funksional vazifasiga koʻra nashrlar quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv qoʻllanma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Nashrlar yosh toifasiga koʻra quyidagilar uchun moʻljallanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich taʼlim (I guruh):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1 — 4-sinflar (intellektida nuqsoni boʻlgan bolalar — INB uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1 — 6-sinflar (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar — ENB uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim (II guruh):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5 — 9-sinflar (INB uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7 — 11-sinflar (ENB uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maxsus kasb-hunar taʼlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NASHRLARGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.1. Ikki yosh toifasiga oid materiallarni oʻz ichiga olgan nashrlarni chiqarish tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashr koʻpi bilan quyidagi muddatlarga moʻljallangan oʻquv materiallarini oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-sinf uchun 1 yillik foydalanishga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — 4-sinflar uchun 2 yillik foydalanishga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 9-sinflar uchun 4 yillik foydalanishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-sinf darsliklaridan 1 oʻquv yilidan ortiq foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.2. Nashrlarga amaldagi davlat standartiga muvofiq formatlarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.3. Nashr vazni quyidagidan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 4-sinflar uchun — 300 g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 6-sinflar uchun — 400 g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7 — 9-sinflar uchun — 500 g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-11-sinflar uchun — 600 g.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uchun — 600 g.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat sinfda ishlashga moʻljallangan 1 — 4-sinflar uchun nashrlar vazni 500 g dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashr vaznini koʻpi bilan 10% ga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darsliklarning bir oʻquv kuniga moʻljallangan, yozuv qurollari bilan birga jamlangan toʻplami (ranets yoki portfel vaznisiz) oʻquvchilar tomonidan 3 km gacha masofaga ogʻirlik koʻtarish uchun yoʻl qoʻyilgan meʼyorlardan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — III sinflar uchun 1,5 kg dan 2,0 kg gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-V sinflar uchun 2,0 kg dan 2,5 kg gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI-VII sinflar uchun 3,0 kg dan 3,5 kg gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII-IX sinflar uchun 4,0 kg dan 4,5 kg gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-11-sinflar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun 5 kg gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.4. Nashrlar yumshoq yoki qattiq muqovada tayyorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.5. Qogʻoz qoplamali qattiq muqovali nashrlar plyonka presslab pardozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻrlangan yoki maxsus qoplamali qogʻozlardan tayyorlangan muqovalardan tashqari, boshqa yumshoq muqovali nashrlar laklanishi yoki plyonka presslanib pardozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.6. Nashr blokini oʻqish sharoitini yomonlashtiradigan usullarda mahkamlashga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sim qadab tikish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yelimlab choksiz mahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksional jihatdan sahifalarga ajratish (qirqish) uchun moʻljallangan nashrlarda, masalan, didaktik materiallar, topshiriqli kartochkalar va shu kabilarda choksiz yelimli mahkamlash usulidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.7. Boshlangʻich taʼlim uchun moʻljallangan nashrlarda yuqori bosma usulini qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.8. Nashr qoʻshaloq sahifasining muqovaoldi hoshiyalari kamida 26 mm, bunda sahifadagi muqovaoldi hoshiya oʻlchami esa 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sahifa hoshiyalarida, muqovaoldi hoshiyalardan tashqari, topshiriqlarning shartli belgilari, koʻrgazmali tasvirlar va hajmi 50 belgidan oshmaydigan matnni matn qatoridan kamida 5 mm masofada joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori, tashqi va quyi hoshiyalar, hoshiyalarning tasviriy bezaklari hisobga olinmaganda, 10 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.9. Qora siyoh bilan chop etishda nashrdagi matn tasviri elementlari va qogʻozning optik zichliklari oraligʻi 0,7 dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matn belgilarining shtrixlari noaniq (“uzuq-yuluq”) holda chop etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.10. Matnni rangli, kulrang fonda, shuningdek, fonining optik zichligi 0,3 dan yuqori boʻlgan koʻp rangli tasvirlar ustida chop etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.11. I guruh oʻquvchilari uchun moʻljallangan nashrlarda hajmi 200 belgidan ortiq boʻlgan matn rangli (kulrang) fonda chop etilganda, shrift kegli asosiy matn shrifti keglidan 2 punktga katta, satrlararo masofa (interlinyoj) kamida 2 punktga kengroq, shriftlar esa oddiy yoki keng, och yoki yarim qalin koʻrinishdagi chopqi (rubleniy) shriftlar guruhidan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.12. Qoʻshimcha matn uchun asosiy matn keglidan 2 punktga kichikroq kegldan foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.13. Nashrlardagi illyustratsiyalar aniq, chekkalari puxta ishlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.14. Barcha yosh guruhlari uchun moʻljallangan nashrlarda chopqi (rublenny) shriftlar guruhiga kiruvchi shriftlar qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.15. I guruh uchun moʻljallangan nashrlarda soʻzlar orasidagi masofa matn shrifti kegliga teng, II guruh uchun esa matn shrifti keglining kamida yarmiga teng boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.16. Quyidagilarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va qoʻshimcha matn uchun — shrift inversiyasidan (vyvorotka) foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnni ajratib koʻrsatish uchun — shrift inversiyasi va rangli fonda rangli boʻyoqlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
husnixat va ish daftarlarida yozuv uchun moʻljallangan joylarda rangli va kulrang fondan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmali tasvirlar (grafik, sxema, jadval, diagramma va sh.k.) uchun — rangli fonda rangli boʻyoqlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va qoʻshimcha matnni — uch va undan ortiq ustunda terish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.17. Barcha yosh guruhlariga oid nashrlarda matnni ajratib koʻrsatish uchun uch xil rangli boʻyoqdan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.18. I guruh uchun moʻljallangan nashrlardagi kartografik yozuvlar uchun kegli kamida 10 punkt, II va III guruhlar uchun esa kamida 9 punkt boʻlgan shriftni qoʻllash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.19. Matn illyustratsiyalarning yonida joylashganda, sarlavha va xatboshilardan tashqari, satrlarning boshi va oxiri bir vertikal chiziqda joylashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.20. Nashrlarda axborotning buzilishiga yoki yoʻqolishiga olib keladigan, oʻqishni qiyinlashtiradigan, oʻqish sharoitini yomonlashtiradigan nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosilmay qolish (tasvir elementlarining yoʻqolishi), boʻyoqning surkalishi, boʻyoq quyulib qolgan joylar, dogʻlar, tirnalishlar, qoʻshaloq bosilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob blokining qirqimlariga yoki ichiga yelim oqib kirishi natijasida sahifalarning yopishib qolishi va ochganda matn yoki rasmlarning shikastlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
blok yoki muqovaning deformatsiyalanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1.21. Barcha yosh guruhlariga moʻljallangan nashrlarda rasmlarning yuqori sifati taʼminlanishi, qirralari aniq va puxta ishlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Shrift bilan bezashga oid talablar gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlarga oid nashrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1. Alifbe, bukvar va husnixat daftarlariga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1.1. Bukvardagi matnning shrift bilan bezalishi 1-jadvalda keltirilgan talablarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1.2. Sheʼrlardan tashqari hollarda matnni ikki ustunli qilib terishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheʼrlar uchun matnni ikki ustunli qilib terishga faqat ustunlar orasidagi masofa kamida 18 mm boʻlgandagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1.3. Bukvar va alifbedagi matnda ajratib koʻrsatilgan qismlarning shrift bilan bezalishi 1-jadvalda keltirilgan talablarga mos kelishi kerak. Bunda satr uzunligi belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustundagi soʻzlar soni toʻrttadan oshmaganda va ustunlar orasidagi masofa kvadratning kamida 3/4 qismini tashkil etganda soʻzlarni ustun shaklidagi roʻyxat tarzida berishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1.4. Kursiv yozuvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1.5. Sahifada soʻzlarni boʻgʻin koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.1.6. Bukvar va alifbedagi rasmlarning umumiy maydoni kamida 50% ni tashkil etishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2. I guruh oʻquvchilari uchun nashrlarga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.1. Rus va (yoki) lotin yozuvi asosidagi shriftlardan foydalanib chiqariladigan nashrlarda asosiy va qoʻshimcha matnning shrift bilan bezatilishi, taʼlim yiliga va ularning funksional vazifasiga qarab, 2-jadvalda bayon etilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.2. Sheʼrlardan tashqari, asosiy va qoʻshimcha matnni ikki ustunli qilib terishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheʼrlar uchun ikki ustunli terishga faqat 2-jadval talablariga (satr uzunligidan tashqari) rioya qilinganda va ustunlar orasidagi masofa kamida 9 mm boʻlgandagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.3. Soʻzlar va soʻz birikmalari roʻyxatlari, xronologik materiallar ikki va undan ortiq ustunlarda faqat ustunlar orasidagi masofa kamida 12 mm, ajratuvchi chiziq boʻlganda esa kamida 6 mm boʻlsagina joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.4. Nashrlarning lugʻat qismida ikki ustunli terishga faqat ustunlar orasidagi masofa kamida 9 mm, ajratuvchi chiziq boʻlganda esa kamida 6 mm boʻlsagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarning lugʻat qismidagi shrift kegli asosiy matn shrifti keglidan 2 punktga kichikroq, satrlararo interval (interlinyash) esa kamida 2 punktga kattalashtirilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.5. Matndagi ajratib koʻrsatishlar shriftining kegli va satrlararo intervalining (interlinyashining) kattalashtirilishi 2-jadvalda bayon etilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda ajratib koʻrsatishlar shriftining kegli asosiy (qoʻshimcha) matn shrifti keglidan kichik boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.6. Illyustratsiyalar tagiga yoziladigan izohlar uchun kegli kamida 14 punkt boʻlgan shriftni qoʻllash va ularni illyustratsiya chetidan kamida 4 mm masofada joylashtirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.2.7. Kimyoviy formulalarning asosiy elementlari shriftining kegli asosiy matn shriftining keglidan kichik boʻlmasligi, formulalarning yordamchi elementlari shriftining kegli esa 6 punktdan kichik boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3. II guruh oʻquvchilari uchun moʻljallangan nashrlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3.1. Nashrning funksional vazifasiga qarab, rus va (yoki) lotin grafikasi asosidagi shriftlardan foydalanib chiqariladigan nashrlarda asosiy va qoʻshimcha matnlarning shrift bilan bezatilishi 3-jadvalda koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3.2. Matndagi ajratib koʻrsatilgan qismlarning shrift kegli va interliniyajining kattalashtirilishi 3-jadvalda koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha matn uchun ustunlar orasidagi masofaning 6 mm boʻlishiga faqat ajratuvchi chiziq mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3.3. Nashrlarning lugʻat qismida ikki ustunli terimga faqat ustunlar orasidagi masofa kamida 9 mm boʻlganda, ajratuvchi chiziq mavjud boʻlganda esa kamida 6 mm boʻlganda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrlarning lugʻat qismidagi shrift kegli 3-jadvalga muvofiq qoʻshimcha matn shriftining keglidan kichik boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2.3.4. Harfli va sonli formulalarning asosiy elementlari uchun asosiy matn shriftining keglidan ikki punktga kichikroq shriftni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Formulalarning yordamchi elementlari shriftining kegli 6 punktdan kichik boʻlmasligi kerak. Yuqori qatordagi formulalarning satrosti elementlari bilan quyi qatordagi formulalarning satrusti elementlari orasidagi interliniyajning kattalashtirilishi 4 punktdan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy formulalarni oʻz ichiga olgan matnda qatorlararo masofaning (interlinyajnining) ortishi sahifada bir xil boʻlmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Shrift bilan bezashga qoʻyiladigan talablar aniq fanlar boʻyicha nashrlar uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1. I guruh oʻquvchilari uchun moʻljallangan nashrlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1.1. Nashrlarning asosiy matnini shrift bilan bezash 4-jadvalda bayon etilgan talablarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1.2. Asosiy matnni ikki ustunli qilib terishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1.3. Misol va masalalar ustunlari uchun ikki ustunli terimdan faqat ustunlar orasidagi masofa kamida 16 mm, rangli fon va (yoki) ajratuvchi chiziqlardan foydalanilganda esa kamida 9 mm boʻlgandagina foydalanishga ruxsat etiladi. Bitta topshiriq doirasidagi ustunlar orasidagi masofa bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1.4. Misol va masalalardagi shrift kegli 4-jadvalga muvofiq asosiy matn shrifti keglidan kichik boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1.5. Koʻrgazmali tasvirlardagi yozuvlarning shrift kegli asosiy matn shrifti keglidan koʻpi bilan 2 punktga kichik boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.1.6. Matndagi ajratib koʻrsatilgan qismlarning shrift kegli va interlinyaji 4-jadvalda bayon etilgan talablarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ajratib koʻrsatilgan qismlarning shrift kegli asosiy matn shrifti keglidan kichik boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2. II guruh oʻquvchilari uchun moʻljallangan nashrlarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2.1. II guruh oʻquvchilari uchun moʻljallangan nashrlardagi asosiy va qoʻshimcha matnlarni shrift bilan bezash 5-jadvalda bayon etilgan talablarga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2.2. Harfli va sonli formulalarning asosiy elementlari uchun asosiy matn shriftining keglidan ikki punktga kichikroq shrift qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Yuqori qatordagi formulalar (misollar) qatorosti elementlari va quyi qatordagi formulalar (misollar) qatorusti elementlari orasidagi interlinyashning kattalashishi 2 punktdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida formulalar boʻlgan matnda interlinyash bir sahifada bir xil boʻlmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2.3. Misol va masalalar ustunlari uchun ikki ustunli terimdan foydalanishga faqat ustunlar orasidagi masofa 16 mm dan kam boʻlmagan hollarda, rangli fon va/yoki ajratuvchi chiziqlar qoʻllanilganda esa 9 mm dan kam boʻlmagan hollarda ruxsat etiladi. Bitta topshiriq doirasidagi ustunlar orasidagi masofa bir xil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misollar va masalalar ustunlaridagi shrift kegli 5-jadvalga muvofiq qoʻshimcha matn shriftining keglidan kichik boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2.4. Koʻrgazmali tasvirlar (grafik, sxema, jadval, diagramma va boshqalar) uchun qora rang bilan birga jami uchtadan koʻp boʻlmagan boʻyoqdan foydalanish tavsiya etiladi. Koʻrgazmali tasvirlardagi yozuvlar shriftining kegli 12 punktdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2.5. Shrift kegli va matndagi ajratib koʻrsatishlarda interlinyashni oshirish 5-jadvalda bayon etilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim. Bunda ajratib koʻrsatish shriftining kegli asosiy matn shriftining keglidan kichik boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3.2.6. II guruh oʻquvchilari uchun moʻljallangan nashrlarda 5-jadval talablariga rioya qilgan holda matnni ikki ustunli terishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy matn uchun ustunlar orasidagi masofa kamida 16 mm, qoʻshimcha matn uchun esa ajratuvchi chiziq mavjud boʻlganda kamida 9 mm boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.1. Nashrlarni tayyorlash uchun qoʻllaniladigan mahalliy va import poligrafiya materiallariga ularning inson salomatligi uchun xavfsizligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologiya xulosalari taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.2. Poligrafiya materiallari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda, formaldegid mavjudligini aniqlash uchun sanitariya-kimyoviy tadqiqotlar oʻtkazish kerak. Model eritmaga (distillangan suvga) oʻtadigan formaldegid miqdori 0,1 mg/l dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.3. Nashrlarni tayyorlash uchun faqat kitob nashrlarini chop etishga moʻljallangan (ofset, bosmaxona, kitob-jurnal va sh.k.), GOST 30113-94 (ISO 2470-77) boʻyicha oqlik koʻrsatkichi 74 — 88% boʻlgan qogʻozdan foydalanish kerak. Barcha yosh guruhlariga moʻljallangan nashrlar uchun sahifaning orqa tomonidan bosma elementlarning koʻrinib qolmasligini taʼminlaydigan noshaffof qogʻozdan foydalanish zarur. I toifadagi nashrlar uchun 1 m² vazni 80 grammdan kam boʻlmagan qogʻoz tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.4. Didaktik materiallar, topshiriqli kartochkalar va shu kabi funksional jihatdan sahifalab ajratishga (qirqishga) moʻljallangan nashrlardan tashqari, gazeta qogʻozidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4.5. Nashrda matnni chop etish uchun bir turdagi va 1 m² vazni bir xil boʻlgan qogʻozdan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. SANITARIYA TEKSHIRUVINI OʻTKAZISHNI TASHKIL ETISH NASHRLARNI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK BAHOLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Sanitariya-epidemiologik baholash uchun nashrning uch nusxasi va unda foydalanilgan materiallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Sanitariya-epidemiologik baholashni oʻtkazish uchun nashr toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi kerak: mualliflar haqidagi maʼlumotlar, nashrning sarlavhasi, seriya sarlavhasi, seriyaning soni, kitobxonlar manzili, nashrning maqsadi, noshirning nomi va manzili, nashrning chiqarilgan yili, bosmaxona nomi va manzili, bosishga ruxsat berilgan sana, nashr bichimi, qogʻoz turi, asosiy matn shriftining garniturasi, bosma turi, adadi, bosmaxonaning buyurtma raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Nashrning shrift bilan bezatilishini sanitariya-epidemiologik baholash nashrning bir nusxasida har bir matn va bezatish usulining oʻziga xos 10 ta sahifasi asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. 3.1.10 va 3.1.22-bandlar boʻyicha sanitariya-epidemiologik baholash nashrning uchala nusxasining har biridagi oʻziga xos 10 ta sahifa asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. 3.1.8-band boʻyicha sanitariya-epidemiologik baholash nashrning uch nusxasidan nazorat uchun tanlab olingan 10 ta daftarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. 3.1.9-band boʻyicha sanitariya-epidemiologik baholash nashrning uchala nusxasining har birida, har bir daftarning ikki sahifasidagi maxsus bosilgan nazorat plashkalari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Qogʻozning rangida koʻzga koʻrinadigan farqlar boʻlmasa, 3.4.3-band boʻyicha sanitariya-epidemiologik baholash nashrning uch nusxasining har birida bittadan sahifada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashr nusxasida qogʻoz rangida koʻzga koʻrinadigan farqlar mavjud boʻlganda, gigiyenik ekspertiza nashrning uch nusxasining har biridagi 10 ta xarakterli sahifada oʻtkaziladi. Xarakterli sahifalarni nashrning turli daftarlaridan tanlab olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Nazorat qilinayotgan koʻrsatkichlar meʼyoriy talablarga mos kelganda, sanitariya-epidemiologik baholash natijasi ijobiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat ikkita parametr boʻyicha (shrift oʻlchamidan tashqari) 10% dan oshmaydigan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Sanitariya-epidemiologik baholash uslubiyoti ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.11. Aralash nashrlarda faqat nashrning matn qismi ushbu sanitariya qoidalari talablariga muvofiqligi boʻyicha gigiyenik baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alifbelarni shrift bilan bezashga qoʻyiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashrdan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari nashrning titul varagʻida majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alifbelarni shrift bilan bezashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:

* Faqat tilshunoslikka oid nashrlarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qavs ichida lotin yozuvi asosidagi shriftlardan foydalanib chiqariladigan nashrlar uchun shrift sigʻimi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnning shriftli bezatilishiga oid talablar I guruh uchun aniq fanlar boʻyicha nashrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinflar
Kegl, punktlarda,
kamida
Interlinyajn oshirish, punktlarda, kamida
Satrning minimal uzunligi
Koʻrinishi
kvadrat
mm
Tayyorlov
Birinchi
16
2
5
90
Oddiy yoki keng; och; toʻgʻri
Ikkinchi
Uchinchi
Toʻrtinchi
14
2
5
90
Oddiy yoki keng; och; toʻgʻri
Beshinchi
Oltinchi
12
2
5
90
Oddiy yoki keng, och, toʻgʻri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnning shriftli bezatilishiga oid talablar II guruh uchun aniq fanlar boʻyicha nashrlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinflar
Kegl, punktlarda, kamida
Interlinyajn oshirish, punktlarda, kamida
Satrning minimal uzunligi
Shrift tavsifi (koʻrinishi)
kvadrat
mm
7 — 11-sinflar va kasb-hunar kollejlari
12
2
2 3/4
50
Oddiy yoki keng; och; toʻgʻri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILOVA

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK BAHOLASH BOʻYICHA METODIKA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nashr blokining balandligi va eni boʻyicha oʻlchami 3.1.2-bandga muvofiq 1 mm gacha aniqlikda chizgʻich bilan oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qogʻoz turi 3.4.3, 3.4.4-bandlarga muvofiq nashrning chiqish maʼlumotlari yoki materiallar toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3.1.5-band boʻyicha tashqi bezak va 3.1.6-band boʻyicha mahkamlash usuli koʻz bilan chamalab aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 3.1.3-bandga muvofiq nashrning vazni tarozida 5 g gacha aniqlikda oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 3.1.8-band boʻyicha hoshiyalar oʻlchami har bir tanlangan daftarning oʻrtasida chizgʻich yordamida 1 mm gacha aniqlikda aniqlanadi. Agar nazorat qilinayotgan 10 ta daftardan 4 tasida toʻrtta hoshiyadan hech boʻlmaganda bittasi boʻyicha 3.1.8-band talablaridan chetga chiqish aniqlansa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 3.1.9-band boʻyicha matn va qogʻoz tasviri elementlarining optik zichliklari oraligʻi akslanish densitometri yordamida suv filtridan oʻtkazib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilinayotgan sahifa ostiga bir varaq toza oq qogʻoz qoʻyiladi. Densitometrning nol qiymati sifatida bosma qogʻozning optik zichligi olinadi. Shundan soʻng, nazorat qilinayotgan sahifadagi nazorat plashkasining optik zichligi oʻlchanadi va u matn va qogʻoz tasviri elementlarining optik zichliklari oraligʻi sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar optik zichlik qiymati 3.1.9-bandda belgilangan 0,7 dan kam boʻlsa, nashrning bir nusxasi uchun natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat qilinayotgan uchta nusxadan hech boʻlmaganda bittasida 3.1.9-band talablariga nomuvofiqlik aniqlansa, baholash natijasi salbiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fonning optik zichligi nazorat qilinayotgan sahifadagi tasvirning beshta nuqtasida akslanish densitometri yordamida suv filtridan oʻtkazib oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar beshta oʻlchovdan uchtasining qiymati 3.1.10-bandda ruxsat etilgan meʼyordan yuqori boʻlsa, sahifa boʻyicha natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nusxaning nazorat qilinadigan oʻnta sahifasidan toʻrttasida 3.1.10-band talablariga nomuvofiqlik aniqlansa, bir nusxa boʻyicha natija salbiy deb hisoblanadi. Agar nazorat qilinadigan uchta nusxadan hech boʻlmaganda bittasida 3.1.10-band talablariga nomuvofiqlik aniqlansa, u holda baholash natijasi umuman salbiy deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shriftning guruhi, sigʻimi va chizmasi 10 ta xos sahifada tipografik shriftlar uchun davlat standarti boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat qilinadigan 10 sahifadan 4 tasida hech boʻlmaganda bitta parametr boʻyicha nomuvofiqlik aniqlansa, natija salbiy deb hisoblanadi.

9. Elektron shriftning guruhi, sigʻimi va chizmasi 10 ta xos sahifada elektron shriftlar uchun davlat standarti boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat qilinadigan 10 sahifadan 4 tasida hech boʻlmaganda bitta parametr boʻyicha nomuvofiqlik aniqlansa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nashrda yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan bezatish usullarini aniqlash boʻyicha nazorat 3.1.15-bandga muvofiq nashr nusxasining 10 ta xos sahifasida vizual tarzda oʻtkaziladi. Agar nazorat qilinadigan 10 sahifadan 4 tasida yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan bezatish usullaridan foydalanilgan boʻlsa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Matnning illyustratsiyalarga nisbatan joylashuvi 3.1.20-bandga muvofiq 10 ta xos sahifada vizual tarzda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat qilinadigan 10 sahifadan 4 tasi talabga javob bermasa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nashrdagi nuqsonlar 3.1.22-bandgamuvofiq uch nusxaning har biridagi 10 ta xos sahifada vizual tarzda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nashrning nazorat qilinadigan 10 ta sahifasidan 4 tasida kamida bittadan nuqson aniqlansa, bir nusxani baholash natijasi salbiy hisoblanadi. Agar nazorat qilinayotgan uch nusxadan ikkitasida nuqsonlar aniqlansa, baholash natijasi salbiy deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 4.2-band boʻyicha gigiyenik baholash uchun zarur maʼlumotlar davlat standarti asosida rasmiylashtirilgan nashrning maʼlumotnomalarida yoki maxsus hujjatlarda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nashr matni shriftining kegli va soʻzlararo probel nashriyot shabloni yordamida punktlarda, lupa yoki mikroskop yordamida esa 0,01 mm gacha aniqlikda millimetrlarda oʻlchanadi. Shrift kegllari punktlarda va bosh harf oʻlchami millimetrlarda jadvalda keltirilgan. Shrift keglini lupa yoki mikroskop yordamida aniqlash uchun nazorat qilinayotgan oʻnta sahifaning har biridan ixtiyoriy tanlangan bitta bosh harfning balandligi oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nashriyotning shaffof shabloni yordamida shrift keglini aniqlash nazorat qilinayotgan sahifadagi bosh harflar (N, P, K) boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda shablon nazoratdagi harfning ustiga qoʻyiladi va uning balandligi shablondagi nazorat harfi yoki nazorat “oynachasi” chegaralari bilan mos tushguncha toʻgʻrilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar olingan 10 ta oʻlchovdan 4 tasining qiymati yoʻl qoʻyilgan eng kichik miqdordan kam boʻlsa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻzlararo probelni aniqlash uchun nashrning oʻziga xos 10 ta sahifasidan ixtiyoriy tanlangan beshta satrdagi soʻzlar orasidagi masofa oʻlchanadi. Agar beshta oʻlchovdan uchtasining qiymati 3.1.14-bandda yoʻl qoʻyilgan miqdordan kam boʻlsa, ushbu sahifa boʻyicha natija salbiy deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilinayotgan 10 ta sahifaning 4 tasida talabga nomuvofiqlik aniqlansa, butun nashr boʻyicha natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Interlinyaj oʻsishi nashriyotning shaffof shabloni yordamida oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Interlinyaj oʻsishini aniqlash uchun nazorat “oynachasi” yordamida yuqori satrning chiqib turuvchi elementlari bilan quyi satrning shrift chizigʻi orasidagi masofa punktlarda (K_1) oʻlchanadi va rasmga muvofiq, shrift keglining punktlardagi qiymati (K_2) ayriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan 10 ta oʻlchovdan 4 tasining qiymati ruxsat etilgan meʼyordan kam boʻlsa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Interlinyaj oʻsishini aniqlash sxemasi (K_1-K_2)” nomli grafik obyektga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori satrning shrift chizigʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyi satrning shrift chizigʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasm. Interlinyaj oʻsishini aniqlash sxemasi (K_1-K_2)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nashr matni satrining uzunligi 1 mm gacha aniqlikda chizgʻich bilan millimetrlarda yoki nashriyotning shaffof shabloni bilan millimetr yoki kvadratlarda oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Satr uzunligini aniqlash uchun nazorat qilinayotgan oʻnta sahifaning har birida bittadan toʻliq formatli satr oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan 10 ta satr uzunligi oʻlchovidan 4 tasining qiymati talablarga mos kelmasa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Koʻp ustunli terimda ustunlar orasidagi masofa hamda sahifa va hoshiyalarning tasviriy bezaklari orasidagi masofa 1 mm gacha aniqlikdagi chizgʻich bilan yoki nashriyotning shaffof shabloni bilan millimetrlarda oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustunlar orasidagi masofa nazorat qilinayotgan oʻnta sahifaning har birida oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan 10 ta qiymatdan 4 tasi belgilangan meʼyordan kam boʻlsa, natija salbiy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 3.2.1.4-band talabiga muvofiqlik 10 ta xos sahifaning har biridagi soʻz koʻchirishlar sonini sanash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar 4 ta sahifada soʻz koʻchirishlar soni yoʻl qoʻyilgan miqdordan oshsa, natija qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qogʻozning oqligi 3.4.3-bandga muvofiq davlat standarti boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 3.4.2-band boʻyicha formaldegid miqdori “Flyurrat-2” analizatorida tabiiy, ichimlik va oqova suv namunalaridagi formaldegidning massa konsentratsiyalarini oʻlchashni bajarish metodikasi boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval (Maʼlumot uchun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shrift oʻlchami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shrift kegli
Balandligi bosh harfning (mm)
Dido punktlari (p)
SI punktlari (pt)
a5
5,5
1,25
6
6,5
1,50
7
7,5
1,75
8
8,5
2,00
9
9,5
2,25
10
11
2,50
12
13
3,00
14
15
3,50
16
17
4,00
18
19
4,45
20
21,5
4,95
36
39
8,95
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dido tizimida 1 punkt = 0,376 mm.