Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bandiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3009-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3009, 2018-yil 11-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/3009/1212-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kutilayotgan oylik xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Gʻaznachilik xizmati boʻlinmalari tomonidan avtomatik ravishda qabul qilinganidan soʻng (bundan mazkur Yoʻriqnomaning 11-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat mustasno) budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar avtomatik tarzda beriladi.”;
b) ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatiga binoan” degan soʻzlardan keyin “iqtisodiyot va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-oktabr,
402-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 10/26/3009-4/1060-son)