27.07.2026 yildagi O‘RQ-1161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 19-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 7-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun davlat organlarining, ular tarkibiy va hududiy boʻlinmalarining yoki mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashda yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, ichki ishlar, bojxona organlari xodimlarining va harbiy xizmatchilarning gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli hamda davlat notarial idoralari notariuslari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda, favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoxud bunday holatlarga chek qoʻyish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar qoʻllanilishi munosabati bilan jabrlangan shaxslarga hamda yer uchastkalari kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi alohida qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararning oʻrnini qoplash — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy zarar — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan maʼnaviy va jismoniy azoblar (kamsitish, jismoniy ogʻriq, zarar koʻrish, noqulaylik va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy zarar — huquqi buzilgan shaxsning oʻz buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi kerak boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek ushbu shaxs oʻz huquqlari buzilmagan taqdirda odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchi — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan oʻziga moddiy va (yoki) maʼnaviy zarar yetkazilganligi aniqlangan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs, ularning qonuniy vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi — davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrnini qoplaydigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etiladigan hamda ular huzurida faoliyat yuritadigan Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Zararning oʻrnini qoplash sohasidagi asosiy prinsiplar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni elektron savdo platformasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga qoʻshimcha manbalar sifatida oʻtkaziladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet parametrlarida moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organidan regress tartibida undirilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet parametrlarida moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash uchun nazarda tutilgan hamda davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar (hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan qismi) faqat moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tegishli hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kuzatuv kengashlari (bundan buyon matnda hududiy kuzatuv kengashlari deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining kollegial yuqori boshqaruv organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashlarining shakllantirilishi va faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Hududiy kuzatuv kengashlarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashlari maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli jamgʻarmaga mablagʻlarning kelib tushishini nazorat qiladi va jamgʻarmalardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqadi, shuningdek keyingi yil uchun mablagʻlardan foydalanish prognozlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararning oʻrni qoplanishini moliyalashtirish boʻyicha budjet soʻrovini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli jamgʻarma daromadlarining barqaror shakllantirilishini, zararning oʻrnini qoplash oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlaydi hamda mablagʻlarning toʻliq hajmda ajratilishi ustidan muntazam monitoring olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashlarining qarorlari kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Hududiy kuzatuv kengashlarining ishchi organlari va ularning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda hududiy ishchi organ deb yuritiladi) tegishli hududiy kuzatuv kengashlarining ishchi organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kuzatuv kengashining zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan toʻlovlarni amalga oshiradi va zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararning oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy-hududiy birlik doirasida zararning oʻrni qoplanishini moliyalashtirish boʻyicha budjet soʻrovini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Zararning oʻrnini qoplash uchun undiriladigan mablagʻlar miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash uchun undiriladigan mablagʻlar miqdori sudning qarori asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Zararning oʻrnini qoplash shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrni hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan pul shaklida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Zararning oʻrnini qoplash asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrni sudning zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq berilgan ijro hujjatiga asosan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar zarar yetkazilganligi uchun aniq bir shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aybdor deb topilgan boʻlsa, moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrni ushbu shaxs tomonidan qoplanishi lozim. Bunda yetkazilgan zararning oʻrni ushbu Qonunda belgilangan tartibda dastlab hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanib, mazkur mablagʻlar keyinchalik aybdor shaxsdan tegishli davlat organi orqali regress tartibida undirib olinadi, bundan hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi zararning oʻrnini qoplaguniga qadar aybdor shaxs tomonidan zararning oʻrni ixtiyoriy ravishda qoplangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati ijro hujjati kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida hujjatni koʻrib chiqib, ushbu ijro hujjatida koʻrsatilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻ ajratish haqidagi qaror loyihasini undiruvchining bankdagi hisobvaragʻini koʻrsatgan holda hududiy kuzatuv kengashiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashi bir ish kuni ichida qaror loyihasini koʻrib chiqadi va ijro hujjatida koʻrsatilgan zararning oʻrnini qoplab berish uchun mablagʻ ajratish haqida qaror qabul qiladi hamda hududiy ishchi organga mazkur qarorni darhol yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq hududiy ishchi organ mazkur qaror kelib tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidagi mavjud mablagʻlar doirasida zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ijro hujjatida koʻrsatilgan zararning oʻrnini qoplash uchun tegishli mablagʻlarni undiruvchining bankdagi hisobvaragʻiga yoki shaxsiy bank kartasiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruvchiga mablagʻlarni oʻtkazib berish hududiy kuzatuv kengashi qarorining roʻyxatga olish tartib raqami ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qarori ustidan sudga shikoyat kiritilgan va ijro ishini yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuridik xizmati sudning ijro ishini yuritish toʻxtatilganligi haqidagi tegishli qarori (ajrimi) ilova qilingan holdagi xatni undiruvchiga ikki ish kuni ichida yuboradi. Bunda ijro hujjatini ijro etish boʻyicha barcha harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Aybdor shaxs tomonidan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori bilan aybdor deb topilgan shaxs oʻzi yetkazgan zararning oʻrnini undiruvchiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor shaxs tomonidan zararning oʻrnini qoplash undiruvchining bankdagi hisobvaragʻiga yoki shaxsiy bank kartasiga pul mablagʻlarini kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini taraflarning qonunchilikda belgilangan tartibdagi yozma kelishuviga muvofiq boshqa shaklda qoplashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrni sud qarori asosida hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari hisobidan qoplab berilganda va keyinchalik zarar yetkazgan aybdor shaxsga nisbatan qonunga muvofiq regress huquqi yuzaga kelgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aybdor shaxs faoliyat yuritayotgan yoki muqaddam ishlagan davlat organiga talabnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabnomani olgan davlat organi uch ish kuni ichida mablagʻlarni oʻzining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan tegishli kompensatsiya jamgʻarmasiga toʻliq miqdorda oʻtkazib beradi va ushbu mablagʻlarni aybdor shaxsdan regress tartibida undirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari va xarajatlar smetasining tegishli moddasi boʻyicha budjetdan ajratilgan mablagʻlar qoldigʻi yetarli boʻlmagan taqdirda, davlat organi xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda mablagʻlarni belgilangan muddatda oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash uchun oʻtkazib berilgan mablagʻlar aybdor shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda qaytarilmagan taqdirda, davlat organi ushbu mablagʻlarni aybdor shaxsdan sud tartibida undiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Davlat organiga nisbatan regress huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud qarorida undiruvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini davlat organi tomonidan qoplab berilishi belgilangan boʻlsa, ushbu zararning oʻrni tegishli hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Keyinchalik mazkur mablagʻlarni davlat organidan toʻliq miqdorda regress tartibida undirib olish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga bir yilda bir marta hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi organi hududiy kompensatsiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar va ularni regress tartibida undirib olish toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalarining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etiladigan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashlarining qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlarining zararning oʻrnini qoplash sohasidagi oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar hamda noaniqliklar jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga talqin qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda) 305-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan ziyon miqdori iqtisodiyot va moliya organlarining hisob-kitoblariga asosan, 2-bandida koʻrsatilgan ziyon miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlarining hisob-kitoblariga asosan aniqlanadi hamda mazkur ziyonning oʻrni qonunda belgilangan tartibda davlat budjeti hisobidan qoplanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 4, 522-modda, № 6, 730-modda) 15-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday zararning oʻrni qonunda belgilangan tartibda tegishli maqsadli jamgʻarmalarning mablagʻlari, davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 827-modda, № 10, 1073-modda; 2025-yil, № 4, 522-modda, № 6, 729-modda) 487-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va budjet tashkilotlarining pul mablagʻlariga qaratish “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, budjet tashkilotlarining mablagʻlariga qaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda) 449-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararning, davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, alimentlarni undirish, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda yoki sudning ishga tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablagʻlarini undirish hollarida sud oʻz tashabbusiga koʻra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda) 336-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjetga mablagʻlarni undirish, davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash yuzasidan ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin besh kun ichida yuboriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda; 2025-yil, № 3, 373-modda, № 6, 729-modda) 278-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjetga mablagʻlarni undirish, davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash yuzasidan ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin besh kun ichida yuboriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-781-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 576-modda; 2024-yil, № 8, 830-modda, № 10, 1072-modda) 7-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni elektron savdo platformasida realizatsiya qilishdan kelib tushgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga qoʻshimcha manbalar sifatida oʻtkaziladigan mablagʻlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kuzatuv kengashlarining shakllantirilishi va faoliyatini amalga oshirish tartibini uch oylik muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1161-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1161/0787-son)