Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 3 oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3492-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 22-noyabrdagi 36/9-son qarori (roʻyxat raqami 3492, 2024-yil 23-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2024-y., 10/24/3492/0067-son) bilan tasdiqlangan Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026 yil 8 sentabr,
19/12-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026 yil 28 avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026 yil 1 iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-sentabrdagi 19/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklar va nobank kredit tashkilotlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi), shuningdek nobank kredit tashkilotlari, kredit byurolari, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlariga (bundan buyon matnda bankning mulkdor shaxslari deb yuritiladi), kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolariga, shuningdek bankning muhim ahamiyatga ega xodimlariga va bankning islomiy moliya kengashi aʼzolariga (bundan buyon matnda bankning rahbar shaxslari deb yuritiladi) nisbatan choralar va sanksiyalarni qoʻllash tartibini belgilaydi.”.
2. 5-bandning ikkinchi xatboshisi “litsenziyani” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 15-bandning oltinchi xatboshisi “foiz stavkalarining” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) boshqa daromadlarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 33-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bank tomonidan islomiy bank faoliyatini amalga oshirishda islomiy moliya standartlari talablariga rioya etilmaganda.”.
5. 35-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mikromoliya tashkiloti tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3536, 2024-yil 26-iyul) talablariga nomuvofiq amalga oshirilganda.”.
6. 51-bandning birinchi xatboshisi “kuzatuv kengashi” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) islomiy moliya kengashi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7. 10-bobning nomidagi “Bank litsenziyasini” degan soʻzlar “Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyani (litsenziyalarni)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8. 54-bandning ikkinchi xatboshisidagi “bankning litsenziyasini” degan soʻzlar “bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasini (litsenziyalarni)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Ilovada:
1) 2.30-pozitsiya “kredit karta boʻyicha” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy moliya operatsiyalari boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 3.6-pozitsiya “Bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy moliya kengashining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 3.29.14-pozitsiya “belgilangan kredit” degan soʻzlardan keyin “(moliyalashtirish)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
4) 6.8-pozitsiya “Bank kuzatuv kengashi” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) islomiy moliya kengashi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 6.9-pozitsiyadagi “kengashi aʼzolari” degan soʻzlar “kengashi va (yoki) islomiy moliya kengashi aʼzolarining vakolati muddatidan oldin tugatilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10.6-pozitsiyaning “Qoidabuzarlik turi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bank vakillik hisobvaragʻida kun davomida manfiy qoldiq hosil boʻlsa, shuningdek amaliyot kuni yakunida manfiy qoldiq bilan yakunlansa”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2026 y., 10/26/3492-2/1003-son)