Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Qarori
Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3849-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 9-iyundagi 37-mh-son va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 5-iyundagi 37-q-q-son qarori (roʻyxat raqami 3849, 2026-yil 9-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 10/26/3849/0577-son) bilan tasdiqlangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatig a ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 16-sentabr,
41-mh-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-sentabr,
63-q/q-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 28-avgust
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2026-yil 4-avgust
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 29-iyul
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
2026-yil 28-iyul
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 22-iyul
Sport vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 22-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 16-sentabrdagi 41-mh-son va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-sentabrdagi 63-q/q-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 30-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
30. | Huquqshunoslik boʻyicha professor-oʻqituvchi |
”.
2. 53-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
53. | Pedagogika boʻyicha professor-oʻqituvchi |
”.
3. 98-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
98. | Badiiy-dizaynerlik sanʼati boʻyicha kasbiy taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi |
”.
4. 256-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
256. | Huquqshunoslik boʻyicha oʻrta-maxsus taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi |
”.
5. Quyidagi mazmundagi 3131-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
3131. | Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi yordamchisi |
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2026 y., 10/26/3849-1/0984-son)