12.05.2026 yildagi VII-21-54-1-24-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MARHAMAT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv limitini koʻrib chiqish va belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qaroriga muvofiq 2024-yildan boshlab har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-martdagi 82-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra Suv olish limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining prognozi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari buyruqlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2026-yil 16-apreldagi “2026-yilning sugʻorish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan suv olish limitlari doirasida ishlab chiqilgan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarining isteʼmolchilar kesimidagi roʻyxati toʻgʻrisida”gi 411-1703-IK/2026-sonli va Marhamat tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 16-aprel kungi “2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2026-yil 16-apreldagi 411-1703-IK/2026-sonli “2026-yilning sugʻorish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan suv olish limitlari doirasida ishlab chiqilgan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarining isteʼmolchilar kesimidagi roʻyxati toʻgʻrisida”gi hamda Marhamat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2026-yil 16-apreldagi “2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi xatlari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Marhamat tumanida 2026-yilning sugʻorish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan suv olish limitlari doirasida ishlab chiqilgan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv limitlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Marhamat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (S. Joʻrabekov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan muntazam ravishda uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazish hamda mazkur Farmon va qarorlar, undan kelib chiqadigan vazifalar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu texnologiyalarning samaradorligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni berib borishni tizimli davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv limitlarining oʻzgarganligi boʻyicha isteʼmolchilarni oʻz vaqtida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 2026-yil 15-apreldagi VII-20-35-1-24-K/26-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi Agrar va suv xoʻjaligi, ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Ergashev) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Muxtorov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. MUSURMONKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-21-54-1-24-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.