15.04.2026 yildagi VII-20-35-1-24-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MARHAMAT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marhamat tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun hududlar boʻyicha suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorning 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marhamat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 25-martdagi “Tumanda 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun hududlar boʻyicha suv olish limitlari toʻgʻrisida”gi 36/01-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Marhamat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilib, taqdim etilgan “Marhamat tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun hududlar boʻyicha suv olish limitlari toʻgʻrisida”gi takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Marhamat tumanida 2026-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun hududlar boʻyicha suv olish limitlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 2026-yil aprel – sentabr oylari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv limitlari taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv manbalari boʻyicha 2026-yil uchun aprel – sentabr oylari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv limitlari taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SYBX DM sugʻorish mavsumi uchun asosiy suv manbalari boʻyicha cheklangan suv taqsimoti 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman tasarrufidagi taʼminlangan massivlarga 2026-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan (limit) suv miqdori 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman massivlarida 2026-yil sugʻorish mavsumiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini kanallar boʻyicha suv limitlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Marhamat tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (S.Joʻrabekov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori talablariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovada koʻrsatilgan suv limitlarini oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrida har yarim yilda xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi Agrar va suv xoʻjaligi, ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Ergashev) hamda tuman hokimi qishloq xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Muxtorov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MUSURMONKULOV ABDULPATTO XXX
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-35-1-24-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.