XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “2026-yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-16-171-1-19-K/25-sonli qarori ijrosi jarayonida tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27- va 147-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻston tumani hokimligining Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “2026-yil uchun Boʻston tuman mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-16-171-1-19-K/25-sonli qarori ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli hamda “Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek, Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlarining 2026-yil 1-yanvardan ish haqi ustamalari va uzoq muddat ishlaganlik uchun toʻlovlar stavkalari oshirilganligi, kasallik varaqalari, kommunal toʻlovlar, xarajatlarni maqbullashtirish, ish haqi va boshqa xarajatlar boʻyicha 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlanishi toʻgʻrisidagi taqdimnomasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Budjet kodeksining 27- va 147-moddalariga asosan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning aniqlangan miqdorlariga 2026-yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumandagi ijtimoiy soha muassasalari (Madaniyat markazi, 15-musiqa maktabi, Sport maktabi va tuman SEOM)ni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligidan 2025-yil 30-dekabrda 45/2-2020-son reyestr raqami bilan tasdiqlangan qoʻshimcha kelishuvga muvofiq, 2026-yil uchun ekspluatatsiya xarajatlari ijtimoiy soha tashkilotlari orqali, modernizatsiya xarajatlari esa davlat sherigi hisoblangan tuman hokimligi orqali toʻlab borilishi hamda ushbu yoʻnalishda yuqori budjetdan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi inobatga olinsin.
4. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Gaziyevga, nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Mamarizayev) hamda kotibiyat mudiri J. Raxmonov zimmalariga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi M. TUYCHIYEVA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2026-yil 20-may,
VII-21-42-1-19-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.