28.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3945
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3945]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PQ-4513-son “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tibbiy koʻrsatmalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir E. ADILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4513-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 10-sentabrdagi 4513-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tibbiy koʻrsatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tibbiy koʻrsatmalar

Shoshilinch kesarcha kesish amaliyoti

1.

Ogʻir qon ketish bilan kechadigan (kechayotgan) yoʻldosh oldinda kelishining har qanday turi

2.

Ogʻir qon ketishi yoki homilaning bradikardiyasi bilan kechadigan (kechayotgan) zoʻrayib boruvchi normal joylashgan yoʻldoshning barvaqt koʻchishi

3.

Bachadon yirtilishi xavfi, bachadon yirtilishi boshlanishi, bachadon yirtilishi sodir boʻlishi

4.

Kardiotokografiyaning shubhali turi bilan kechadigan (kechayotgan) homila distress-sindromi (homilaning noaniq holati) (3 daqiqa va undan koʻp vaqt davomida homilada yurak urishi 70 tadan kam boʻlgan davomiy bradikardiya)

5.

Homila boshi bilan kelganda kindik tizimchasi yoki homilaning qoʻli tushib qolishi

6.

Tugʻruq paytida eklampsiya xuruji sodir boʻlishi

7.

Agoniya holati yoki 20 haftalik homiladorlik muddatidan keyin ayolning toʻsatdan oʻlimi (imkon boʻlsa kesarcha kesish amaliyoti amalga oshiriladi)

Kechiktirib boʻlmaydigan kesarcha kesish amaliyoti

8.

Chanoq-bosh disproportsiyasi

9.

Dopplerografiya maʼlumotlariga koʻra homilaning kindik arteriyasida zoʻrayib boruvchi qon aylanishi buzilishi yoki kardiotokografiyaning shubhali turi bilan kechadigan (kechayotgan) homila distress-sindromi (homilaning noaniq holati)

Rejalashtirilgan kesarcha kesish amaliyoti

10.

Muddatiga yetgan homiladorlikda qogʻanoq pardasining muddatidan oldin yorilishi (bunda homilador ayolda rejali kesarcha kesishga tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlishi lozim)

11.

Rejali kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tayyorlangan homilador ayolda tugʻruq jarayoni boshlanishi

12.

Ogʻir preeklampsiya, homiladorlik davri va tugʻruq paytida HELLP-sindromi (ayolning beqaror holatida va tabiiy tugʻruq yoʻllari orqali tugʻdirishga sharoit boʻlmaganda)

13.

Homila distressi (homilaning noaniq holati) bilan birga kechmaydigan bachadon qisqarish faoliyatining korreksiya qilinmaydigan buzilishlari (tugʻruq jarayoni sustligi, tugʻruq jarayoni diskoordinatsiyasi, bachadon boʻyni distotsiyasi)

14.

Xorioamnionit va tugʻruqqa tugʻruq yoʻllarining tayyor emasligi

Rejali kesarcha kesish amaliyoti

15.

Yoʻldoshning toʻliq oldinda kelishi

16.

Yoʻldoshning oʻsib kirishi

17.

Yoʻldoshning qon tomirlari oldinda kelishi

18.

Anamnezda ikki va undan ortiq kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan boʻlsa

19.

Anamnezda bachadon boʻshligʻiga kirib borish bilan miomektomiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan boʻlsa

20.

Anamnezda gisterotomiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan boʻlsa: bachadon perforatsiyasi, nay burchagi sohasi kesilishi, rudimentar shox kesilishi, anamnezda korporal kesarcha kesish, T-simon yoki J-simon kesma mavjud boʻlsa

21.

Bola tugʻilishi uchun tugʻruq yoʻllarida hosilalar (toʻsiqlar) mavjud boʻlsa:

torayish darajasi II va undan koʻp boʻlgan anatomik tor chanoq;

tos suyaklari deformatsiyasi;

tabiiy tugʻruq yoʻllari orqali bola tugʻilishiga toʻsqinlik qiladigan, ayniqsa pastki segmentda joylashgan katta oʻlchamdagi bachadon miomasi, avval oʻtkazilgan kesarcha kesish amaliyotidan keyin qin va bachadon boʻyni chandiqli deformatsiyalari, shu jumladan, avvalgi tugʻruqlarda III-IV darajali oraliq yirtilishidan keyin;

bachadon boʻyni saratoni (bundan bachadon boʻyni saratonining preinvaziv va mikroinvaziv shakllari mustasno)

22.

Boshqa akusherlik xavf omillari bilan bogʻliq holda homilaning taxminiy vazni 4500 grammdan katta boʻlganda

23.

Homila chanoq bilan kelishi bilan birgalikda:

homilaning vazni 2500 gramm yoki undan kam yoki 3500 gramm yoki undan koʻp boʻlganda;

boshqa tibbiy koʻrsatmalar bilan bogʻliq holda;

avval oʻtkazilgan kesarcha kesish amaliyotidan keyin bachadonda chandiq boʻlganda;

homila oyogʻi bilan kelganda

24.

Homilaning barqaror koʻndalang joylashishi

25.

Noxush oqibatlarga olib keladigan homilalik yelka distotsiyasi anamnezi (oʻlik tugʻilish, ogʻir gipoksiya, entsefalopatiya, homila va (yoki) onada (qov suyaklari birikmasi) shikastlanishlar mavjud boʻlganda

26.

Tugʻruqdan 6 hafta oldin simptomlari (koʻrinadigan faol genital shikastlanishlar, achishish, qichishish, ogʻriq) boʻlgan faol birlamchi yoki takroriy genital gerpes

27.

Tugʻruqdan avval virusli yuklamasi >1000 nusxa/ml boʻlgan OIV-infeksiyasi, tugʻruqdan avval virusli yuklamasi nomaʼlum boʻlgan yoki homilador ayol homiladorlik davrida viruslarga qarshi terapiyani qabul qilmagan boʻlsa va (yoki) tugʻruq paytida antiretrovirus profilaktikasi oʻtkazilmagan boʻlsa

28.

Gepatit C viruslari

29.

Homilaning ayrim rivojlanish anomaliyalari (gastroshizis, omfalotsele, katta oʻlchamdagi dumgʻaza-dum teratomasi)

30.

Kuchanishni (tugʻruqning ikkinchi davrini) inkor qilishni talab qiladigan somatik kasalliklar (dekompensatsiyalangan yurak-qon tomir kasalliklari, asoratlangan miopiya, koʻchirib oʻtkazilgan buyrak va boshqalar)

31.

Qandli diabet boʻlmagan ayollarda boshqa akusherlik xavf omillari bilan birgalikda 4500 grammdan katta homila (homiladorlikning kechikishi, tugʻruq induksiyasiga boʻlgan ehtiyoj, yelka distotsiyasi anamnezi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mazkur Roʻyxat davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tugʻruqni qabul qilishda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kesarcha kesish amaliyotini amalga oshirishda homilador ayolning qonunchilik hujjatlarida belgilangan reproduktiv huquqlari taʼminlanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kesarcha kesish amaliyotini amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shifokorlik sirini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilgan homilador ayolni uning sogʻligʻi uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlmaganda, homilador ayol kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tanlash huquqiga ega. Bunda kesarcha kesish amaliyoti homilador ayolning ixtiyoriy roziligi asosida, uning sogʻligʻi uchun ehtimoliy xavf va oqibatlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilganidan soʻng amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mazkur Roʻyxatning ilovasiga muvofiq shaklda homilador ayolning kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun ixtiyoriy rozilik arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugʻruqni qabul qilishda kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish uchun tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Namuna

Homilador ayolning kesarcha kesish amaliyotini oʻtkazish

uchun ixtiyoriy rozilik

ARIZASI

Tugʻilish tarixi raqami:

Tavsiya etilgan muolaja nomi:

Kesarcha kesish amaliyoti (qorin va bachadondagi kesma orqali bola/bolalarning tugʻilishi)

Anesteziya: ushbu muolaja ogʻriqsizlantirishni talab qiladi (ogʻriq sezmaslik uchun). Bu muolaja oldidan anesteziolog tomonidan siz bilan muhokama qilinadi.

Tibbiy mutaxassisning arizasi:

Men ayolga muolajaning (kesarcha kesish) mohiyatini tushuntirdim, xususan:

kesarcha kesish qorin va bachadondagi kesma orqali bola/bolalar tugʻilishini oʻz ichiga oladi;

quyidagi raqamlar xavfni baholash boʻlib, taxminiy va hozirda mavjud maʼlumotlarga asoslangan.

Kesarcha kesish amaliyotining xavflari:

Homilador ayolning hayoti uchun xavflar:

oraliq yirtiqlar (uchinchi yoki toʻrtinchi daraja);

tugʻruqdan keyin bir yildan ortiq vaqt oʻtgach sodir boʻladigan peshob tuta olmaslik yoki peshob yoʻllarining shikastlanishi;

davolash uchun qayta kasalxonaga yotqizishni talab qilishi mumkin boʻlgan yara infeksiyasi;

kelajakdagi homiladorlik yoki tugʻruq paytida bachadonning yorilishi;

shoshilinch gisterektomiya: bachadonni olib tashlash;

kelajakdagi homiladorlikda plasenta oʻsib kirishi;

oraliq/ qorin ogʻrigʻi;

anesteziya bilan bogʻliq xavflar.

Homila uchun xavflar:

chaqaloq terisining yirtilishi/kesilishi;

chaqaloqlarda ortiqcha vazn (semizlik)

astma

Men bu ayolning shaxsiy sharoitlari, xavf omillari va kelajakdagi homiladorlik rejalarini hisobga olgan holda oʻzi uchun tegishli deb hisoblagan xavflarni muhokama qildim

(batafsil ma'lumotlarni keltiring):

Men muqobil tugʻruq usullarini muhokama qildim: HA/YOʻQ

Men kesarcha kesish amaliyoti vaqtida talab qilinishi mumkin boʻlgan muolajalarni muhokama qildim (agar ayol rozi boʻlsa, quyidagi roʻyxatdagi tegishli joylarni belgilang):

□ qon quyish;

□ ichak, siydik pufagi yoki qon tomirlariga yetkazilgan zararni tiklash;

□ shoshilinch gisterektomiya (agar kerak boʻlsa, hayotni saqlab qolish muolajasi sifatida).

Quyidagi qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etildi (batafsil maʼlumotlarni keltiring):

Menga ................................................... taqdim etilgan maʼlumotlarni muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun vaqt va imkoniyat berilganligini tasdiqlayman.

Tibbiy xodim:

F.I.O., imzo:

Sana:

Lavozimi:

Aloqa uchun maʼlumotlar:

(agar bemor variantlarni muhokama qilishni yoki qoʻshimcha savollar berishni xohlasa)

Bemor:

Men kesarcha kesish, tekshiruv yoki davolanishga, shu jumladan zarur boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha diagnostika va davolash muolajalariga roziman/rozi emasman.*

Men muolaja davomida talabalarning qatnashib turishlariga roziman/rozi emasman.*

Men muolaja davomida talabalarning koʻrikdan oʻtkazish mumkinligiga roziman/rozi emasman.*(* zarurini belgilang)

F.I.O., Imzo:

Aloqa uchun maʼlumotlar:

Sana:

Muolaja/davolanish kunida roziligini tasdiqlash (tibbiyot xodimi va homilador ayol tomonidan toʻldiriladi)

Tibbiy xodim:

F.I.O., Imzo:

Sana:

Lavozimi:

Bemor:

Men hali ham muolaja/davolash davom etishini xohlayotganimni tasdiqlayman*

Men muolaja/davolanishga roziligimdan voz kechganimni tasdiqlayman*

(* keraklisini tagiga chizing)

Imzo:

Sana:

Aloqa uchun maʼlumotlar:

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2026-y., 10/26/3945/0969-son)