XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrda “Surxondaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-17-173-8-0-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-17-173-8-0-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish maqsadida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” VII-17-173-8-0-K/25-son qarori 3-ilovasi 1-ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
2. Surxondaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetining Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga gazeta va jurnallarning obunasiga markazlashgan tartibda ajratilgan mablagʻlar hisobidan Oltinsoy tumani mahalliy budjetiga tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 21-sonli umumtaʼlim maktabi hamda 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining tom qismiga kuchli shamol taʼsirida yetkazilgan talofatlarni bartaraf etish uchun 548,0 mln. soʻm mablagʻ ajratilsin.
3. Surxondaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetining Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga joriy yilda maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumtaʼlim maktablarini jihozlash uchun ajratilgan mablagʻlarning 12 000,0 mln. soʻmi “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan oʻquv kurslari tashkil qilinadigan maktablarga kompyuter jihozlari xarid qilish uchun ajratilsin.
4. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2025-yil 26-dekabrda VII-17-173-8-0-K/25-son qarorining 3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I. Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi A. CHORIYEV
Surxondaryo viloyati,
2026-yil 14-iyul,
VII-23-82-8-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.