08.09.2026 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Serbiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta koridorni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Serbiya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda alohida “Ishtirokchi” va birgalikda “Ishtirokchilar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning barqaror, xavfsiz va diversifikatsiyalangan transport va raqamli bogʻliqlik tarmoqlarini mustahkamlashga boʻlgan umumiy manfaatdorligini eʼtirof etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminot zanjiri ishonchliligini oshirish va barqaror iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash uchun muqobil Yevrosiyo savdo yoʻllarining muhimligini tan olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Serbiya Respublikasining Janubi-Sharqiy Yevropa transport koridorlarini Markaziy va Gʻarbiy Yevropa bozorlari bilan bogʻlovchi Gʻarbiy Bolqondagi transport va logistika markazi sifatidagi rolini eʼtirof etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi tranzit markazi sifatidagi strategik roli va uning Sharqiy Osiyo hamda Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz, Turkiya va Yevropa bozorlari bilan bogʻlovchi Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishi (keyingi oʻrinlarda “Oʻrta koridor” deb ataluvchi) boʻylab joylashuvini, shuningdek, Oʻzbekistonning koridorni qoʻllab-quvvatlash maqsadida infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha ulkan rejalarini, shu jumladan, uning Janubi-Sharqiy Yevropa tomon davomiy bogʻliqligini inobatga olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Serbiya Respublikasining Oʻrta koridor va Janubi-Sharqiy Yevropa bozorlari oʻrtasida samarali, tijorat jihatdan maqsadga muvofiq va ekologik jihatdan barqaror bogʻliqlikni ragʻbatlantirishga boʻlgan qiziqishini qayd etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoga koʻmaklashish, xususiy sektorning jalb etilishi va loyihaga asoslangan hamkorlikni qoʻllab-quvvatlovchi moslashuvchan va amaliy hamkorlik asosini yaratish istagida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro anglashuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Anglashuv Memorandumining maqsadi Oʻrta koridorni rivojlantirishda Ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlik uchun huquqiy jihatdan majburiy boʻlmagan asos yaratishdan iborat boʻlib, u quyidagilarga qaratilgan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi, Serbiya Respublikasi hamda Yevrosiyo va Janubi-Sharqiy Yevropaning kengroq bozorlari oʻrtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻrta koridorning rivojlanishi va operatsion samaradorligini qoʻllab-quvvatlash; hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) innovatsiya, barqarorlik va xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandum doirasidagi hamkorlik quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olishi mumkin, ammo ular bilan cheklanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrta koridor va Yevrosiyoning bogʻliqligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻrta koridorning samaradorligi, ishonchliligi va tijoriy jozibadorligini oshirishga qaratilgan siyosiy va amaliy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muammoli nuqtalarni bartaraf etish uchun ustuvorliklarni uygʻunlashtirish maqsadidabilan yanada samarali mintaqaviy muvofiqlashtiruvni tegishli mintaqaviy va xalqaro bogʻliqlik tashabbuslari bilan birgalikda kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya va xususiy sektorning jalb etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ishtirokchilarning davlat muassasalari va xususiy sektor subyektlari, shu jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, texnologiya, dizayn/arxitektura, qurilish va moliya sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar oʻrtasidagi hamkorlikka xususiy subyektlarning investitsiya qarorlari hukumatlar tomonidan yoʻnaltirilishi mumkin emasligini eʼtirof etgan holda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har ikki mamlakat kompaniyalarining infratuzilmani modernizatsiya qilishni rivojlantirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) transport infratuzilmasi, logistika xizmatlari va raqamli platformalarga investitsiya kiritish imkoniyatlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Oʻrta koridor infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq xaridlar jarayonlarining shaffofligi va raqobatbardoshligini oshirish, shu jumladan, Oʻzbekistonning Infratuzilma shaffofligi tashabbusi (CoST) bilan hamkorligini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barqarorlik va kam uglerodli transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xavflarni kamaytirish va toʻliq hayotiy sikl davomida olinadigan foydalarni taʼminlash uchun transport infratuzilmasini iqlim muammolariga moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) barcha tegishli xalqaro ekologik va ijtimoiy standartlarga muvofiqlashtirishni ragʻbatlantirish, xavfsizlik va moliyaviy jihatdan maqbullikni taʼminlash hamda barcha uchun mobillik imkoniyatidan teng huquqli foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) nol emissiya yoʻnalishlari sari izchil taraqqiyotni taʼminlash uchun bevosita Milliy miqyosda belgilanadigan hissalar bilan bogʻlagan holda, issiqxona gazlari chiqarilishi va atrof-muhitga taʼsirni minimallashtiradigan transport turlari va yoqilgʻilariga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Salohiyatni oshirish va bilim almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻrta koridor va transport/infratuzilmani Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya kun tartibining doimiy masalasi sifatida kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ishtirokchilar oʻrtasida kelishilgan hollarda transportni boshqarish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, energiya samaradorligi, ekologik standartlar, sanksiyalarni chetlab oʻtishning oldini olish hamda tovar va xizmatlar harakatiga koʻmaklashishni qamrab olgan holda ekspertlar almashinuvi, ilgʻor tajriba almashinuvi, oʻquv tadbirlari va oʻrganuv tashriflariga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchilar mazkur Memorandum doirasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish uchun vakolatli organlar yoki aloqa nuqtalarini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzaro kelishuv asosida, hamkorlik qoʻshma ishchi guruhlar, loyiha kelishuvlari, texnik hamkorlik dasturlari yoki ishbilarmonlik hamkorligi platformalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum xalqaro yoki milliy huquqqa muvofiq huquq yoki majburiyatlar yuzaga keltirishni nazarda tutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Memorandum doirasida amalga oshiriladigan faoliyat har bir Ishtirokchi davlatining amaldagi qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Moliyaviy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum hech bir Ishtirokchi uchun moliyaviy majburiyatlar yuzaga keltirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilganidan qatʼi nazar, basharti mazkur Memorandum doirasidagi faoliyat bilan bogʻliq har qanday moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelsa, bunday majburiyatlar mablagʻlar mavjudligiga va alohida yozma kelishuvlarga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Maxfiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hollarda Ishtirokchilar mazkur Memorandum doirasida almashilgan maxfiy yoki xizmat doirasida foydalaniladigan axborotni oʻz davlatlarining qonunlari va siyosatiga muvofiq himoya qilish uchun tegishli choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Maslahatlashuvlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandumni talqin qilish yoki amalga oshirishdan kelib chiqadigan har qanday kelishmovchiliklar Ishtirokchilar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muloqot orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Memorandumga Ishtirokchilarning oʻzaro yozma roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Amal qilish muddati va toʻxtatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Memorandum imzolangan sanadan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. U besh (5) yil muddat davomida amalda boʻladi va Ishtirokchilarning oʻzaro yozma roziligi bilan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qaysi Ishtirokchi diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborish orqali mazkur Memorandumni toʻxtatishi mumkin. Toʻxtatilish, basharti boshqacha tarzda kelishilmagan boʻlsa, amalga oshirilayotgan hamkorlik faoliyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgrad shahrida, 2026-yil 8-sentabrda, ikki nusxada, oʻzbek, serb va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda har qanday tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)