ANDIJON VILOYATI MARHAMAT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Marhamat tumanida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrohududlarni biriktirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga oʻquvchilarni hududiy prinsip asosida biriktirishni tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Marhamat tumani hududida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga mikrohududlarni biriktirish roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Marhamat tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (S. Shamshiyeva):
tasdiqlangan mikrohududlar asosida oʻquvchilarni umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qabul qilish ishlarini tashkil etsin;
mazkur qaror mazmunini umumiy oʻrta taʼlim maktablari, mahalla fuqarolari yigʻinlari hamda aholi oʻrtasida keng targʻib qilsin.
3. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi rahbari I. Teshaboyev:
barcha mahalla raislari oʻz hududlarida istiqomat qiluvchi aholini mikrohududlarga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari haqida xabardor qilish choralarini koʻrsin.
4. Marhamat tumani Adliya boʻlimining 2026-yil 26-yanvardagi 19/01-6/3-son taqdimnomasiga asosan, Marhamat tumani hokimining 2026-yil 23-yanvardagi 10-1-24-Q/26-sonli qarori bekor qilingan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Marhamat tumani hokimining oʻrinbosari A. Maxamatov zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi I. UMRZAQOV
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
2026-yil 10-mart,
34-1-24-Q/26-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.
(1-ilova Andijon viloyati Marhamat tumani hokimining 2026-yil 30-iyundagi 207-1-24-Q/26-сон-sonli qarori tahririda)